9. Donalik o’lchovini belgilang.
A) misqol, tanob
B) qarich, dahsar
C) qalam, dona
D) bosh, nafar
10. Qaysi gapda faqat yozma nutq uslubi uchun
xos bo’lgan bog’lovchi turi qatnashgan?
A) Ismoil Somoniy shunday bir davlat barpo qiladiki,
bu davlat o’sha vaqtda Sharqda shuhrat va dovruq
topadi.
B) Bilagiga emas, balki bilimiga ishongan kuchlidir.
C) Mehribon dam onasining, dam otasining og’ziga
qarab, ulardan bir gap chiqmasligiga ishonch hosil
qildi.
D) Ko’kda chaqnagan chaqmoq go’yo g’ashlangan
yuraklarni birrovga yorib o’tganday bo’ldi.
11. Qaysi gapda til egalari xotirasida imkoniyat
sifatida mavjud bo’lgan til birligi qatnashgan?
A) Bo’lgan voqealarni ipidan ignasigacha, oqizmay-
tomizmay so’zlab berdim.
B) Munisaning chakkasiga taqilgan guli ham o’ziga
yarashib turardi.
C) Mashina qora oqqushdek yengil suzib borardi.
D) Ahmad Yassaviy ko’ngil va til birligini qadrlagan.
12. Qaysi qatordagi gapda uslubiy xatolik
kuzatiladi?
A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan
salqin shamol urildi.
B) Men abituriyenlar shoximan, axir 5-yil
tayyorgarlik ko’rishim
C) Ularning tub maqsadini bilib olishimiz kerak.
D) Mirzakarimboyni Toshkentning to’rt dahasi biladi.
13. Qaysi gapda olmoshning alohida ohang bilan
aytiladigan turi mavjud?
A) Hammamiz yig’ilib, sumalak maslahatini qachon
qilamiz?
B) Nozima boshini tik tutib, hech kimga, hech
qayoqqa boqmay borardi.
C) Qahringiz qandayligini unutganim yo’q.
D) Qaylargadir yuguraman, Fig’onimdan chiqar dud
14. Qaysi qatordagi gapning barcha so’zlari tub?
A) Valentin tuzatib bergan mashinani haydab
borarkanman, beixtiyor Zebi xolaning ko’chasiga
burildim.
B) Bechora bola yig’lamoqdan beri bo’lib, yelkasini
qisdi.
C) Yulduzlar miltirab turgan cho’l kechasida
Nizomjon diliga shunday niyatni tugib qo’ydi.
D) Bu xat Saidiyning yozishga bo’lgan ishtiyoqini
yanada oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |