So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Jelatin eritmasini tayyorlash 


Jelatin oshqozon, ichak, o‘pkadan qon oqishida va gemofiliyada qon to‘xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Uning qon to‘xtatish xususiyati tarkibida kalsiy tuzlari borligi bilan bog‘liq deb izohlaniladi. U teri, suyak va 
paylarda bo‘ladigan kollagen va osseinni gidrolizlab olinadi. Jelatin fibrillyar va tolali oqsillarga kirib
makromolekulalari ipsimon tuzilishga ega. Bu makromolekulalar o‘zaro vodorod bog‘i orqali ko‘priksimon 
bog‘lanishga ega. Jelatinni xona sharoitida suvda bo‘ktirilganda uning hajmi 14 barobar oshadi. Harorat 
ko‘tarilganda molekulalararo bog‘lar uzilib, jelatin eritmaga aylanadi. 
 
Rp: Sol. Gelatinae medicinalis 5% — 100 ml 
M.D.S. 1 osh qoshiqdan har ikki soatda ichilsin. 
5 g jelatin 4—10 barobar ko‘p suvda bo‘ktiriladi. 30—40 daqiqadan so‘ng qolgan suv solinib 60—70°C da suv 
hammomida erib ketguncha qizdiriladi. So‘ngra shisha idishga suziladi. Zarur bo‘lsa suv qo‘shib hajmi 100 ml 
gacha yetkaziladi.
Metilsellyuloza eritmasini tayyorlash 
 
Metilsellyuloza sellyulozaning metil efiri bo‘lib, oq sarg‘ish tolasimon modda, faqat sovuq suvda eriydi. 
Erishini tezlashtirish uchun metilsellyulozaning umumiy hajmini 0,2—0,5 qismida issiq suv bilan ho‘llanadi, so‘ng 
kerakli hajmgacha sovuq suv qo‘shiladi, erib ketguncha aralashtirib turiladi (10—12 soatga sovitgichga qo‘ysa ham
bo‘ladi). 
Metilsellyuloza eritmasini 50°C dan yuqori haroratda qizdirilsa, eritma koagulyatsiyaga uchraydi, sovutilsa 
metilsellyuloza yana eritmaga aylanadi. 
 
 
Na-KMS — natriy karboksimetilsellyuloza eritmasini tayyorlash

Na-KMS kulrang amorf poroshok bo‘lib, hidsiz, mazasiz. Na-KMS issiq va sovuq suvda yaxshi eriydi. 


 
Kolloid eritmalar (Solutiones colloidale) 
Kolloid so‘zi grekcha kolla— kley, eidos— o‘xshash so‘zlaridan kelib chiqqan. Kolloid eritmalar 
mikrogeterogen sistema bo‘lib, ularda dispers faza misellalardan iboratdir. Zarrachalar o‘lchami 1—100 nm. Bu 
eritmalar termodinamik jihatdan turg‘un bo‘lmagan tizimlar bo‘lganligi uchun tez koagulyatsiyaga uchraydi. 
Natijada cho‘kmaga aylanishi ham kuzatiladi. Kolloid eritmalar elektrolitlar, harorat, mexanik ta’sir, yorug‘lik, 
elektr toki ta’sirida ham koagulyatsiyaga uchraydi. 
Kolloid eritma hosil qiluvchi dorivor moddalarga protargol, kollargol, ixtiol va boshqalar kiradi. Bu 
moddalardan eritmalar tayyorlash usuli ular misellalarining tarkibiga bog‘liq. 
Rp: Sol. Protargoli 2% — 200 ml 
D.S. Burun bo‘shlig‘ini chayish uchun. 
Protargol — Argentum proteinicum tarkibida 7,7—8,3% kumush saqlaydi. 
Chinni kosachaga 200 ml tozalangan suv solib, ustiga 4 g protargol sepiladi. 15—20 daqiqadan so‘ng (erib 
ketgach) paxta tamponi orqali qo‘ng‘ir shisha idishga suziladi. Eritmani oddiy filtrdan o‘tkazilsa filtr tarkibidagi Fe, 
Sa, Mg ionlari protargolni koagulyatsiyaga uchratishi mumkin, shuning uchun kulsiz filtrni ishlatish maqsadga 
muvofiq. 
Rp: Sol. Collargoli 2%—200 ml 
D.S. Sirtga. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling