Sport ishlari vazirligi


“D o‘ppi yashirar” o‘yini


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

6.42. “D o‘ppi yashirar” o‘yini
0 ‘ynchilar 2 guruhga bo'linib, har bir guruhda 4-5 tadan o‘yin- 
chi qatnashadi. Guruhlar 1,5-2 metr masofada bir-birlariga qarama- 
qarshi o‘tirishadi. Ikkalasida ham bittadan do‘ppi bo'lib, awal, qaysi 
guruh o ‘yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanali. 0 ‘yinchilardan biri 
2-guruhga ko'rsatmay do‘ppini yashiradi. Bo‘ladi, deyilgandan so‘ng 
hamma qo‘lini qo'vishtirib o‘tiradi. 2-guruh o‘yinchilaridan birortasi 
do'ppini kim yashirganligini ko‘rsatadi. Agar to ‘g‘ri topsa, guruhga 1 
ochko beriladi. Тора olmasa, o‘sha guruh yutqazgan hisoblanadi. 
Bu о ‘yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutuqlar 
jamlanib, g‘olib guruh aniqlanadi.
214


6.43. “Buta soldi” o‘yini
Bu o‘yin qizlar o'rtasida o ‘ynaladi. Qizlar aylana bo‘lib 
o‘tirishadi. Ulardan biri qo'liga ro'mol olib, aylana orqasidan 
aylanib o ‘tadi. Aylana turib, bittasining orqasiga sezdirmay taslilab 
o‘tib ketadi. Agar yarn qaytib kelguncha sezmasa, uni ro‘moli bilan 
uradi. Agarda sezib qolsa, ro‘molni olib (qizlarni) aylantirib uning 
o‘zini quvadi. Yetib olsa uradi. Yeta olmasa uning o‘miga kelib 
o‘tiradi. Ro'molni olgan o'yinchi o‘yinni davom ettiradi.
6.44. “Besh tosh” o‘yini (qizlar uchun)
Besh tosh oq 4 toshdan yasalgan bo‘lib, yumaloq shaklda 
bo‘ladi. 0 ‘yin quyidagicha bo‘ladi.
1. Beshta toshni yerga tashlaymiz va bittadan toshni qo‘limizga 
olib, qolgan toshlarni yerdan ilib olamiz.
2. Yana toshlarni yerga tashlaymiz, bu gal yerdan 1 ta olib, 
qolganlami ikkitalab yerdan ilib olamiz.
3. Yana toshlarni yerga tashlab, ulardan birini olamiz va 
qolganlarini uchtalab ilib olamiz.
4. Bitta toshni tepaga otib, tepadagi toshni ilib olib, bu tosh 
bilan yerdagilami qo‘shib birga ilib olamiz.
5. Toshlarni yerga tashlaymiz, 1 ta toshni qo'lga olib, yerdagi 
yana 1 ta toshni ilib olamiz, uchinchi toshni ilib olayotganimizda 1 
ta toshni narigi qo‘limizga o'tkazamiz, yerda qolgan yana 2 toshni 
ham shu tahlitda ilib olib, toshlarni hammasini chap qo‘limizga 
olamiz.
6. Toshlarni yerga tashlaymyz. 1 ta toshni qo'limizga olib, yana 
bitta toshni oldingi olgan toshimizni osmonga otib ilib olamiz, 3 
tasini ilib olayotganda qo‘limizdagi 1 ta toshni tushirib yuboramiz.
7. 4-o‘yinni yana qaytaramiz.
8. Toshlarni yerga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qo‘lda) 
dumaloq shaklida qilamizda, bitta toshni ilib, qolgan to'rtta 
dumaloqqa kiritamiz hammasini kiritib bo‘lgach, dumaloqqa kirgan 
toshlarni ilib olamiz.
Beshta toshni o‘ng kaftimizga qo‘yib, toshlarni yuqoriga otamiz 
va o ‘ng qo‘limizni ustiga toshlarni tushiramiz. Nechta tosh tushsa, 
shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.
215



Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling