So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy


Dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana06.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1330419
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
TB китоб

Dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari. 
Umumiy talablar 
17.1. Kabel va havo aloqa tarmoqlarida: energetika korxonalarining aloqa apparatlari 
joylashgan zallarida, krosslarda alosha radiouzelida va xonlarida joylashgan dispetcherlik va 
texnologik boshqaruv zallarida, kerosslarda aloqa radiouzelida va xonalarida joylashgan 
dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskuna va o’urilmalarida; havo elektr uzatish 
tarmoqlari orqali tashkil qilingan aloqa, rele himoyasi va telemexanika uskunalarida; sanoat 
televideniyasi va hisoblash uskunalarida bajariladigan ishlarda ushbu bobdagi qoidalarga rioya 
qilish shart. 
17.1.2. Ish rahbari 4.11.1. bandda eslatilgan hamda quydagi ish sharoitlarida tayinlanishi zarur; 
- havo elektr uzatish tarmoqlarini qo’riq maydonlarida mexanizm va yuk ko’tarish mashinalari 
yordamida bajariladigan ishlarda; 
- kuchlanish ostida bo’lgan havo elektr uzatish tarmoqlarini himoya zonalarida hamma turdagi 
uskunalarni o’rnatish, olib tashlash va simlarni (trosslarni) almashtirish hamda boshqa havo 
elektr uzatish tarmoqlari bilan 1 klassli radiouzatish tarmog’i fideri bilan, temir va katta yo’llar 
bilan, kemalar qatnovi tashkil qilingan daryolar bilan kesishgan joylarda ish bajarishda; 
- ishlab turgan havo elektr uzatish tarmog’i kuchlanishning ta’siridan paydo bo’ladigan 
kuchlanish zonasida va aholi punktlaridan o’tgan havo aloqa tarmoqlarida simlarni 
almashtirish va yangisini osishda; 
- machtali o’tish havo aloqa tarmoqlarini qurish, tarmoq oxiri va qayrish joylaridagi 
uskunalarni almashtirishda; 
- kabel aloqa tarmoqlarini sinashda; 
- navbatchisiz kuchaytirgich punktlari apparatlaridagi ishlarda; 
- yega ulagich pichog’ini ulanmagan aloqa to’lqinlari filtrdan o’tkazuvchi qurilmalardagi 
ishlarda. Filtr qurilmalari ichini ochmasdan bajaradigan ishlar bundan mustasno. 
Naryad beruvchi yuqorida sanab o’tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbari 
tayinlashga ruxsat etiladi. 
17.1.3. Ish joyi tayyorlash jarayonida o’chirish-yoqish apparatlari bilan operasiya qilish 
talab qilinmasa, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskunalarida ish rahbari 
yoki ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishboshi ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini 
o’rindoshlik yo’li bilan bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi 


saqlagichlarni olishi va brigada a’zolari bilan birgalikda ko’chma yega ulagichlarni 
o’rnatishi mumkin. 
17.1.4. Dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskunalarida farmoyish bilan ushbu 
Qoidani 4.11.14.-4.11.21., 4.12.2., 4.12.3. bandlarida ko’rsatilgan hamda quyidagi ishlar 
bajarish mumkin: 
- elektr uzatish tarmog’i kuchlanishi va 1 klassli radiouzatish tarmog’i fideri ta’sir 
o’tkazmaydigan uzilgan havo aloqa tarmoqlari va kabel aloqa tarmoqlaridagi ishlar; 
- taqsimlovchi uskunalarga o’rnatilgan navbatchisiz kuchaytirgich punktlari va elementlarini 
sozlash ishlaridan tashqari dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari uskunalarini 
ta’mirlash, o’rnatish va sozlash ishlari. 
17.1. 5. 750 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’i yaqinidagi va ushbu tarmoq bilan 
kesishgan joylardagi kabel va havo aloqa tarmoqlarida ish bajarishda “Aloqa va radiouzatish 
tarmoqlarini 750 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’i bilan yaqinlashgan va kesishgan 
uchastkalarida xodimlarnialoqa va radiouzatish uskunalarini himoya qilish bo’yicha 
vaqtinchalik ko’rsatma” (M. Aloqa. 1980) talablariga rioya qilish shart. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling