So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana06.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1330419
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
TB китоб

9. ELEKTRODVIGATELLAR 
9.1. Elektrodvigatellar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok 
o’tkazuvchi va aylanayotgan qismlariga tegish bilan bog’liq bo’lgan nshlar olnb 
borilganda, elektrodvigateldan kuchlanish olib tashlanishi shart. 
Elektrodvigatellarni tok o’tkazuvchi qismlari va uning harakatga keltiruvchi 
mexanizmlariga va aylanayotgan qismlariga tegib ishlash darkor bo’lmagan barcha 
ishlarni dvigatel ishlab turgan paytida bajarish mumkin. 
9.2. Elektrodvigatelda ish olib borilganda yega ulagichni elektrodvigatelni taqsimlovchi 
uskuna (shchit) bilan bog’lovchi kabel elektr tarmog’ining istalgan qismiga qo’yish 
mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish darkor bo’lmagan ishlarni 
bajarishda va ulovchi muftani bo’shatib ajratish kerak bo’lgan taqdirda kabel elektr 
tarmog’ini yega ulash talab qilinmaydi. 
Agar o’chirilgan elektrodvigateldagi ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga 
to’xtatilgan bo’lsa elektrodvigatelni elektr tarmog’i bilan ulaydigan kabel elektr 
tarmog’i elektrodvigatel tomonidan yega ulab qo’yilishi shart. Kabelning ko’ndalang 
kesimi ko’chma yega ulash uskunasini qo’llashga imkon bermasa, 1000V 
kuchlanishgacha bo’lgan elektrodvigatellarda kabelning fazalari payining kundalang 
kesimidan kam bo’lmagan mis sim bilak yoki kabelni fazalari paylarini o’zaro bir-


birnga ulab ularni izolyasiyalash kerak. Ushbu yega ulash yoki kabal, fazasi paylarini 
bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida ko’chma yega ulagichlar singari hisobga 
olinishi shart, 
9.3. Nasoslar, tugun mo’rilari va havo yuboruvchi uskunalar elektrodvigatella-rida, agar 
ushbu uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektrodvigatalni aylanib ketishi 
mumkin bo’lsa, elektrodvigatallarda ishlashga ijozat berishdan oldin ularning zadvijka 
va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek elektrodvigatel rotorlarini tormozlash 
choralari ko’rilishi shart. 
9.4. Ish olib borilayotgan elektrodvigatel yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki unga 
uxshash gabaritli elektrodvigatellarga, ishlab turishidan yoki zaxirada turganidan qat’iy 
nazar «Tuxta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi shart. 
9.5. Elektrodvigatellar ishlab turgan paytida aylanayotgan qismlariga qo’yilgan 
to’siqlarni olish man qilinadi. 
9.6. YUritmasi qo’ldan boshkariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan 
elektrodvigatellarni ulash yoki (yoqish) va o’chirish dielektrik qo’lpoqda bajarilishi 
zarur. 
9.7. Boshqaruv mexanizmlarining elektr yuritmalari shiber, zadvijka va boshqa 
qurilmalar bilan ulangan bo’lsa, zadvijkalarning elektr yuritmasini ishlash-
ishlamasligini tekpgarish, o’sha uskuna o’rnatilgan texnologik sexning smena boshlig’i 
ruxsati bilan maxsus brigada amalga oshirishi shart. 
Ruxsatnoma bernlganligi tug’risida texnologik sexning tezkorlik-jurnaliga, bu ruxsatni 
olganligi haqida esa ishlash-ishlamasligini tekshiruvchi sexning (bo’limning) tezkorlik 
jurnaliga yozib qo’yiladi. 
9.8. Boshqaruvchi mexanizmlar, tartibga soluvchi organlari va ochib-yopuvchi 
apparatlarga ulanmagan
elektroprivodlarni, elektr yuritmalarning elektr chizmalarini 
ta’mirlash va sozlash farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Ularni ishlash-ishlamasligini 
tekshirishga farmoyish byegan xodim ruxsat beradi. Bu to’g’ridagi yozuvni farmoyish 
ruyxatga olinayotganda yoziladi. 
9.9. Ish batamom bitirilgunga qadar elektrodvigatelni ishlash-ishlamasligini tekshirish 
uchun, uni elektr tarmog’iga ulash tartibi quyidagicha: 
ish naryad buyicha bajarilayotgan bo’lsa, ishboshi naryadning 3-jadvalida ish tamom 
bo’lganligini rasmiylashtnrib, naryadni topshiradi; 
ish farmoyish bo’yicha bajarilayotgan bo’lsa, ish to’xtatilishi va brigada ish joyidan 
chiqarilishi shart. 
Ishlash-ishlamasligi tekshirilgandan so’ng naryadning 3-jadvali rasmiylashti-rilib, 
brigada qayta ishlashga ijozat beriladi. 
Ish farmoyish bo’yicha bajarilayotgan bo’lsa, brigadaga qayta ishlashga ijozat berish 
uchun yangi farmoyish beriladi. 
10. KOMMUTASION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI 
USKUNALAR 
10.1.Uzoqdan boshqariladigan kommutasion apparatlarda brigadani ishlashga ijozat 
berishdan oldin: 
yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizasiya, isitich va boshqalar) va 
yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog’idan uchirilishi shart. 


Uchirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va ulardagi 
havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probka-lar (klapanlar) 
ochiq holda qoldirilishi shart. 
uchirgichlarni elektr tarmog’iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz holatga 
keltirilishi shart. 
uzoqdan boshqariladigan kommutasion apparatlarning kalitlariga «YOqilmasin! 
Odamlar 
ishlamoqda!», 
yopilgan 
zadvijkalarga 
esa 
«Ochilmasin! Odamlar 
ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo’yilishi shart. 
10.2. Kommutasion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab ko’rish 
uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shunnngdek 
uchirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda «YOqilmasin! 
Odamlar ishlamokda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamokda!» degan shiorlar olib 
qo’yiladi. 
Kommutasion apparatlarni sinab ko’rish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va o’chirishni 
navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni ba-jaruvchi ishchi amalga 
oshirishi mumkin. 
Mahalliy navbatchisi bo’lmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab 
qilinmaydi. 
Kommutasion apparatlarning ishlashi sinab ko’rilgandan keyin, navbatchi yoki ishboshi 
tarafidan ishni davom ettirish zarur bo’lsa (apparatni uzoqdan boshqarib o’chirib 
yoqqan shaxslar uchun) 10.1.banddagi talablar bajarilishi shart. 
10.3. Ishchi bosim osgida bo’lgan havoga faqat sinash va sozlash ishlari 
bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish, o’lchov 
asboblarining simlarini ulash yoki bo’shatib ajratish, havo siljiyotgan joyni aniqlash va 
sh.o’. ishlar uchun) ko’tarilishga ruxsat etiladi. 
Ishchi bosim osgida turgan va havo bilan to’ldiriladigan uzgichli o’chirilgan havo 
o’chirgichlariga ko’tarilish man qilinadi, 
10.4. Havo o’chirgichlarini nam o’tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish, kam 
bosim osgida, zavod (korxona) yuriqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur. 
10.5. Sinash va sozlash uchun havo o’chirgichlariga ko’tarilishdan oldin: 
boshqaruv zanjirlarini o’chirish; 
mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka qilinishi 
(masalan, havo o’tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va sh.o’.) yoki ishboshi 
ko’rsatmasiga asosan o’chirgich bilan o’chirish-yoqishni bajaradigan aniq bir ishchini 
o’chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yuriqnoma olgan brigada a’zosini o’chirgich 
oldiga qo’yish zarur. 
Bosim osgida bo’lgan havo o’chirgichlarida odamlar bo’lgan paytda boshqarish va 
taqsimlovchi shkaflarda hamma ishlar to’xtatilishi shart. 
10.6. O’chirgnchlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida o’chirish va yoqish vaqtida 
xodimlarni havo o’chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. Sinash va sozlash 
ishlarini bajaruvchi ishboshi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada a’zosi) havo 
o’chirgichini ulash va o’chirish uchun og’zaki buyruqni, brigada a’zolari uchirgich 
oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyingina, berishi shart. 
10.7. Xodimlarni havo yiguvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog’liq, ishlarga 
ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur: 


havo yuborilishi mumkin bo’lgan quvurlarning zadvijkalari yopilib, kalit bilan 
qulflanishi va zadvijkalarga «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osilishi 
kerak; 
Havo yig’uvchi idish ichidagi bosim ostida bo’lgan havoni tashqariga chikarilib, havo 
chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart; 
Havo yig’uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq (zaglushka) 
qo’yilishi shart. 
10.8. Havo yiguvchi idishlar va o’chirgich baklaridagi bosimni o’lchovchi 
manometrlarning nol ko’rsatishi
g
ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi. 
Baklar va havo yig’uvchi idishlarni ichiga tushish uchun mo’ljallangan teshik 
qopqog’idagi gayka va boltlarini bo’shatib ochishdan oldin undagi bosim ostida bo’lgan 
havoni havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) yoki zadvijkalar ochiqligiga va 
haqiqatdan ham havo yo’q ekanligiga qarab ishonch hosil qilish zarur. 
Sig’imga tushish uchun mo’ljallangan qopqoqni gayka va boltlari burab 
mahkamlangandan keyingina, havo chiqarish probkalarini (klapanlarni) yoki zad-
vijkalarni berkitish mumkin. 
10.9. Komplekt taqsimlovchi uskunalarni shkaflari bo’linmasida ishlanganda, uskunalar 
joylashtirilgan aravacha tashqariga tortib chiqarilib, kuchlanish ostida qolgan tok 
o’gkazuvchi qismlar bo’linmasidagi temir to’siq berkitilib qulflanishi va «Tuxta! 
Kuchlanish!» degan shior osilishi zarur, 
Ishlashga mo’ljallangan bo’linmaga esa «SHu yerda ishlang!» degan shior osiladi, 
10.10. Komplekt taqsimlovchi uskunalarni tashqarisida, ammo unga ulangan 
uskunalarda yoki undan chiqadigan havo va kabel tarmog’ida ishlanganda o’chirgich 
joylashtirnlgan aravacha shkafdan tashqariga tortib chiqarilishi, shkaf ichidagi temir 
tusiq yoki
shkaf eshikchasi berkitilib, kulflanishi va unga «Ulanmasin! odamlar 
ishlamoqda!» yoki «Ulanmasin! Tarmoqda ish ketmoqda!» degan shior osilishi kerak. 
Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi: 
yega ulagich pichoqlari bilan uchirgich joylashtirilgan aravacha orasida blokirovka 
bo’lsa, aravachani kontrol (nazorat) holatnga keltirish yega ulagich pichoklari 
ulanganidan so’ng bajariladi; 
komplekt taqsimlovchi uskuna shkaflarida bunday blokirovka yoki yega ulagich 
pichoqlari bo’lmasa aravachani kontrol (nazorat) holati bilan shkafdan chi-qarilgan 
holatdagi oraliqqa o’rnatish, shkaf qulflanishi sharti bilan bajariladi. 
Ushbu shkafga ulangan tarmoqda yega ulagich bor yoki yo’qligidan qatiy nazar 
aravacha oraliq holatda o’rnatilishi mumkin. 
Elektr uzatish tarmog’ida ishlash zarur bo’lsa, komplekt taqsimlovchi uskunaning 
shkafiga o’rnatiladngan yega ulagichni ulashda 5.6.1. band talablarkni hisobga olish 
zarur. 
10.11. Komplekt taqsimlovchi uskunalarda o’chirgichlar o’rnatilgan aravachani 
sinashga, boshqaruv va raleli himoyasi zanjirlarida ish olib borish uchun kontrol 
(nazorat) holatiga, komplekt taqsimlovchi uskunalardan tashqaridagi elektr uzatish 
tarmoqlari va kabel tarmoqlarda yoki uni ulangan uskunalarda, elekgrodvigatallar orqali 
ulangan mexanizmlarda ish bajarilmaydigan yoki komplekt taqsimlovchi uskuna shkafi 
ichida yega ulagich o’rnatilgan taqdirda qo’yish mumkin. 


11. TOK TRANSFORMATORLARI, ELEKTRODAM QOZONLAR,
ELEKTROFILTRLAR. 
11.1. TOK TRANSFORMATORLARI. 
11.1.1. Tok transformatorlarini ikkilamchi cho’lg’amlariga ulangan zanjirlar-ni
(simlarni) uzish man qilinadi. 
Agarda bu zanjirlarni uzish zaruriyati tug’ilgan taqdirda, avval uzish kerak bo’lgan 
yerdan oldinroq joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok transformatori tomonini 
maxsus ulagich bilan qisqacha tutashtirib qo’yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa 
tutashtirishni bajarayotganda dastasi izo-lyasiyalangan asbobdan foydalanish zarur, 
11.1.2. Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg’amlariga ulangan 
zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi: 
tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’ami, unga ulanishi kerak bo’lgan zanjirlardagi 
montaj ishlari tamom bo’lgunga qadar, qisqa tutaiggirib qo’yi-lishi shart. Montaj 
qilingan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amiga ulangandan keyin 
qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar iygimiga ko’chirilishn va u faqat hamma 
montaj ishlari batamom bitnrilib, montaj qilingan zanjirlarni tug’ri ulanganligini 
tekshirib chiqilgandan keyingina olib tashlanishi zarur; 
tok transformatorlarini ikkilamchi cho’lg’amiga o’lchov asboblari ulangandan 
keyingina, uni birlamchi cho’lg’amiga qutblarni tekshirish uchun impuls beriladi. 
Tok transformatorlarinn birlamchi cho’lg’amini montaj va kavsharlash ishlarini bajarish 
uchun tok o’tkazuvchi sifatida qo’llash qat’iyan man qilinadi, 
12. AKKUMULYATOR BATAREYASI 
12.1. Akkumulyator batareyasi joylashgan xona har doim qulflangan bo’lishi kerak. 
Ushbu xonani ko’zdan kechnruvchi va unda ishlovchi shaxslarga kalit umumiy tartibga 
muvofiq beriladi. 
12.2. Akkumulyator xonasida chekish
g
u yega alanga bilan kirish, alanga bershpi 
mumkin bo’lgan elektr isitish asbobi, apparat va instrumentlardan foydalanish man 
etiladi (ushbu banddan mustasno sifatida 12.11. bandga qarang). 
Akkumulyator xonasining eshiklarida «Akkumulyator xonasi» «YOng’indan xavfli», 
«CHekish man qilinadi» degan shiorlar yozilishi yoki GOST 12.4.026-76 muvofiq, 
ochiq olovdan foydalanishni va chekishni man qiduvchi xavfsizlik belgilari osib 
qo’yilishi kerak. 
12.3. Uzluksiz shamollatish uskunasi bo’lgan akkumulyator xonasida, shamollatish 
uskunasi zaryad qilish oldidan yoqishi va zaryadlash tamom bo’lgandan keyin kamida 
1,5 soat o’tgandan keyin, hosil bo’lgan gaz to’la chiqarib yuborilgandan so’ng 
to’xtatilishi kerak. 
12.4.Har bir akkumulyator xonasida: 
elektrolit tayyorlash va uni idishlarga qo’yishga mo’ljallangan 1,5-2 litr hajmli 
tumshuqli shisha yoki chinni bandli idishcha (yoki obdasta); 
kislotali batareya uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi eritmasi va ishqorli 
batareya uchun bor kislotasi yoki sirka essensiyasi bo’lishi shart. 
12.5. Ichida elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritmasi bo’lgan barcha 
idishlarda suyukdik nomlarini ko’rsatuvchi yozuv bo’lishi shart. 
12.6. Kislota, og’zi zich yopiladigan tiqin bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi 
va suyuqlik nomi yozilgan yoriq bilan jihozlangan bo’lishi zarur. 


Batareyalarni ekspluatasiya qilishga mo’ljallangan, ichida kislota suyuqligi bo’lgan 
idishlar va bo’sh idishlar akkumulyator batareyasiga tegishli alohida xonada saqlanishi 
zarur. Idishlar polda maxsus korzinaga yoki yog’och yashiklarga solib saqdanishi kerak. 
12.7. Kislota, ishqor va qo’rg’oshin bilan bog’lik ishlarda maxsus o’qitilib
g
o’rgatilgan 
odamlar ishlashi kerak, 
12.8. Ichida kislota va ishqor bo’lgan shisha idishlarni ikki ishchi tashishi kerak. SHisha 
idishlar korzinasi bilan birgalikda dastakli maxsus yog’och yashiklarda yoki o’rtasida 
chuqurchasi bor, atrofi yog’och katak bilan o’ralgan va shisha idishni 2/3 qismi 
joylashishi zarur bo’lgan (korzina bilan birgalikda) maxsus zambilda tashilishi kerak. 
12.9, Elektrolit tayyorlashda kislotani, ichida distillangan suv bo’lgan issiqqa chidamli 
yoki chinni idishga asta sekin (eritmani tez qizishini oldini olish maqsadida) ingichka 
qilib jildirlatib quyish kerak. Bunda elektrolitni har doim tayoqcha yoki shisha trubka 
yoxud kislotaga chidamli plastmassadan yasalgan qorgich bilan aralashtirib turish 
kerak. 
Kislotaga suv quyib, elektrolit tayyorlash man etiladi. Tayyor elektrolitga suv qo’shish 
mumkin. 
12.10. Kislota va ishqor bilan ishlaganda (dag’al jun matodan-kislota uchun yoki 
paxtadan tayyorlangan-ishqor uchun) kostyum, rezinali etik (shim ostidan) yoki kalish, 
rezinali fartuk, himoya ko’zoynagi va rezinaln qo’lqoplarni kiyish zarur. 
Uyuvchi ishqorlarni bo’laklari oldin qop-qanorga o’rab, maxsus ajratilgan joylarda 
maydalanishi zarur. 
12.11. Akkumulyator xonalarida plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga quyidagi 
sharoitlarda ruxsat etiladi: 
- zaryadlash tamom bo’lganiga 2 soatdan ortiq vaqt o’tgandan keyin kavsharlashga 
ruxsat etiladi. Doimiy zaryadlanish tartibida ishlovchi batareyalarda kavsharlash 
ishlarini ish boshlashdan 2 soat ilgari zaryadsizlantirish (razryadlash) tartibiga 
o’tkazilishi shart; 
- ish boshlashdan oldin xona 2 soat davomida shamolatilishi zarur; 
- kavsharlash paytida xona to’xtovsiz shamolatib turilishi kerak; 
- kavsharlanayotgan joy boshqa batareyalardan o’tga chidamli shchitlar bilan to’silishi 
kerak; 
- qo’rg’oshin yoki uning brikmalari ta’siridan zaharlanishni oldini olish uchun maxsus 
ehtiyotkorlik choralari ko’rilishi va akkumlyator batareyalarni ekspluatasiya qilish va 
ta’mirlash yo’riqnomasiga muvofiq ish tartibi belgilanishi kerak; 
- ishlar naryad bilan bajarilishi zarur. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling