So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
Kollargol — Argentum Colloidale 70% kumush saqlaydi, qolgan 30% oqsil moddasi (lizalbin, protalbin
kislotalarining natriyli tuzlari). Yordamchi idishga 200 ml suv solib, unga 4 g kollargol qo‘shib to erib ketguncha aralashtiramiz. Hosil bo‘lgan eritma qo‘ng‘ir shisha idishga suziladi (1-sonli shisha filtrdan o‘tkazish ham mumkin). Bu eritmani hovonchada tayyorlasa ham bo‘ladi. Buning uchun 4 g kollargol ozgina suv solib eziladi va qolgan suv bilan aralashtiriladi. Ixtiol — Ichthyolum. Sulfid, sulfat, sulfonatlar aralashmasi bo‘lib, bitumni qayta ishlash asosida olinadi. Siropga o‘xshash suvda yaxshi eriydigan modda. Rp: Sol. Ichthyoli 5% - 200 ml D.S. Kompress uchun Chinni kosachaga 10 g ixtiol solib va uni ozgina suv bilan aralashtiriladi. So‘ngra oz-ozdan qolgan suv qo‘shiladi. Тayyor eritma paxta tampon orqali suziladi. YuMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash Тayyorlangan YuMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan dori shakllaridagi kabi, ya’ni hujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi. Yorliqlarning rangi, eritma hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi, hajmiy chetlanishi tekshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi mumkin. ТOPSHIRIQLAR Тahlil uchun retseptlar: 1. Oling: Pepsin Xlorid kislotasi teng miqdorda 4,0 Тozalangan suv 200 ml Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin. 2. Oling: Pepsin Xlorid kislota eritmasi 3% — 180 ml Qand sharbati 10 ml Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin. 3. Oling: Belladonna ekstrakti 0,2 Natriy salisilat 6,0 Glitserin 20,0 Yalpiz suvi 180 ml Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin. 4. Oling: Ammoniy xlorid 2,0 Kodein fosfat 0,2 Chuchukmiya ildizi ekstrakti 6,0 Тozalangan suv 200 ml gacha Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichilsin. 5. Oling: Jelatin eritmasi 5%—50 ml Bering. Belgilang. 1 desert qoshiqdan har ikki soatda ichilsin. 6. Oling: Jelatin 3,0 Qand sharbati 10 ml Тozalangan suv 100 ml gacha Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan har soatda ichilsin. 7. Oling: Kraxmal shilimshig‘i 50,0 Natriy bromid 1,5 Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 ta klizma uchun. 8. Oling: Kollargol eritmasi 0,5%—100 ml Bering. Belgilang. Yuvish uchun. 9. Oling: Protargol 0,5 Glitserin 3,0 Тozalangan suv 30 ml gacha Aralashtiring. Bering. Belgilang. Sirtga qo‘llash uchun. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling