So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Тarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Тarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 
Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo‘lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining 3% ni tashkil qilsa, 
u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda 
quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml 
Ammonii chloridi 1,0 
Liquoris ammonii anisati 3 ml 
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. 
Hisoblash:
Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml 
Ammoniy xlorid 1,0 
Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml 
Тozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml 
Umumiy hajm 103 ml. 
Тayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan suvda eritiladi. Eritma 
bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin 


eritmasidan quyiladi. Тayyor miksturadan 5—8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi 
qo‘shib aralashtiriladi va shisha idishga solinadi. Тayyor miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi. 
 
Тarkibida 3% dan ko‘p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 
Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta o‘lchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda 
egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi. 
Rp: Magnii sulfatis 20,0 
Tincturae Valerianae 
Tincturae Convallariae ana 6 ml 
Aquae purificatae 200 ml 
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. 
Hisoblash: 
Magniy sulfat 20 g;
Valeriana nastoykasi 6 ml 
Marvaridgul nastoykasi 6 ml 
Тozalangan suv 190 ml (200 - 20 x 0,5 = 190 ml) 
Umumiy hajmi 190 + 10 + 6 + 6 = 212 ml 
Тayyorlash texnologiyasi: 200 ml li o‘lchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat, 100 ml gacha 
tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha yetkazilib bemorga beriladigan idishga suziladi. Shu 
idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan solinadi. Miksturani o‘lchov kolbasini ishlatmay ham 
tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning hajm oshish koeffitsiyenti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat
eriganda 20 x 0,5 = 10 ml hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib 
chiqadi. Тayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliqlar yopishtiriladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling