Spirtli ichimliklаr istе’mоl qilishgа mоyil o’smirlаr bilаn оilb bоrilаdigаn ijtimоiy-pedagogik fаоliyat. Reja


Download 33.15 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi33.15 Kb.
#246178
  1   2
Bog'liq
Spirtli ichimliklаr istе’mоl qilishgа mоyil o’smirlаr bilаn оilb bоrilаdigаn ijtimоiy-pedagogik fаоliyat.


SPIRTLI ICHIMLIKLАR ISTЕ’MОL QILISHGА MОYIL O’SMIRLАR BILАN ОILB BОRILАDIGАN IJTIMОIY-PEDAGOGIK FАОLIYAT.


REJA:



  1. Spirtli ichimliklаr istе’mоl qilish muаmmоsi.

  2. Bоlаlаrning spirtli ichimliklаr ichishining sаbаb vа оqibаtlаri.

  3. Bоlаlаrdаgi spirtli ichimlikkа munоsаbаt dаrаjаsi vа har bir dаrаjаdа ijtimоiy pеdаgоgning yordаm bеrish shаkllаri.

Bolalar ichkilikbozligi va ayniqsa uning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki o’rinda aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol qilishga yengib bo’lmas ehtiyoj tug’ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir. ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimlikka deviant patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shaxslaridan biridir.

Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog’liq. CHunki, birinchidan, u aniq ijtimoiypsixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi g’ayri ijtimoiy hislatlarning kelib chiqishiga olib keladi.

Ichkilikbozlik namoyon bo’lishining ijtimoiypsixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratsak bo’ladi. SHaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va xaraktereologik xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko’rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi.

Ijtimoiypsixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko’rsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda o’rganilishi lozim.

YUqorida alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta iste’mol qilish) ega o’smirlar guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.

Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:


  1. spirtli ichimliklarga tez ko’nikish

  2. ichkilikbozlikning tez rivojlanishi

  3. davolashning samaradorligi

  4. organizmning tez buzilishi jarayoni

Bolalarning spirtli ichimliklarga ko’nikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o’smirlik davrida jadal kechadi.

Birinchi davr-bolalikning ilk davri bo’lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga ko’ra ro’y beradi-homiladorlik va emizish davria spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo’lish. Ichki organ va a’zolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qo’llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar.

Homila alkogol oldida himoyasiz bo’lgani sababli u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida istisqo, aqli norasolikni kuzatsak bo’ladi. Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli noraso bo’lib o’tadilar.

Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo’lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir.

Biologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o’tmaydi, faqatgina unga mayl o’tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, uning maktab hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik normalarga amal qilishdir.

Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola to’liqsizlik xissini boshdan og’ir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, so’ngra bolada ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u o’zini namoyon qilishning boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola ko’cha guruhlariga qo’shilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan tanish bo’lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bo’lgan bo’lsa, bu o’rganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o’ziga o’xshagan bolalarning ko’cha guruhini afzal ko’ra boshlaydi.

Uchinchi bosqich-o’spirinlik va o’smirlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablarga oiladagi nomaqbul holat, o’zini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari haqidagi bilimlarning yo’qligi kiradi.



Download 33.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling