Soʻz birikmasidagi sintaktik munosabatlar


Download 84.49 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi84.49 Kb.
#1497265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Esonova Nafisa

O’rganilganlik darajasi.Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq). Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi.
Kurs ishi maqsadi. So’z birikmasi va bog’lanishlar haqida umumiy ma’lumotlar berish va xulosalar chiqarish.
Kurs ishining hajmi. Kirish, 2bob, 5reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I Bob. Sintaktik munosabatlar va ularning turlari.
1.1.Sintaktik munosabatlar va ularning ifodalanishi
Sintaktik munosabatlar sintaktik aloqalar yordamida ifodalanadi. Sintaktik munosabat bilan sintaktik aloqa bir-birini hoka’zo qiluvchi bir xodisaning ikki tomoni bo‘lsa ham, lekin ularning har ikkisi ma’lum o‘ziga xoslikka egaligi tufayli bir-biriga muvofiq kelishi shart emas.
Sintaktik birliklarning mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elementlarning o‘zaro munosabati sanaladi. Masalan, predmei va uning belgisi, harakat va uning sub`ekti harakat va uning ob`ekti o‘rtasidagi munosabatlar.
Shunga ko‘ra, sintaktik birliklar o‘rtasidagi sintaktik munosabatlari quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Bir tomonlama (subordinativ) munosabat: predikativli, ob`ektli, atributivli, revlyativli.
2. Ikki tomonlama (koordinativ) munosabat.
3. Uyushiq bo‘laklar (ko‘pulativ) munosabat.
4. Vokativ va modal (intraduktiv) munosabat.
Shu munosabatlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi sintaktik aloqa vositalariga ega bo‘lib, ularga tenglashish, tobelashish, muvofiqlashish, predikativli, nopredikativli vositalar asosida ro‘yobga chiqadi.
To‘rtinchi tur munosabat yuqoridagi xususiyatlarga ega emasdir.
Tenglashish munosabatida komponentlar barobar huquqli bo‘ladi va sinash intonatisali bilan aytiladi: dalalar va bog`lar-dalalar bog`lar. Gap qurish uchun tenglashishning bo‘lishi shart emas. Nopredikativ va predikativ munosabat asosisda tobelanish yotadi. Gapning asosini tobelanish tashkil qiladi, busiz gap maydoniga kelmaydi. Gapning asosi bo‘lgan ega va kesimning aloqasi natijasida yo so‘z birikmasi (nopredikat) yo gap (predikativ munosabat) hosil bo‘ladi: vafodor qiz, qiz vafodor kabi.1
So‘zlar sintaktik aloqaga kirishganda, ular faqatgina shakliy bog`lanib qolmay, unda biror vokeylik, tushunchalar ifodalangan bo‘ladi (qaratuvchi-qaralmish). Bunday birikma tarkibidagi birliklarning sub`ektli munosabati muvofiqlashuv munosabati sanaladi. Vazifasiga ko‘ra, so‘z qo‘shilmalarining predikativ, ob`ektli va relyativ birikmalarga bo‘linishi kelib chiqadi. Ular kesimli, aniqlovini, to‘ldiruvchili, xolli birikmalar deb ham nomlanadi. Bir tomonlama (subordinativ) munosabat o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ega va kesim munosabati orqali hosil bo‘lgan birikmadir. Atributiv munosabatda predmetning belgi o‘rniga qo‘shib, bir murakkab tasavvur xolida beriladi. Bu birikma sifatlovchi va sifatlanmishdan hosil bo‘ladi. Ular material jixatidan quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ot+ot: xalq o‘rnigi, yog`och uy
Sifat+ot: Yangi dunyo, zur ko‘tarinkilik
Sifatdosh+ot: aytilgan o‘q, o‘qigan yigit
Olmosh+ot: shu bahor, bu bino, ushbu maktab
Son+ot: o‘n sakkiz yoshlik, o‘nta kitob
Ravish+ot: oz suv, ko‘p qalam, tez bo‘la
Mimema+ot: duv-duv gap, shov-shuv daryo
Ob`ektli birikma predmet bilan harakat orasidani munosabatni ko‘rsatadi. Ob`ektli birikmaning tobe komponent bo‘lib kelgan so‘z to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi.2
Ob`ektli birikma tarkibidagi komponentlar kelishik affikslari (qishloqni aylanmoq, do‘stga gapirmoq) va ko‘makchilar (saylovchilar bilan uchrashmoq, tinchlik uchun kurashmoq) orqali munosabatga kirishadi. Bu to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish munosabatdir.
Ob`ektli birikmalar material jixatidan quyidagicha bo‘ladi.
Ot+fe’l: yer haydamoq, osmonga uchmoq
ot+sifat: qildan ingichka, paxtadan oq.
ot+ravish: chumolidan ko‘p, aqldan tez.
Relyativ birikmada holat orasidagi munosabat ifodalanadi. Relyativ birikmalar holat ifodalovchi tobe elementning harakat bilan hech qanday grammatik vositalarsiz munosabatga kirishishidan tashkil topadi. Bu bir xil munosabat xol-xollanmish munosabatdir. Bunday munosabat asosida shakllangan birikmalarning material jixatidan ko‘rinishlari quyidagichadir:
ravish+fe’l: sekin yurmoq, ravon o‘qimoq.
ravish+fe’l: yarqirab ko‘rinmoq, shildirab oqmoq, suyunib gapirmoq.
Ba’zi ishlarda relyativ birikmani bitishuvga tenglashtirish xollari uchraydi (G`ulomov A., Askarova M. Hozirga o‘zbek tili. Toshkent: 1965,17-bet).
Ikkinchi tomonlama (koordinativ) munosabat asosida qaratuvchi-qaralmishmunosabati shakllanadi: xalqimizning o‘rnigi, mening kitobim. Bunday munosabatda, birinchidan, qaratuvchi qaralmishlar o‘ziga mos egalik shakllaridan birida kelishini, ikkinchidan, qaratuvchini qaratqich kelishigida talab qiladi. Shuning uchun bunday munosabatni tobe munosabatdan farqlash lozim. Uni muvofiqlashuv deb atash maqsadga muvofiqdir.
Uyushiq bo‘laklar bir-biri bilan o‘zaro sintaktik munosabatga kirishadi. Uyushiq bo‘laklar birliklarning o‘zaro munosabati ko‘pulyativ munosabat sanaladi: Saroy uchun allaqancha taxta, yog`och, tunuka oldirib qo‘ygan. (S.Ahmad)
Undalma va kirishlar orqali ifodalanadigan munosabat turi intraduktiv munosabat sanaladi: Bu xil munosabat gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalangan diktum bilan so‘zlovichi o‘rtasidagi munosabatdir. Intraduktiv munosabat o‘z xarakteriga ko‘ra vokativ, modal munosabatga bo‘linadi: men shoshilayotganim yo‘q, bo‘lam (M.Ibragimov, lekin menimcha, siz haqsiz (Sh.Rashidov).
Xullas, sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradrikmatik munosabatlarda bo‘ladi.

Download 84.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling