So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy
Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
TB китоб
Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar.
21.1. Xizmat safaridagi xodimlar deb, Energetika va Elektrlashtirish Vazirligi korxonalarining xizmat, bo’limlari va Energonazorat xodimlari, hamda energetika tizmasining ekspluatasiya, ta’mirlash va sozlash korxonalarining (elektrostansiya, elektr va issiqlik tarmoqlari, ta’mirlash korxonalari, elektr sozlash korxonalari), ilmiy- tekshirish institutlarining, boshqa muassasa va iste’molchilarining elektrostansiya, elektr yoki issiqlik korxonalarining ishlab turgan elektr uskunalarida ish bajarish uchun yuborilgan va ushbu korxona shtat ro’yxatida bo’lmagan xodimlar hisoblanadi. Ishlab turgan elektr uskunalarida ishlash uchun yuborilgan qurilish-montaj tashkilotlarining xodimlari ham xizmat safaridagi xodim qatoriga qo’shiladi. Bu xodimlarni xizmatlarni safaridagi xodim qatoriga tenglashtirish to’g’risidagi qarorni elektr uskunalarini ekspluatasiya qiluvchi korxonaning bosh muxandisi bilan kelishgan holda, qurilish-montaj tashkiloti rahbariyati qabul qiladi. 21.2. Xizmat safaridagi xodimning elektr uskunalarida ishlashga ijozat ushbu Qoidaga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi xodimda xizmat safariga yuborgan korxona (tashkilot) tomonidag berilgan ushbu Qoida bo’yicha bilimi tekshirilgan va elektr xavfsizligi bo’yicha malaka gruppasiga ega bo’lgan rasmiy formadagi guvohnoma bo’lishi shart. 21.3. Xizmat safarida yuborilayotgan korxona ish rahbari, ishboshi, nazorat qiluvchi va brigada a’zolari qilib tayinlanishi mumkin bo’lgan xodimlarni, shuningdek uzoq muddatli ishlarga naryad berish huquqi berilgan xodimlarni yozma ravishda ko’rsatishi zarur. 21.4. Ishlab turgan elektr uskunalarida xizmat safaridagi xodimlarga ish rahbari, ishboshi va brigada a’zolari sifatida ishlash huquqini elektr uskunalarini ekspluatasiya qiluvchi korxona xatiga qo’ygan ko’rsatmasi yoki maxsus yozma ko’rsatma bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Naryad va farmoish berish huquqi esa elektr uskunalarini ekspluatasiya qiluvchi korxona rahbariyatiyozma ko’rsatma bilan rasmiylashtirilishi shartyu 21.5. Xizmat safaridagi xodim, xizmat safariga kelgan koxonadagi ish bajarish kerak bo’lgan joydagi elektr uskunalarning xususiyatini hisobga olgan olgan holda elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma olishi shart. Naryad beruvchi, ish rahbari va ishboshi vazifasini bajarish huquqi topshirilgan xodimlar o’sha elektr uskunalarining chizmalari bo’yicha ham yo’riqnoma olishlari zarur. Yo’riqnoma, yo’riqnomalarni qayd qilish jurnalida yo’riqnoma olgan va yo’l-yo’riq byegan xizmatchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. 21.6. Xizmat safaridagi xodimlarga yo’riqnomani ekspluatasiya korxonasining V gruppaga ega bo’lgan ma’muriy texnik xodimi yoki IV gruppaga ega bo’lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi berishi lozim. Yo’riqnomaning mazmuni bajarilishi kerak bo’lgan ish xarakteriga, elektr uskunalarini chizmasiga, ishning murakkabligiga va xususiyatiga qarab yo’l-yo’riq beruvchi xodim belgilaydi. 21.7. Xizmat safariga yuborgan korxona xizmat safaridagi xodimning elektr xavfsizligi gruppasiga va ularga berilgan xuquqlarga loyiq ekanligiga va xodimlar ushbu Qoidani bajarishlariga javob beradi. 21.8. Ishlab turgan elektr uskunalarida xizmat safaridagi xodimlar ishlayotgan korxona elektr tokidan shkastlanishga qarshi va ishlab turgan elektr uskunalari ta’siridan hosil bo’ladigan kuchlanishdan ishchilarni saqlash uchun xavfsizlik choralarini bajarishiga javob beradi. 21.9. Elektr uskunalari maxsus ta’mirlash korxona uchastkalari tomonidan doimo ekspluatasiya qiladigan korxona, korxonalar bilan kelishgan holda ta’mirlash korxonalari uchastka xodimlarini “Energetika korxonalari va tashkilotlarida xodimlar bilan ish tashkil qilish bo’yicha rahbariy ko’rsatma”ga asosan tayyorlagandan so’ngb ularga tezkor-ta’mirlash xodimi huquqini berish mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling