Spetsifik fermentlar


Oqsil sinteziga ta’sir qiluvchi preparatlar


Download 0.61 Mb.
bet6/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1608239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
10.1. Oqsil sinteziga ta’sir qiluvchi preparatlar.

Oqsil sinteziga ta’sir qiluvchi preparatlar amaliyotda keng qo’llanilib kelinmoqda. Oqsil sinteziga ikki xil yo’l bilan ta’sir qilish mumkin.



Oqsil sintezini oshiruvchilar – induktorlar deyiladi.

Oqsil sintezini susaytiruvchilar – ingibitorlar deyiladi.

Oqsil sintezini oshiruvchilar – induktorlarga anabolik steroidlar kiradi. Anabolik steroidlar 2 xil bo’ladi:

1. Gormonal

2. Nogormonal

1. Gormonal – Metandrostenolon, fenobolin, eng faoli retabolil erkaklar jinsiy gormoni androgenlarning hosilalaridir. Organizmda faqat oqsil sintezini stimulash maqsadida ishlatiladi – transkriptsiyani oshiradi.

Insulin – Translyatsiya jarayonini oshiradi. Insulin sezilarli anabolik faollikka ega bo’lgan oqsil tabiatli gormon.

2. Nogormonal - kaliy orotat (orotat kislota pirimidinli nukleotidlar biosintezida asosiy kalit birikmasi hisoblanadi) pirimidin sintezini oshiradi. Inozin yoki gipoksantinribozid –anabolik ta’sirining mexanizmi nuklein kislotalar sintezi uchun qurilish materiali sifatida emas, oqsil sintezi induktorlari bo’lganligi bilan bog’liq. Nukleotidlar va nuklein kislotalar almashinuvining boshqa oraliq mahsulotlari ham shunday ta’sir etadilar. Shundan kelib chiqqan holda inozin nuklein kislota sintezida ishtirok etadi.

Oqsil sintezining ingibitorlari – oqsil sintezining har xil etaplarida ta’sir etisi mumkin. Ular biokimyoviy tekshiruvlarda va tibbiyot amaliyotida qo’llaniladigan keng preparatlar guruhidir. Barcha oqsil biosintezining ingibitorlari quyidagilarga bo’linadi:

a) transkriptsiya - ingibitorlari;

b) protsessing va RNKning transportini - ingibitorlari;

v) translyatsiya-ingibitorlari.

Ba’zi preparatlar genetik axborot ko’chirilishini barcha bosqichlarida ishtirok etadi.



a) Transkriptsiya ingibitorlari


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling