Spetsifik fermentlar
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsilning translyatsiyadan keyingi o’zgarishlari.
Terminatsiya bosqichi.
Oqsil sintezi polinukleotid zanjirida maxsus to’xtovchi kodonlar – terminirlovchi kodonlar UAA, UAG, UGA ta’siri ostida bo’ladi. Ular terminatsiya kodonlari deyiladi. Bu 3 ta tripletlar ma’nosiz tripletlar deyilib, birorta ham aminokislotani kodlamaydilar. Terminatsiyaga uchragan kodonlar bilan birorta ham tRNK bog’lana olmaydilar. Hujayrada oqsil sintezlanishi uchun mRNK da ribosoma bir emas, bir nechta (4-20 tagacha) ribosomalar mavjud. Bu ribosomalar – poliribosomalar deyiladi. Poliribosomalar borligi hisobiga boshqa mRNK nusxa (kopiya) si kerak bo’lmaydi. Terminatsiyalovchi kodonlar ta’siri ostida stop signal kelib, oqsil sintez bo’lishi to’htaydi. Ribosomalar bir qadam oldinga siljiydi va mRNK ga boshqa yangi kichik so’ng katta ribosomalar birikib, yuqoridagi jarayon kabi oqsil sinezi amalga osha boshlaydi. Elongatsiyada 1 soniyada polipeptid zanjirlar 1ta aminokislotalarga ko’payaveradi (tez ko’payadi). Agarda oqsil sintezi rilizing omillari hamda ribonukleaza fermenti ta’siriga uchrasa gidroliz amalga oshadi. Parchalangandan so’ng yana biosintez amalga oshishi uchun, qaytatdan mRNK hosil bo’lishi, katta – kichik ribosoma subbirliklari kerak. Lekin qaysi oqsil mitoxondriyada qaysinisi sitoplazmada sintezlanishi aniq emas. Oqsilning translyatsiyadan keyingi o’zgarishlari. Ba’zi polipeptid zanjirlarning translyatsiyadan keyingi o’zgarishi qator aminokislota qoldiqlarining fosforlanishi va atsetillanishidan iborat. Oqsilning translyatsiyadan keyingi o’zgarishi turli xil translyatsiya mahsulotlarining parchalanishidan iborat. Bu barcha oqsillarga xos. Keng tarqalgan jarayondir. Masalan oshqozon-ichakda fermentlarning faollanishi oqsilning parchalanish natijasidir. Translyatsiya borishi jarayonidayoq oqsillar uchlamchi qurilishga ega bo’la boshlaydilar va sintezlangan oqsil ribosomadan ajralib chiqqandan so’ng shakllanish oxirigacha yetadi. Bir qism oqsillar o’tmishdoshlari shaklida sintezlanadi. Ular hujayra sitoplazmasida proteazalar ta’siri ostida proteolizga uchraydilar. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling