Spetsifik fermentlar
) R-Regulyator gen; 2) O-Operator gen; 3) S-Struktur gen
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol repressor va nofaol repressor.
- 11.3. Repressiya mexanizmi – sintez to’xtashi
1) R-Regulyator gen; 2) O-Operator gen; 3) S-Struktur gen.
Repressiya va induktsiya mexanizimining umumiy ko’rinishi Struktur genlar hosil bo’ladigan oqsillarning birlamchi qurilishini belgilaydi. DNK molekulasiga komplementar ravishda hosil bo’lgan mRNK ribosomaga yetib oqsil sintezi uchun matrisa vazifasini bajaradi. Hamma repressorlar operonning operator qismi bilan bog’lanib, ma’lum mRNK ning transkriptsiyasini va oqsilni sintezini (blokada qiladi) tormozlaydi. Operator bilan bog’lanishi repressorning konformatsiyasiga bog’liq. Repressor bo’lishi mumkin: Faol repressor va nofaol repressor. Faqat faol holda repressor operator bilan kuchsiz bog’ hosil qilib, mRNK va oqsilning sintezini (tormozlab) blokirovka qiladi. Nofaol holda esa operator bilan bog’lana olmaydi. Repressorni faolligini inaktivlovchi moddalar – induktor deyiladi. Nofaol holatdan faol holatga keltiruvchi moddalar – korepressorlar deyiladi. Korepressor va induktorlarga oziqa moddalar va modda almashinuvining oxirgi mahsulotlari kiradi. Bunda repressor orqali hujayralarda oqsil sintezini tezlashtirish yoki sekinlashtirish kerakligi haqida signal keladi. 11.3. Repressiya mexanizmi – sintez to’xtashi Laktozaning fermentlar ta’sirida parchalanishi repressiyaning konsentrat-siyasini ya’ni miqdorini kamaytirib, glyukoza hosil bo’lishiga olib keladi. Glyukozaning parchalanishidan qandaydir metabolit hosil bo’lib, ATF dan sAMF ning hosil bo’lishini kamaytiradi. sAMF (defesitligi)ning muhitda yetishmasligi (BAKg ya’ni KgFO) KgFO – katabolik genni faollovchi oqsil bilan bog’lanishini kamaytiradi, bu esa RNK-polimerazaning promotor bilan bog’lanishini qiyinlashtiradi. Butunlay laktozaning muhitdan o’chirilishi, uning repressorga bo’lgan ta’sirini kamaytiradi. Natijada repressor faol bo’lib qoladi. Repressor korepressor bilan birikib [ RK ] kompleksini hosil qilib operonning operator qismi bilan bog’lanib, transkriptsiyani (tormozlaydi) blokada qiladi. Natijada oqsil sintezlanmaydi sintez to’xtaydi. B
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling