Sport ishlari vazirligi


-variant. O'yinni o'tkazish tartibi va o'ynovchilaming soni  birinchi variantdagidek bo'ladi. Oyinning tavsifi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

2-variant.
O'yinni o'tkazish tartibi va o'ynovchilaming soni 
birinchi variantdagidek bo'ladi.
Oyinning tavsifi.
O'ynovchi devordan 1-1,5 metr oraliqda turib 
to'pni devorga uradi. Devorga tekkan to'p sapchib qaytgunicha 
qarsak urishi va to'pni ilib olishi kerak. Bunda harakatning bir 
necha elementlarini: bir aylanib olish, cho'qqayib o'tirish va
114


hokazolami qo'llash mumkin. Bu o'yin ham kichik va o‘rta maktab 
yoshidagi o‘quvchilar uchun tavsiya qilinadi.
3-variant.
0 ‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linib, 5-6 qadam 
oraliqda bir-birlariga yuzma-yuz bo lib qator turadilar. O'yinda 
to'pning to'g'ri uzatilishi va ilib olinishi e’tiborga olinadi. Agar 
o'yinchi to'pni noto'g'ri uzatsa yoki noto'g'ri ilib olsa, unga jarima 
ochkosi beriladi, jarima ochkolarini kam olgan komanda yutgan 
hisoblanadi
Bu o'yin o'rta va katta maktab yoshidagi o'quvchilar uchun tav­
siya qilinadi.
5.2.10. Qarmoqcha
О ‘yinga tayyorlanish.
O'yin uchun uzun arqon kerak. Arqonning 
bir uchiga yarmigacha qum solingan xaltacha bog'lab qo'yiladi. 
Hamma o'ynovchilar aylana hosil qilib turadilar (1-rasm).
Oyinning tavsifi.
Onaboshi davra o'rtasida turib, uchiga xal­
tacha bog'langan arqonchani aylantiradi. O'ynovchilar hushyor bo‘- 
lishlari va arqoncha uchiga bog'langan xaltacha oyoqlariga tegmas- 
ligi uchun arqoncha aylantirilayotgan paytda sakrab-sakrab turishlari 
kerak. Oyog'iga xaltacha tekkan (qarmoqqa ilingan) o'yinchi davra 
o'rtasiga chiqadi va onaboshi bo'ladi, ya’ni arqonchani aylantiradi.
115


Metodik к о ‘rsatmalar.
0 ‘yinni boshlashdan oldin kimki arqon- 
chaga uch marta qoqilsa, doira o'rtasiga chiqadi, deb tushuntirish 
kerak. O'ynovchilarni ikki jamoaga bo'lish mumkin. Bunda ikkala 
jamoaning o'yinchilari arqonchaga necha martadan qoqilganini 
hisoblab borib, o'yin oxirida qaysi jamoa g'olib chiqqanini aniqlash 
lozim. Bu o'yinni 3-5 daqiqa davom ettirish mumkin.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling