Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Xalqaro pedagogika fanlari Akademiyasining akademigi, 
pedagogika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi 
Oliy ta ’lim va xalq ta ’limi a ’lochisi В. O. Qodirov
5


KIRISH
Mamlakatimiz o'z erkiga ega bo'lgandan so'ng, ijtimoiy hayoti- 
mizning turli jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o'zga- 
rishlar sodir bo'la boshladi. Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini 
rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta.
Sport — sog'lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomon- 
lama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga 
ega. Sababi, biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali 
yo'limizda yechilishi kerak bo'lgan ta’limiy muammolar talaygina. 
Masalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslublari o'rtasida 
qandaydir zaiflik, bo'shliq mavjud. Binobarin, mana shu bo'shliqni 
to'ldirish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyat- 
laridan hisoblanmish xalq harakatli o'yinlari, jismoniy tarbiya 
mashg'ulotlari muhim o'rin tutadi.
Xo'sh, xalq harakatli o'yinlarining maqsadi nima? Albatta, bu 
o'yinlar ermak uchun o'ynalmaydi. Chunki, bu zukko xalqimizning 
asrlar mobaynida jamlagan ma’naviy javohirlar majmuasidir. O'zbek 
elining donishmandligini qarangki, har bir o'yin, awalo, sodda, 
qiziqarli tuzilgan bo'lib, uning mag'ziga xalqona ohang, milliylik, 
mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanpavarlik, fidoiylik, insoniylik 
kabi tuyg'ular singdirilgandir. Ta’lim va tarbiyaning bunday 
uyg'unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturulamal vazifasini 
o'taydi.
Tarixga murojaat qiladigan bo'lsak, ibtidoiy jamoa davridayoq 
xalq harakatli o'yinlarining dastlabki namunalari paydo bo'la 
boshlagan. Bu haqda keyinroq alohida to'xtalamiz.
Fidoiy xalqimiz necha yuz yillar davomida har bir o'yinni qalb 
qo'ri bilan yaratdi, sayqalladi va mukammallashtirdi. Saralangan 
o'yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko'z qorachig'iday asrab- 
avaylab keldi.
Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod 
vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo'llarini cho'zib, im- 
kon qadar, o'z to'plagan bilim va tajribalarini sevimli mashg'ulot- 
lariga bo'lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o'rgatib, 
tadrijiy bog'lanishni vujudga keltirdi.
Natijada, yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo'lgan intilish kuchayib, 
bu hoi odatiy bo'lib borgan. Agar xalq harakatli o'yinlarini sinchik-
6


lab o'rganadigan va ularning har birini ko‘rib tanishadigan boisak, 
nafaqat ko'zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga ma’naviy yetuklik, 
jismoniy barkamollik tuhfa etadi.
Demak, yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida xalq harakatli 
o ‘yinlaridan o'z o'mida ko'proq foydalanilsa, o'yinlarning ta ’sir- 
chanligi ham oshadi. Buning mamlakatimiz va millatimizning 
dunyo miqyosidagi nufuzi yuksalishi uchun ahamiyati katta. Shun- 
day qilib, xalq yaratgan harakatli o'yinlar mehnat, turmush tarzi, 
atrof-muhit tabiati, xalqning madaniy merosi, an’analari, urf- 
odatlari, umuminsoniy qadriyatlari bilan birikib, ajoyib mutano- 
siblikni hosil qiladi. 
j
Yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ayrim majburiy 
mashqlar o'miga milliy xalq o'yinlari, raqslari, jismoniy mashqlari 
va milliy sport turlarini saralab olish, ularning hajmi, yo'nalishi va 
ta ’sirchanligini belgilashda Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, 
“Farhod va Shirin” , Umar Hayyomning “Navro'znoma”, Ibn 
Sinoning “Al-Qonun”, Kaykovusning “Qobusnoma” , Mahmud 
Koshg'ariyning “Devonul lug'atit turk” asarlari ajoyib manba bo'lib 
xizmat qiladi.
O'zbek xalq o'yinlarini o'rganish, tadqiq qilish va uni yoshlarni 
tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish, o'z qadriyatlarimiz, madani- 
yatimiz va ma’naviy boyliMarimizning yuksaklikka ko'tarilishida 
asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xalq yaratgan buyuk xazinani 
ehtiyot qilib saqlashimiz, milliylik bo'yog'ini asrashimiz hamda uni 
kelajak avlod uchun bekamu-ko'st yetkazishimiz zimmamizdagi 
asosiy vazifadir.
Nima uchun uzoq o'tmishdan beri xalq harakatli o'yinlariga 
bunday beqiyos ahamiyat berib kelingan? Ulami ichki va tashqi 
mohiyati nimadan iborat? Nima uchun bugungi kunda ham ta’lim- 
tarbiya muassasalarida, sport maktablarida va sog'lomlashtirish 
maskanlarida xalq harakatli o'yinlari fan sifatida o'quv-mashg'ulot 
reja-dasturlaridan joy olgan? degan o'rinli savollar tug'iladi. Gap 
shundaki, 1891-yilda ilk bor basketbolni ixtiro qilgan kollej 
o'qituvchisi amerikalik Djeyms Neysmit, 1895-yilda birinchi bo'lib 
voleybolni yaratgan va kollej talabalari o'quv faoliyatiga joriy etgan 
Uilyam Morgan (AQSh)lar hamda mazkur yo'nalishda ilmiy 
izlanishlami olib borayotgan ko'plab mutaxassis-olimlar tadqiqotlariga 
qaraganda jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida doimo gimnastika, 
yugurish kabi standart mashqlar bilan shug'ullanish asab-nerv 
organlariga salbiy ta’sir ko'rsatar ekan, bir xillik xususiyatiga ega
7


bunday standart (stereotip) mashqlar mushak to ‘qima va tolalarida 
tezroq toliqish alomatlarini yuzaga keltirar ekan.
Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy tarbiya 
darslarida yoki bo'sh vaqtlarda harakatli o‘yinlardan foydalanish inson 
organizmining funksional organlar faoliyatini boshqaruvchi markaziy 
nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan. Harakatli o'yinlar 
davomida bolalarni muayyan rollaiga, obrazlarga (ovchi, mergan, 
topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqlidlar) kirib ketishi ularda 
izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga 
erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu 
taqlid, balki harakatga bo'lgan extiyojni qondirish yo'llarini topishga 
chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatli o'yinlarning turlari va 
mazmuniy shakllari xilma-xil bo'lib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, 
tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talaffuz, nutq, intonatsiya kabi hislar, 
hamjihatlik, haqgo'ylik, vatanparvarlik, o'zaro yordam berish, odob- 
axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlami shakllantiradi, 
tarbiyalaydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milliy xalq 
harakatli o'yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni 
jismonan va ma’nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor 
vosita ekanligi isbot talab qilmaydi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari, sport maktablari va murabbiylari va 
sog'lomlashtirish maskanlari, o'quvchi-yoshlari, o'qituvchilari, murab­
biylari, tashkilotchilari va mutasaddi rahbarlar ixtiyoriga taqdim 
etilayotgan mazkur darslik shu soha mutaxassislari pedagogika fanlari 
doktori, professor, I darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi 
T.S. Usmanxodjaev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.X. 
Isroilov, dotsent A.A. Pulatov va pedagbgkka fanlari nomzodi Sh.A. 
Pulatovlar tomonidan tayyorlangan. DarsliKni ishlab clliqishda mual- 
liflar o'z kuzatuvlari natijalari, aw&ldan chop etilib kelingan “Ha­
rakatli o'yinlar” (1963); Harakatli f'yinlar (1968); 1-4 sinflar uchun 
harakatli o'yinlar (1973), “Harakati o'yinlar” (1983), “ 1001 o'yin” 
(1990); “500 harakatli o'yinlar” (2002, 2014) va boshqa manbalar, 
xorijiy mutaxassislar tajribalari va yurtimizda mustaqillik davridan 
boshlab (1991-2005) xalq harakatli o'yinlari, sport turlari bo'yicha o't- 
kazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar, shu tarzda “Alpomish” 
va “To'maris” o'yinlari festivaliga doir materiallardan foydala-nishga.
Albatta, hech qanday darslik bekami-ko'st bo'lmaydi, binobarin 
o'qish va foydalanish jarayonida uchragan kamchiliklarni bildirgan 
o'quvchilar mualliflar tashakkuriga loyiqdir. Mavjud kamchiliklarni 
qabul qilish va ularni e’tiborga olish mualliflarning sharafli burchi.
8



Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling