So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) bo‘yicha o‘lchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, o‘lchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan. Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi. Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak. Тozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi. Rp: Natrii hydrocarbonatis Natrii salicylatis ana 2,0 Tincturae Valerianae 5 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae 180 ml M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml Natriy salisilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml Valeriana nastoykasi 5 ml Тozalangan suv miqdori (180 ml + 5 ml + 10 ml) - (40 ml + 20 ml + 5 ml + 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml + 20 ml) = 120 ml Umumiy hajmi 180 + 5 + 10 = 195 ml Тayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salisilat eritmasi solinadi. Pipetka yordamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi o‘lchab olinadi. Qand sharbatini og‘irlik bo‘yicha o‘lchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi. Rp: Natrii benzoatis 2,0 Natrii hydrocarbonatis 1,0 Elixiris pectoralis 3 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae ad 100 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2Ѕ10=20 ml Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 1Ѕ20=20 ml Qand sharbati 10 ml Ko‘krak eliksiri 3 ml Тozalangan suv 100 - (20+20+3+10)=47 ml Umumiy hajm 100 ml Тayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml ko‘krak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling