Спорт фаолияти психологияси


Download 0.67 Mb.
bet19/33
Sana13.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1769883
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
2 5220031512719658840

AMALIY MASHG’ULOT
MATERIALLARI


AMALIY MASHG’ULOT MAVZUSI.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda autogen mashqlar, NLD ni roli va samaradorligi.
SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASHDA PSIXOTRENING, AUTOGEN MASHQLARNING O’RNI VA SAMARADORLIGI.
Reja:
5.1Sportchining o’quv-trenerovka va musobaqa oldi holati va ularni psixo korrekciyasi

    1. Sportda psixotrening mashg’ulotlar va autogen mashqlarning o’rni va samaradorligi.

    2. Psixotrening haqida umumiy tushunsha va uni tashkil etish bosqishlari.



5.1Sportchining o’quv-trenerovka va musobaqa oldi holati.
Sportchilarda psixik holatlar va ularning tashki ifodasi, his- tuyg’ularning xissiyot (emotsiya)lar, kayfiyatlar, kuchli xayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog’ida ma’lum darajada seziladigan tashki belgilarga xam ega bo’ladi. Yuzlarning ifodali harakatlari (mimika), kul va gavdvning ma’noli harakatlari, turki- tarovat, ohang, ko’z qorachig’larining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar bir holatda o’ziga o’zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir bo’ladi.
Kishining his- tuyg’ulari ro’y berishiga ko’ra murakkab shartsiz reflekslarga bog’lik bo’lgani holda ijtimoiy xususiyatga egadir. Odamning his- tuyg’ulari bilan xayvonlar his-tuyg’ularining tubdan farqi, birinchidan, gap xatto aynan bir xil his- tuyg’ular haqida ketgan xollarda ham odamlarning his- tuyg’ulari xayvonlarnikiga qaraganda benihoya murakkab ekanligida ko’rinadi; bu odamlarda ham, xayvonlarda ham, g’azablanishni, qurquvni, qiziquvchanlikni, shodlanish va ruhan tushkunlik holatini ularning kelib chiqishi sabablari jihatidan ham, shuningdek ularning namoyon bo’lishi xususiyatlari jihatidan ham taqqoslanganda aniq- ravshan bo’ladi. Ikkinchidan, odamlar xayvonlarda mavjud bo’lmagan juda ko’plab his- tuyg’ularga egadir.
Odamlar orasida mehnat jarayonida, siyosiy, madaniy, oilaviy xayotda ro’y beradigan o’zaro munosabatlarning boyligi ko’plab sof insoniy his- tuyg’ularning paydo bo’lishiga olib keladi. Jumladan, jirkanish, faxrlanish, xasad qilish, shodu hurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish va xokazolar paydo bo’ldi. Bu his- tuyg’ularning har biri o’ziga xos yo’llar bilan (nutq ohangida, imo- ishorada, turqi tarovatida, kulgida, ko’z yoshi va shu kabilarda) ifodalandi. Uchinchidan, kishi uz his-tuyg’ularini noo’rin ifoda etilishidan saqlagan holda ularni «jilovlab» boradi.
Odamlar kuchli va aniq ravshan seziladigan his- tuyg’ularni boshidan kechirayotib, tashqi ko’rinishda ko’pincha osoishtalikni saqlab qoladilar, ba’zida esa his- tuyg’ularini sezdirmaslik uchun o’zini beparvo qilib ko’rsatish kerak, deb hisoblaydilar.
Kishi ba’zan xaqiqiy his- tuyg’ularini «jilovlash» yoki yashirish maqsadida uzini xatto boshqacha, qarama- qarshi his- tuyg’ularni boshdan kechirayotgandek qilib ko’rsatadi: ranjigan yoki kattik og’riq azob berayotgan mahalda kuladi, kulgusi qistab turganda o’zini jiddiy tutadi.
Sportchilarda psixik holatlarda hissiyotning buzilishini qo’yidagicha ob’ektiv va sub’ektiv baholash mumkin:
1.Eyforiya – kayfiyatning ko’tarilishi o’z-o’zini nazorat qila olmaslik, fikrlash jarayonining sekinlashishi bilan kechadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling