So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
NAZORAТ SAVOLLARI 
1. Farmatsevtika amaliyotida qanday YuMB eritmalar 
qo‘llaniladi? 
2. YuMB lar eritmasi qanday xossaga ega? 
3. Jelatin eritmasini tayyorlashning o‘ziga xosligi nimadan 
iborat?
4. Pepsin va xlorid kislotasidan tashkil topgan miksturalarni tayyorlashda ingrediyentlarni qanday tartibda aralashtirish lozim? 
5. Pepsin eritmasini filtrlash mumkinmi? 
6. Miksturalar tarkibiga ekstraktlar qanday qo‘shiladi? 
7. Kraxmal eritmasi qanday tayyorlanadi? 
8. 5% li xloralgidrat eritmasini mikroklizma uchun berish mumkinmi? 
9. YuMB eritmalari tarkibiga elektrolitlar va spirt qanday qo‘shiladi? 
10. Farmatsevtika amaliyotida qo‘llaniladigan qaysi kolloid preparatlarini bilasiz?
11. Kollargol va protargol eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xosligi nimadan iborat?
12. Nima uchun kollargol va protargol eritmalarini tayyorlash texnologiyasi bir-biridan farq qiladi? 
13. Kollargol va protargol eritmalarini filtrlash mumkinmi?
SUSPENZIYALAR (OSILMALAR) (SUSPENSIONES) 
ТOPSHIRIQ: 
1. Dispersion usulda suspenziya tayyorlash: 
a) gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan; 
b) gidrofil bo‘kuvchi moddalardan; 
d) gidrofob moddalardan. 
2. Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash. 
Suspenziyalar mikrogeterogen sistemalar bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muhitdan iborat. Dispers 
faza zarrachalari o‘lchami 0,1 dan 100 mkm gacha bo‘lishi mumkin. 
Suspenziyalar turg‘unligiga ta’sir etuvchi eng muhim omil qattiq modda zarrachalarining o‘lchami hisoblanadi: 
modda qanchalik yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un bo‘lib, dozalash ham aniqroq, terapevtik 
ta’siri samaraliroq bo‘ladi. 
Suspenziyaning turg‘unligiga dispers muhitning qovushqoqligini oshirish ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
maqsadda glitserin, sharbatlar, yuqori molekulali birikmalar: jelatoza, shilimshiqlar, kraxmal, sellyuloza hosilalari 
(MS, KMS, Na-KMS), bentonit va boshqa qovushqoqlikni oshiruvchi moddalar ishlatiladi. Suspenziyalar juda ko‘p 
suyuq dori shakllarida (miksturalar, tomchilar, sirtga ishlatiladigan suyuqliklar, in’eksiya uchun ishlatiladigan dori 
shakllarida) uchraydi. Suvda erimaydigan moddalardan rux, magniy, kalsiy, vismut preparatlari, talk, kamfora, 
oltingugurt kabilar suspenziya holida qo‘llaniladi. 



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling