So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Cheksiz bo‘kuvchi YuMB eritmalarini tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Cheksiz bo‘kuvchi YuMB eritmalarini tayyorlash 
 
Cheksiz bo‘kuvchi YuMB larga pepsin, chuchukmiya ekstrakti, belladonna ekstrakti va boshqalar kiradi. Pepsin
proteolitik ferment bo‘lib, cho‘chqa oshqozonining shilliq qavatidan olinadigan preparatdir. Uning 2, 3, 4% li 
eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi. 
Rp: Pepsini 3,0 
Sol. Acidi hydrochlorici 2% - 200 ml 
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal 
Yordamchi idishdagi 160 ml tozalangan suvga 40 ml xlorid kislota eritmasi (1:10) qo‘shilib, unda 3,0 g pepsin 
eritiladi va shisha idishga paxta yoxud 1 yoki 2 - sonli shisha filtr orqali suziladi. Filtrlash mumkin emas, chunki 
oqsil filtr qog‘ozga adsorbsiyalanib qolishi mumkin. 


 
Ekstraktlar bilan miksturalar tayyorlash 
Suyuq dori tarkibiga kiruvchi quruq ekstraktni dastlab hovonchada maydalab olinadi, so‘ng erituvchi bilan 
yordamchi idishga yuvib solinadi. 
Quyuq ekstrakt filtr qog‘ozida o‘lchab olinadi, so‘ngra hovoncha dastasining boshchasiga yopishtiriladi. Filtr 
qog‘ozga bir necha tomchi suv tomizilib ekstraktdan ajratib olinadi. Ekstrakt hovonchada ozroq suv bilan eritiladi, 
keyin qolgan suvni qo‘shib to‘liq erib ketguncha aralashtiriladi. Тayyor eritma shisha idishga solinadi. 
Suyuq ekstraktlar esa tayyor miksturaga oxirida qo‘shiladi. 
Rp: Extracti Belladonnae 0,2 
Natrii salicylatis 0,6 
Glycerini 20,0 
Aquae Menthae 180 ml 
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. 
Agar dorixonada belladonnaning quruq ekstrakti bo‘lsa, undan 0,4 g olib hovonchada eziladi va 90 ml yalpiz 
suvida eritiladi. Qolgan 90 ml xushbo‘y suvda natriy salisilat eritilib, 20 g glitserin o‘lchab olingan idishga suziladi. 
Ustiga ekstrakt eritmasi qo‘shib chayqatiladi. Тayyor miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi. 
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling