So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Nazorat savollari 


1. Dorixona amaliyotida qanday uchuvchan erituvchilar 
ishlatiladi? 
2. Retseptda spirt quvvati ko‘rsatilmagan bo‘lsa qanday spirt 
ishlatiladi? 
3. 70% li 120 ml spirt eritmasini tayyorlash uchun 95% li 
spirt qanday suyultiriladi? 
4. Uchmaydigan erituvchilarda eritma tayyorlashning o‘ziga 
xosligi nimalardan iborat? 
5. Xlorid kislotasini suyultirish qoidalari qanday? 
6. Burov suyuqligi, pergidrol va formalin qanday 
suyultiriladi? 
7. 160 ml 10% li formalin eritmasi tayyorlash uchun qancha 
formalin kerak? 
8. Vodorod peroksidini konsentratsiyasi retseptda 
ko‘rsatilmasa necha foizli eritmasi tayyorlab beriladi? 
9. 20% li 300 ml sirka kislotasi eritmasini tayyorlash uchun
30% li eritmadan qancha olinadi? 
10. 5% li 180 ml ammiak eritmasini tayyorlash uchun qancha va 
qanday konsentratsiyali ammiak eritmasidan olish kerak? 
11. 10% li 80 ml kaliy asetat eritmasi qanday tayyorlanadi?
YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR VA KOLLOID ERIТMALAR
 
ТOPSHIRIQ: 
1. Cheksiz bo‘kuvchi yuqori molekulali birikmalar eritmasini tayyorlash. 
2. Cheklangan bo‘kuvchi yuqori molekulali birikmalar eritmasini tayyorlash. 
3. Kolloid eritmalarni tayyorlash. 
Yuqori molekulali birikma (YuMB) lar eritmasi dori texnologiyasida dori vositasi yoki yordamchi modda 
sifatida ishlatiladi. Ularga molekulyar og‘irligi 10 000 dan katta bo‘lgan moddalar kiradi. YuMB chin eritmalar 
hosil qiladi, molekulalar o‘lchami 1—100 nm gacha. YuMB eritmalarining texnologiyasi ular molekulasining 
tuzilishiga bog‘liq. YuMB lar molekulasi shakliga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: sferik tuzilishli (oqsillar), chiziqli 
strukturali (kraxmal, sellyuloza hosilalari). 
Sferik shaklli YuMB ning erish jarayoni past molekulali moddalarning erishidan kam farq qiladi. Bular oson 
gidratlanib, eritmaga o‘tadi. Bunday YuMB larni cheksiz bo‘kuvchi YuMB deyiladi. 
Chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan YuMB ning erishi ikki bosqichda boradi: 1— bo‘kish, 2— erish.
Karboksil guruhi 4 ta, gidroksil guruhi 3 ta, keto, algid guruhi 2 ta suv molekulasini ushlab gidratlanish 
xossasiga ega. 
YuMB bo‘kib, hajmi 10—15 marta ko‘payadi. Lekin oxirigacha erib ketmaydi. Haroratning ko‘tarilishi erish 
jarayonini oxiriga yetkazadi (masalan, jelatinda). 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling