Spetsifik fermentlar
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- - galaktozidaza
Induktsiya mexanizmi
Boshqaruvchi gen muhim oqsil-repessorning sintezini ta’minlaydi. Operatorlik qiluvchi gen operonning struktura genlarining ishini boshqaradi. Agar u gen erkin bo’lsa, struktur genlari ishlaydi yoki repressor bilan bog’langan bo’lsa struktur genlarning ishi to’xtaydi oqsil sintezini boshqarishda P-promotor geni rol o’ynaydi. Promotor gen murakkab tuzilgan, 2 qismdan iborat. Struktur va boshqaruv genlar DNK molekulasining turli qismida joylashganligiga qaramay ular oraliq modda – repressor yordamida bir-biri bilan bog’langan. Repressor boshqaruvchi genda mRNK matrisasida yadroda hosil bo’ladi. Repressor operatorga yaqin bo’lib, u bilan birikib, qaytalama kompleks hosil bo’ladi. Bunday kompleks mRNK sintezini buzadi, natijada oqsil sintezi ham buziladi. Repressorning ya’na bir xususiyati- induktor bilan birikkanda, boshqaruvchi gen bilan birikishi yo’qoladi, natijada boshqaruvchi gen nazoratidan chiqadi va mRNK sintezi boshlanadi. Induktor oqsil-repressor bilan birikish oqibatida repressor molekulasining 3-lamchi strukturasini o’zgartiradi va u boshqaruvchi gen bilan birikish xususiyatini yo’qotadi. laktoza operoni misolida transkriptsiya boshqarilishini ko’rib chiqamiz. laktozani parchalovchi 3 ta ferment - galaktozidaza, -galaktozidpermeaza (laktoza permiazasi), -galaktozidatsetilaza (tiogalaktozidtrasatsetilaza) qurilishi haqida axborot saqlaydi. Hujayraga tushgan laktoza – induktor hisoblanadi. U laktoza operonining repressori bilan birikib, operator bilan bog’lana olmaydigan – nofaol holatga o’tkazadi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling