Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinga tayyorlanish.
O'quvchilar 4-5 ta jamoaga bo'linadi. Har 
bir jamoa aylana hosil qilib turadi, uning o'yinchilari tartib bilan 
sanaydilar.
Har bir jamoaning birinchi nomerli o'yinchilari voleybol to'pini 
olib, aylana o'rtasida turadilar. Har bir jamoaga bittadan hakam 
biriktirib qo'yiladi, ular ochkolarni hisoblaydilar.
Oyinning tavsifi.
O'qituvchiiing signalidan keyin har bir 
jamoaning o'yinchilari to'pni bir-birlariga yuqoridan xohlagan 
tomonlariga, ko'p marotaba uzatishga harakat qiladilar. Hakamlar esa
117
I


ovozini chiqarib hisoblaydilar. Agarda xatoga yo‘l qo'yilsa (bir 
o'yinchi to ‘pni ikki marta, bir qo‘l bilan yoki ikki qo'llab yerga ursa),] 
ikkinchi nomerli o'yinchi o‘rtaga chiqadi va o'yin boshidan 
boshlanadi, hisoblash oldingi hisobdan davom ettiriladi. Yana xatoga
yo‘l qo‘yilsa, o'rtaga uchinchi nomerli o ‘yinchi chiqadi va hokazo. 
!
Jamoalardagi hamma o'yinchilar o‘rtaga chiqib bo'lganlaridan 
keyin o ‘yin tamom bo'ladi. Kim to'pni ko'p oshirgan bo'lsa, o'sha 
jamoa g'olib hisoblanadi.
O'yining qoidalari.
1. To'pni yerga tushirish mumkin emas. 2, 
To'pni ikki marta bir qo'llab, ikki qo'llab pastdan urish man etiladi.
5.2.13. Voleybolchilarning to ‘p uzatishi
O'yinga tayyorlanish.
Maydonchaning o'rtasidan oralig'i 2-5 
metrli ikkita parallel chiziq o'tkaziladi. O'quvchilar teng uch-to'rt 
jamoaga bo'linadilar. Har bir jamoa, o'z navbatida, yana ikkiga
bo'linadi va chiziqlaming orqasida bir qator bo'lib, maydonchaning, 
o'rtasiga qarab turadilar. Har bir jamoaga bittadan voleybol to'pi 
beriladi. 
j
O'yinning tavsifi.
O'qituvchining signalidan keyin qo'lida to'p 
ushlagan birinchi nomerli o'yinchilar uni qarama-qarshi tomonda 
turgan birinchi o'yinchilarga uzatadilar, o'zlari esa o'ng tomondan 
o'z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Ikkinchi tomondagi birinchi 
o'yinchilar to'pni orqaga qaytarib o'z qatorining oxiriga borib 
turadi. Xuddi shuning o'zini keyingi hamma o'yinchilar ham 
bajaradilar.
118


Qaysi jamoa ko'rsatilgan tartibda to‘pni havoda ko'proq ushlab 
tursa, o'sha jamoa yutgan hisoblanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling