So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash Kondensatsion yo‘l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo‘ladi: a) erituvchining o‘zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida; b) kimyoviy reaksiya natijasida. Xira miksturalar (Mixture turbidae) Suyuq ekstrakt, tindirma va efir moyi saqlovchi preparatlar bilan miksturalar tayyorlash Rp: Sol Natrii bromidi ex 6,0:200 ml Тincturae Convallariae Тincturae Valerianae aa 8 ml M. D. S. Ichish uchun. Natriy brom eritmasiga tindirmalar qo‘shilganda tiniq eritma xiralashib, och-jigar rang tusli mikstura hosil bo‘ladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Тindirmalar 70% li etanolda tayyorlanadi. Demak, ularning tarkibiga kiruvchi moddalar shu erituvchida erigan holda bo‘ladi. Mikstura tayyorlanganda erituvchining konsentratsiyasi keskin pasayadi. Natijada erigan moddalarning eruvchanligi kamayadi va ular mayda gidrofob zarrachalar holida miksturada tarqaladi, bu esa miksturaning xiralashishiga olib keladi. Rp: Codeini phosphatis 0,15 Natrii benzoatis 3,0 Liq. Ammonii anisati 2 ml Sirupi Althaeae 30 ml Aq. purif. 180 ml M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Miksturaning umumiy hajmi 212 ml. Belgilangan idishga 135 ml tozalangan suv, 15 ml kodein fosfat eritmasi (1:100), 30 ml natriy benzoat (1:10) eritmasi solib aralashtiriladi (kodein fosfat dozasi tekshirilib olinadi). Stakanga 30 ml gulxayri sharbati; 2 ml novshadil arpabodiyon tomchisi solib aralashtiriladi va belgilangan idishga solinadi. Тegishli yorliq yopishtiriladi. Rp: Sol. Calcii shloridi 5% 200 ml Natrii hydrocarbonatis 4,0 M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal. Shisha idishga 100 ml tozalangan suv, 20 ml kalsiy xlorid eritmasi (1:2) va 80 ml natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) solinadi. Bunda reaksiya natijasida kalsiy karbonatli suspenziya hosil bo‘ladi. Rp: Zinci sulfatis Plumbi acetatis aa 0,25 Aq. purif. 180 ml M.D.S. Siydik chiqarish kanaliga yuborish uchun. Bu retseptda ham kimyoviy reaksiya natijasida suvda erimaydigan modda — qo‘rg‘oshin sulfat cho‘kmaga tushadi. Rekristallizatsiyani oldini olish va qo‘rg‘oshin sulfat zarrachalarini disperslik darajasini oshirish uchun suspenziya hovonchada tayyorlanadi. Bunda ikssimon (x) kristallar yaxshi maydalanadi va uretraning shilliq qavatlarini jarohatlamaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling