So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana06.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1330419
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
TB китоб

 
 
5.6. ELEKTR UZATISH TARMOG’IDA YEGA ULAGICHLARNI -
O’RNATISH. 
5.6.1. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog’ini taqsimlovchi elektr 
uskunalaridan uchirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutasion apparatlari 
oldida yega ulanishi shart. 
Quyidagilarga ruxsat etiladi: 
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogida asosiy elektr tarmog’i 
ikki tomonidan yega ulangan, shoxobchadagi podstansiyalarda esa yega ulagich 
o’chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o’rnatilgan bo’lsa, bu elektr tarmoq yega 
ulanmaydi. 
— 6-20 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr 
uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsim-lovchi elektr 
uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yega ulash 
mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar 
oldida elektr uzatish tarmog’iga qo’yiladigan yega ulagichlar ish joyi bilan ushbu 


taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig’ida o’rnatilishi sharti 
bilan, o’sha kuchlanish olinib o’chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini yega ulamaslik 
mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yega ulagichlar yega ulash 
uskunalari bor ustunlarga o’rnatilishi kerak. 
1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida yega ulagichni faqat ish 
joyiga qo’yish yetarli. 
5.6.2. Ushbu Qoidani 5.6.1. bandida eslatib qo’yilgan yega ulagichlarga qo’shimcha har 
bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo’lganda troslar ham yega 
ulanishi shart. 
5.6.3. Sim tortadigan metal roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda) etgan 
simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o’zidagi qo’zg’almas bo’lagini yega ulash 
kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig’lari yega ulangan temirbeton ustunlar 
va undagi roliklar halqasi (oboymasi) va qiskichlar orasida tabiiy tutashish bo’lsa, rolik 
va qisqichlarni qo’shimcha yega ulash talab qilinmaydi. 
5.6.4. Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, hamda anker 
ustundagi aylanib o’tuvchi sim ulangandan keyin, osilgan simlar (troslar) boshlang’ich 
anker usgunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi oxirroqdagi biron ustunda yega ula-
nishi shart. 
5.6.5. Tayyor uchastkalardagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroqdan va boshqa 
o’takuchlanishdan keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga (trosslarga) potensial 
o’tish xavfini yo’q qilish maqsadida oxirgi anker ustunida osilgan simlarni (trosslarni), 
hamda qurilib bitgan elektr uzatish tarmog’i simlarini yega ulash man qilinadi. 
5.6.6. Har bir fazasida simlar birnecha bo’lim-bo’limlarga tarab ajratilgan elektr uzatish 
tarmog’ida har fazadagisining bir simini yega ulashga ruxsat beriladi, fazalardagi simlar 
izolyasion kashak yordamida ajratilganda hamma simlarini yega ulash talab qilinadi. 
5.6.7. Bir zanjirli elektr tarmog’ida yega ulagichni ish olib borilayotgan ustunga yoki 
qo’shni ustunga qo’yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog’i uchastkasiga 
yega ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ikki tomonidan yega 
ulagich o’rnatishga ruxsat etiladi. 
5.6.8. Ustundan izolyasiya qilingan momaqaldiroqqa qarshi osilgan trosda yoki ushbu 
ustunga osilgan trossda yoki usgun konstruksiyasida bu trossga 1 metrdan kam 
masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros albatta yega ulanishi shart. Yega ulagich trosni 
izolyasiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan erida yoki oralig’ida qo’yiladi. 
Agar ushbu trosda muz eritish mo’ljallangan bo’lsa, ish boshlashdan oldin, tros 
kuchlannsh kelishi mumkin bo’lgan barcha tomonlaridan o’chirilib, yega ulanishi shart. 
5.6.9. Ko’ma yega ulagich metal ustunlarda-uning elementiga, yega ulagich o’rnatish 
uchun jihozlangan temirbeton va yogoch ustunlarda yega ulagich uskunala-riga, ularni 
butunligini tekshirgandan keyin shu simlarga o’rnatilishi kerak. Yega ulagich o’rnatish 
uchun jihozlangan uskunalari bo’lmagan temirbeton ustunlarda yega ulagichni 
ustunning traversiga va boshqa metal elementiga o’rnatish mumkin. 
Neytrali yega ulangan va nul simi tarmoqda qayta yega ulangan 1000 V 
kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida yega ulagichni ushbu nulevoy 
simiga o’rnatish mumkin. 
*Havo elektr uzatish tarmoqlarnni kesishgan joylarida, ko’p elektr uzatish tarmog’ining o’chirilgan bir 
tarmog’ida, kuchlanish tasiri ostidagi elektr tarmoqda va elektr uzagish tarmog’ining alohida fazalarida 
ish bajarish uchun yega ulagnch o’rnatish bo’yicha talab 14-bobda keltirilgan. 


Uskunalardagi ko’chma yega ulagichni o’rnatilishi kerak bo’lgan joylar buyoqdan 
tozalanishi shart. 
Ish joynda ko’chma yega ulagich yega yarim metrdan chuqurlikka tik qoqilgan yega 
ulash uskunasiga o’rnatilishi mumkin. Yega ulash uskunasini tuproq bexos to’kilgan 
uyumga qoqish man qilinadi. 
5.6.10. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmog’ida yoki izolyasion 
zvenosi yo’q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta’mirlanayotgan tarmoq simlarining 
barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan ochiq 
simlarga ham yega ulagich qo’yilishi shart. 
5.6.11. Ta’mirlash uchun o’chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko’chma yega 
ulagichlarni o’rnatish va keyin uni olish hamda ustunlarga o’rnatilgan yega ulagich 
pnchog’ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari amalga 
oshirishlari kerak: biri IV gruppali (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish 
tarmoqlarida) yoki III gruppali (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish tarmoqarida), 
ikkinchisi III gruppali bo’lishi kerak. Ikkinchi xodim sifatida III gruppali ta’mirlash 
brigadasi a’zosini, iste’molchilarga taalluqli elektr uzatish tarmoqlarida esa iste’molchi 
xodiminn ishlatishga ruxsat beriladi. 
Ustunlardagi yega ulagich pichokdarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridd 
III fuppaln bir xodim uchirishiga ruxsat etiladi. 
Elektr uzatish tarmoklaridagi ish joylarida ko’chma yega ulagichni ish bajaruvchi bilan 
birgalikda III gruppaga ega bo’lgan brigada a’zosi bilan birga-likda urnatshni mumkin> 
Ushbu yega ulagichni olish ish bajaruvchining farmoyishi bilan III gruppali ikki brigada 
a’zosi bajarishi mumkin. 
5.6.12. Elektr uzatish tarmoslarida kuchlanish yukdigini tekshirish, yega ulagichni 
urnatish va olish paytida ishchini biri yerda turishi va boshka ishchini kuzatib turishi 
kerak. 
6. ELEKTR MAYDONI TA’SIRI DOIRASIDAGI OCHIQ TAQSIMLOVCHI 
ELEKTR USKUNALARI VA ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDAGI ISHLAR 
6.1. Elektr maydoni ta’siri doirasidagi ochiq, taqsimlovchi elektr uskunalari va 330 kV 
va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi ishlarni bajarishda GOST 
12.1.002-84 talablariga asosan ishchining ushbu maydonda bo’lish vaqti chegaralanib 
qo’yilishi kerak, 
6.2. Elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m gacha bo’lgan maydonlarda ishchilarning u 
yerda bo’lishi vaqti chegaralanmaydi. Elektr maydoni kuchlanganligi 20 dan 25 kV/m 
gacha bo’lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo’lishi 10 minutdan oshmasligi shart. 
Elektr maydoni kuchlanganligi 25 kV/m dan yuqori bo’lganda himoya vositalarini 
qo’llash kerak. Bunda ishlash muddati bir ish kuni vaqti bilan chegaralanadi. 
Elektr maydoni kuchlanganligi 5 dan 20 kV/m gacha bo’lgan maydonda (ma’lum bir 
kuchlanganlik osgida) bo’lishi mumkin bo’lgan vaqt T soat, quyidagi formula bilan 
hisoblanadi, ya’ni
2
50



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling