Spetsifik fermentlar
II- etap - Oqsil sintezi. Translyatsiya mexanizmi
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Translyatsiya – mRNK dan axborotni oqsil qurilishiga o’tkazish.
9.3. II- etap - Oqsil sintezi. Translyatsiya mexanizmi
Oqsil sintez bo’lishi ya’ni translyatsiyaning amalga oshirilishi uchun quyidagilar zarur: mRNK – genetik matritsa sifatida. Aminoatsil tRNK – mRNK matnini o’qish va oqsil yig’ilishida aminokis-lotalar manbai sifatida. Ribosomalar – aminokislotalarni polipeptid zanjirida ketma-ket bog’lanishi uchun. GTF – Energiya manbai sifatida ribosomalarda oqsil sintezi uchun. F1, F2, F3 Oqsilli faktorlar – ribosomalarni m RNK ga birikishini yengillashtirish va ribosomalarda oqsil yig’ilishining turli bosqichlarida yordam berish sifatida. M g²+, K+ ionlari – Kofaktor sifatida kerak bo’ladi. Tirik organizmlar hujayra-larni qurilishiga qarab 2 guruhga – prokariotlarga, eukariotlarga bo’linadilar. Umuman olganda prokariotlar va eukariotlarning ribosomalari bir xil tuzilgan. Ular faqat molekulyar massalari bilan farq qiladi. Eukariotlarda ribosomalar – 80 S subbirlik, prokariotlarda – 70 S subbirlik. Ribosomalar katta va kichik 2 ta subbirliklardan tashkil topib, ularning har birini “skeleti” ni oqsil bilan qoplangan rRNK tashkil qiladi. Katta ribosoma A va P qismlardan iborat. Oqsil sintezida ishtirok etmaydigan ribosomalar bir zumda parchalanib ketadi. Hujayra shirasida ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to’rning membranasi bilan bog’langan bo’ladi.
Bu mexanizm transkriptsiyaga o’xshash uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Bosqich. Initsiatsiya – boshlanish; 2. Bosqich. Elongatsiya – polipeptid zanjirining uzayishi; 3. Bosqich. Terminatsiya – tugashi;
Translyatsiyani boshlovchi - mRNK ning 51 oxiridagi birinchi kodoni AUG yoki GUG hisoblanadi. Bu kodonlar initsirlovchi – kodon hisoblanib, aynan shulardan ribosomalarda translyatsiya boshlanadi. Ushbu boshlovchi kodonlar metionin aminokislotasi bilan bog’langan tRNK ning antikodoni bilan bog’lanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. Yadrodan sitoplazmaga o’tgandan so’ng mRNK ribosomaning kichik subbirligi va katta subbirlikka birikadigan yuzasi bilan bog’lanadi. Subbirlikka birikuvchi nuqta RNK ning 5¹-uchi bilan yonma-yon joylashgan. Doimo RNK dasturini “o’qish” 5¹→3¹ yo’nalishida amalga oshiriladi. Subbirliklar yuzasida mRNK ning faqatgina ikkita kodoni joylashishi mumkin. AUG yoki GUG initsirlovchi kodonlarga metionin-tRNK ning antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikkita metionin-tRNK ning turi mavjud. Doimo ulardan bittasi har doim initsiatsiyada, ikkinchisi elongatsiya jarayonida qatnashadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi formilmetionil-tRNK dan boshlanadi. Bu biosintezda NH2 – guruh formil guruh bilan tormozlangan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling