So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana06.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1330419
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
TB китоб

MUFTANI OCHISH VA KABELNI KESISH 
13.3.1. Muftani ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin, ta’mirlanishi kerak bo’lgan 
kabel haqiqatdan ham shu ekanligiga, ish bajarnsh uchun u energetika tarmogidan uzib 
quyilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar 
bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak. 
13.3.2. Ta’mirlanishi kerak bo’lgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash 
kerak: 
Kabel yerosti yo’llari va kollektorlari, maxsus kanallar va boshqa kabel inshootdari 
ichiga tashlangan yoki imorat devorlaridan o’tgan bo’lsa — u holda kabel trassa bo’ylab 
kuzatish orqali, sxema va chizmalar bo’yicha kabellarni joylashish tartibini solishtirish 
va kabellardagi yorliqlarga qarab aniqlanishi kerak; 


kabel yerga yotqizilgan bo’lsa — uni yerdagi joylashishini chizmada ko’rsatilgan 
holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun, oldindan kabel to’plamidagi hamma 
kabel ko’zga ko’rinadigan qilib ko’ndalangiga tekshirish xandagi qaziladi. 
13.3.3. Kabelni shikastlangan joyi ko’rinmaydigan barcha holatlarda, yasama ramkasi 
bo’lgan kabel qidiruvchi apparatni qo’llash kerak. 
13.3.4. Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus moslama 
yordamida unda kuchlanish yo’qligini tekshirish kerak. Yerosti yo’llari, kollektorlar, 
quduqlar va bosqa kabel inshootlarida moslamani qo’llash uni uzoqdan boshqarilishi 
imkoni bo’lgandagina ruxsat etiladi. Moslama kabelni zirxi va qobig’ini to tok 
o’tkazuvchi fazalarigacha teshib yoki kesib bir-biriga qisqa tutashtirib, uni yerga 
ulanishini ta’minlashi zarur. 
13.3.5. Kabel tekshiruvchi moslamani yerga ulash uchun 0,5 metr chuqurlikda yerga 
suqilgan yerga ulagichdan yoki kabel zirxidan foydalanish mumkin. Yerga ulagichni 
kabel zirxiga halqasimon qisqich ostidagi zirx tozalangan bulishi kerak.
Agar kabel zirxi zanglagan bo’lsa, u holda yerga ulagichni kabelning metall qobigiga 
ulashga ruxsat etiladi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling