So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Nazorat savollari 
1. Dispers sistema sifatida suspenziyalarning o‘ziga xosligi nimadan iborat? 
2. Qanday hollarda suspenziyalar hosil bo‘lishi mumkin? 
3. Suspenziyalar qanday xossalarga ega? 
4. Suspenziyalarning turg‘unligiga ta’sir etuvchi qanday
omillarni bilasiz? 
5. Suspenziyalar tayyorlashning qanday usullari mavjud? Ular 
bir-biridan qanday farq qiladi? 
6. Gidrofil moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi? 
7. Gidrofil bo‘kuvchi moddalardan suspenziyalar qanday
tayyorlanadi? 
8. Stabilizatorlarning ahamiyati va ta’sir mexanizmi
qanday? 
9. Sizga ma’lum stabilizatorlar nomini keltiring. 
10. Stabilizatorni tanlash nimaga asoslangan? 
11. Oltingugurtdan suspenziya tayyorlashda qanday stabiliza- 
torni qo‘llash maqsadga muvofiq? 
12. Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlashga
misollar keltiring. 
13. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalardan suspenziya
tayyorlash qoidasini ayting. 


14. Suspenziyalar qanday beriladi va jihozlanadi?
MOYLI VA URUG‘LI EMULSIYALAR 
(Emulsa oleosa et seminalia) 
 
ТOPSHIRIQ: 
1. Urug‘dan emulsiya tayyorlash. 
2. Moyli emulsiyalar tayyorlash. 
3. Emulsiyalarga dorivor moddalarni qo‘shish. 
4. Emulsiya sifatini tekshirish. 
Ibn Sinoning «Тib qonunlari» asarining ikkinchi kitobida sodda dorining mizojlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 
qismida mizojning ikki turi haqida gap boradi. 1-mizoj— unsurlarda bo‘ladigan dastlabki aralashmadir; 2-mizoj— 
ularning maxsus mizojlari bo‘lgan bir necha narsalardan (aralashishidan) paydo bo‘lgan mizojdir. Suv, og‘iz va 
yog‘ moddalarining aralashmasidan tashkil topgan tabiiy sut ikkinchi mizoj turiga kiradi. Ikkinchi mizojning sun’iy 
turiga emulsiyani misol qilib keltirish mumkin. Gidrofob (moy) xususiyatga ega bo‘lgan zarrachalar emulgirlash 
asosida gidrofil (suv) suyuqlikda tarqalib bu jarayonni bog‘lab turuvchi— emulgator (og‘iz) tarkibda bo‘lishi Abu 
Ali ibn Sino asarlarida ko‘rsatilgan. 
Emulsiyalar o‘zaro bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tashkil topib, ichish, sirtga qo‘llash va in’eksiya uchun 
ishlatiladigan dori shaklidir. 
Dispers fazasi 3% dan ortiq bo‘lgan emulsiyalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Emulsiyalar rasmiy dori shakli 
bo‘lib, ularni tayyorlash XI DF, II tom, 161-betdagi maqolaga asoslanadi. 
Dispers faza zarrachalari o‘lchami 1 dan 50 mkm gachadir. Ko‘pincha emulsiyalar ichish, sirtga ishlatish 
(suvning moydagi emulsiyasi) maqsadida tayyorlanadi. Bu ikkala emulsiyalar hosil bo‘lishi va xossalari bilan bir-
biridan farq qiladi. Gidrofil xossali emulgatorlar ishlatilganda (gidrofil-lipofil ballans (GLB) ko‘rsatkichi 8—18 
gacha) ichish uchun qo‘llaniladigan emulsiyalar hosil bo‘ladi; oleofil xossali emulgator ishlatilsa (GLB —3—6) 
sirtga qo‘llaniladigan emulsiya hosil bo‘ladi. 
Bankroft qoidasiga ko‘ra emulgator qaysi fazada yaxshi erisa, o‘sha faza dispers muhit bo‘lib qoladi. 
Emulgatorlar 2 suyuqlik chegarasida tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan difil sirt-faol moddalardir. Ular 
strukturasi, molekulyar xossasi, qaysi guruhdagi emulsiya hosil qilishi, ta’sir mexanizmi va tibbiyotda 
qo‘llanilishiga ko‘ra shartli ravishda tasniflanadi. 
Emulsiyalar tayyorlashda emulgator sifatida arab yelimi, kraxmal shilimshig‘i, metilsellyuloza eritmasi, jelatoza, 
tvinlar, spenlar, emulgator Т-2 va boshqalar ishlatiladi. 
Emulsiya qaysi guruhga kirishini aniqlash uchun suyultirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun buyum 
oynasiga 1 tomchi emulsiya va suv tomiziladi. Agar tomchilar birlashib ketsa m/s emulsiyasi ekanligi ma’lum 
bo‘ladi. Emulsiya turi bo‘yash va parafinli plastinka usullari bilan ham aniqlanadi. Moyda eriydigan sudan III 
bo‘yog‘i bilan bo‘yalsa s/m turi, bo‘yalmasa m/s emulsiyasi bo‘ladi. Parafinlangan shisha plastinka ustiga bir 
tomchi emulsiya tomiziladi. Тomchi yoyilib ketsa s/m, tomchi yoyilmay tursa m/s emulsiyasi bo‘ladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling