- So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash, so`z yasash usullari va vositalarini o`rganadi. Tildagi so`zlarning yasash tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo`limning asosiy vazifasidir.
- So`z yasash usullari. Qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi. Hozirgi o`zbek tilida so`z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar:
- Semantik usul.
- Foneti usul.
- Abbreviatsiya usuli.
- Affiksatsiya usuli.
- Kopozitsiya usuli.
Semantik usul. - Ko`p ma`noli so`zning ma`nolari orasidagi aloqaning o`zgarishi, uzilishi natijasida omonim so`zlarning yuzaga kelishi haqida ma`lumotga egamiz. So`z ma`nosining o`zgarishi asosida yangi so`z xosil qilish semantik usul bilan so`z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so`zlar turli so`z turkumlariga tegishli bo`lib qolishi mumkin. Masalan, ko`k(<>, ot) – ko`k (<>, sifat), ko`ch (<>, fel) – ko`ch (<>, ot), yupqa (<>, sifat) – yupqa (<
>, ot), kun (<>, ot) – kun (<>, hisob so`zi o`rnida) kabi. Fonetik usul - So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi. Masalan, tun va kun, ko`z va ko`r, aka va uka kabi.
- So`z urg`usining o`zgarishi ham fonetik usulda boshqa so`z turkumiga oid so`zlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Yangi so`z yasaladi. Masalan, yangi (sifat) - yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe`l), qushcha (ot) – qushcha (qushdek, qush kabi-ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) kabi
Abbreviatsiya usuli - To`g`ri ma`noli turg`un so`z birikmalarining qisqartma so`zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o`zbek tiliga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi rus tilidan kirgan . Masalan, O`zMU – O`zbekiston Milliy Universiteti, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ATS –Avtomatik telefon stansiyasi kabi.
Affiksatsiya usuli. - So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi.
Kompozitsiya usuli. - Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi.
SO`Z YASALISH TARKIBI - So`z yasalishida affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari eng faol usullardan sanaladi.
- So`z yasalish tarkibi so`zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog`liqdir.Unda har bir o`zak hamda affiksal morfemaning yangi so`z yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Bu so`z yasalish tarkibining o`ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko`rsatadi.
- So`z yasalish tarkibi ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi yasovchi vosita (qo`shimcha). Yasalish tarkibini esa yasalma (yasalma so`z) deyiladi. Masalan, o`tloq, gulla, mevali, tezlik yasamalarda o`t, gul, meva, tez qismlar yasovchi asos bo`lib, -loq, -la, -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo`lib kelgan.
So`z turkumida so`z yasalish - Bir turkumdan boshqa turkumga oid so`z yasah hodisasi tilda leksikaning boyish manbalaridan biri hisoblanadi.
- So`z yasalish hodisasi turkumlarga ko`ra tahlil qilinganda, uning turlicha ko`rinishlarini aniqlash mumkin. Ularning quyidagicha guruhlarga ajratsa bo`ladi:
- Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida boshqa turkumga oid yangi so`z yasaladi;
- Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida shu turkumning o`ziga oid yangi so`z yasaladi;
- Ma`lum turkumga oid so`zlar boshqa turkumdagi so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi;
- Yangi so`z boshqa turkumga oid so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so`zlardan yasalmaydi, balki u to`g`ri ma`noli turg`un birikmalar asosida yasaladi.
1. Tilda ma'lum turkumdagi so'zlardan boshqa turkumga oid so'zlarning yasalishi ko'p uchraydi. Bunda ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, taqlid va undov so'zlardan yangi so'zlar yasaladi. Lekin yangi so'z yasalishi faqat, ot, sifat, fe'l, ravish turkumlarigagina xosdir. Shu jihatdan qaralganda, son, olmosh, taqlid so'zlar yasalmaydi. - 1. Tilda ma'lum turkumdagi so'zlardan boshqa turkumga oid so'zlarning yasalishi ko'p uchraydi. Bunda ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, taqlid va undov so'zlardan yangi so'zlar yasaladi. Lekin yangi so'z yasalishi faqat, ot, sifat, fe'l, ravish turkumlarigagina xosdir. Shu jihatdan qaralganda, son, olmosh, taqlid so'zlar yasalmaydi.
- Tilda ot, sifat, fe'l, ravish yasalishining turli shakllari mavjud:
- Ot yasalish tarkiblari: kes (fe'l) — kesak (ot), bir (son) - birlik (ot), tez (ravish) — tezlik (ot), shar-shar (taqlidiy so'z) — sharshara (ot), kalta (sifat) kesak (ot) - kaltakesak (ot), besh (son)+barmoq (ot) — beshbarmoq (ot), dunyo (ot) + qarash (fe'l) — dunyoqarash (ot), besh (son) + otar (fe'l) — beshotar (ot) kabi.
Sifat yasalish tarkiblari: yog' (ot) — yog'li (sifat), bugun (ravish), bugungi (sifat), cho'z (fe'l) — cho'ziq (sifat), eg (fe'l) - egik (sifat), yumala (fe'l) - yumaloq (sifat); bozor (ot) + bop (sifat) — bozorbop (sifat), sof (sifat) + dil (ot) - sofdil (sifat), bola (ot) + jon (ot) -bolajon (sifat), kат (ravish) + gap (ot) - kamgap (sifat), g'am (ot) + xo'r (fe'l) — g'amxo'r (sifat), ham (yordamchi so'z) + dard (ot) -hamdard (sifat) kabi. - Sifat yasalish tarkiblari: yog' (ot) — yog'li (sifat), bugun (ravish), bugungi (sifat), cho'z (fe'l) — cho'ziq (sifat), eg (fe'l) - egik (sifat), yumala (fe'l) - yumaloq (sifat); bozor (ot) + bop (sifat) — bozorbop (sifat), sof (sifat) + dil (ot) - sofdil (sifat), bola (ot) + jon (ot) -bolajon (sifat), kат (ravish) + gap (ot) - kamgap (sifat), g'am (ot) + xo'r (fe'l) — g'amxo'r (sifat), ham (yordamchi so'z) + dard (ot) -hamdard (sifat) kabi.
Fe'l yasalish tarkiblari: arra (ot) - arrala (fe'l), tekis (sifat) — tekisla (fe'l), sekin (ravish) - sekinla (fe'l), dad (undov so'z) - dodlamoq (fe'l), gumbur (taqlid so'z) - gumburlamoq (fe'l), ikki (son) - - Fe'l yasalish tarkiblari: arra (ot) - arrala (fe'l), tekis (sifat) — tekisla (fe'l), sekin (ravish) - sekinla (fe'l), dad (undov so'z) - dodlamoq (fe'l), gumbur (taqlid so'z) - gumburlamoq (fe'l), ikki (son) -
- ikkilanmoq (fe'l), sen (olmosh) — sensiramoq (fe'l); imzo (ot) + chekmoq (fe'l) — imzo chekmoq (fe'l), kasal (sifat) + bo'lmog (fe'l) — kasal bo'lmoq (fe'l) kabi.
Ravish yasalish tarkiblari: askar (ot) - askarcha (ravish), yangi (sifat) — yangicha (ravish), siz (olmosh) — sizcha (ravish), yugurgan (sifatdosh) + yugurgancha (ravish), qaragani (ravishdosh) — qaragancha (ravish), bir (son) — birdek (ravish), har+zamon (payt ma'nosini bildiruvchi so'z) - har zamon (ravish), hech + qachon (so'roq olmoshi) + hech qachon (ravish), bir (son) + yoqqa (o'rin ma'nosini bildiruvchi so'z) — bir yoqqa (ravish) kabi. - Ravish yasalish tarkiblari: askar (ot) - askarcha (ravish), yangi (sifat) — yangicha (ravish), siz (olmosh) — sizcha (ravish), yugurgan (sifatdosh) + yugurgancha (ravish), qaragani (ravishdosh) — qaragancha (ravish), bir (son) — birdek (ravish), har+zamon (payt ma'nosini bildiruvchi so'z) - har zamon (ravish), hech + qachon (so'roq olmoshi) + hech qachon (ravish), bir (son) + yoqqa (o'rin ma'nosini bildiruvchi so'z) — bir yoqqa (ravish) kabi.
- "Ma'lum turkumga oid so'zdan shu turkumga oid yangi so'z yasalishi haqida gapirilganda, affiksatsiya hamda kompozitsiya usulida, asosan, ot, sifat, ravish turkumlaridagi yasalishlar nazarda tutiladi. Chunki fe'l turkumiga oid yangi so'z fe'lning o'zidan affiksatsiya usulida yasalmaydi. Lekin fe'l+ fe'l shaklida qo'shma fe'llar yasaladi.
- Ot yasalish tarkiblari: ashula (ot) — ashulachi (ot), gul (ot) - gulzor (ot), o't (ot) — o'tloq (ot); bobo (ot) + dehqon (ot) - bobodehqon (ot), zar (ot) + kokil (ot) - zarkokil (ot) kabi.
- Sifat yasalish tarkiblari: ulug' (sifat) — ulug`lvor (sifat), g'ayri (sifat) tabiiy (sifat) — g'ayritabiiy (sifat) kabi.
Ravish yasalish tarkiblari: hozir (ravish) — hozircha (ravish), ko'p (ravish) — ko'plab (ravish); nari (ravish) — beri (ravish) — nari-beri (ravish), oldin (ravish) — keyin (ravish) — oldin-keyin (ravish) kabi. - Ravish yasalish tarkiblari: hozir (ravish) — hozircha (ravish), ko'p (ravish) — ko'plab (ravish); nari (ravish) — beri (ravish) — nari-beri (ravish), oldin (ravish) — keyin (ravish) — oldin-keyin (ravish) kabi.
- Fe'l yasalish tarkiblari: sotib (fe'l) + olmoq (fe'l) - sotib olmoq (fe'l), borib (fe'l) + kelmoq (fe'l) - borib kelmoq (fe'l) kabi.
Ba'zi turkumga oid so'zlar boshqa turkumdagi so'zlardan ham, shu turkumning o'zidan ham affiksatsiya usulida yasalmaydi. Bularga mustaqil so'z turkumlaridan olmosh va son turkumlariga oid so'zlar kiradi. Lekin tilda yigirma besh, biryuz ellik besh kabi qo'shma sonlar; besh-olti, o'n-o'nbesh kabi juft sonlar; har kirn, har nima, hech narsa, ba'zi bir kabi qo'shma olmoshlar mavjud. - Ba'zi turkumga oid so'zlar boshqa turkumdagi so'zlardan ham, shu turkumning o'zidan ham affiksatsiya usulida yasalmaydi. Bularga mustaqil so'z turkumlaridan olmosh va son turkumlariga oid so'zlar kiradi. Lekin tilda yigirma besh, biryuz ellik besh kabi qo'shma sonlar; besh-olti, o'n-o'nbesh kabi juft sonlar; har kirn, har nima, hech narsa, ba'zi bir kabi qo'shma olmoshlar mavjud.
So'z yasalishining bu turida yangi so'z affiksatsiya usulida ham, kompozitsiya usulida ham yasalmaydi. Balki to'g'ri ma'noli turg'un birikmalarning qisqarishi asosida yasaladi. Bunda abbreviatsiya usulida so'z yasaladi. Abbreviatsiya usuli o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan bo'lib, ot turkumiga oid qisqartma so'zlarni yasaydi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — BMT (qisqartma so'z), O'zbekiston Milliy Universiteti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — O'zMU (qisqartma so'z) kabi. - So'z yasalishining bu turida yangi so'z affiksatsiya usulida ham, kompozitsiya usulida ham yasalmaydi. Balki to'g'ri ma'noli turg'un birikmalarning qisqarishi asosida yasaladi. Bunda abbreviatsiya usulida so'z yasaladi. Abbreviatsiya usuli o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan bo'lib, ot turkumiga oid qisqartma so'zlarni yasaydi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — BMT (qisqartma so'z), O'zbekiston Milliy Universiteti (to'g'ri ma'noli turg'un birikma) — O'zMU (qisqartma so'z) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |