Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. To'pni ikki qo‘l bilan yuqoridan uzatish 
shart. 2. Pastdan uzatish man qilinadi. 3. To‘pni tushirib yuborgan 
joydan o ‘sha o‘yinchining o'zi uzatishi kerak.
O'yinning variantlari.
1. To'p uzatgan o'yinchi, o'ng tomondan 
yugurib borib qarama-qarshi qatoming oxiriga borib turadi. 2. 
O'yinda har bir ishtirokchi ikki martadan yugurib o'tadi va o'yin 
hamma o'yinchilar oldingi joylariga qaytib kelgunlaricha davom 
etadi.
5.2.14. To'rtburchakdan to'p otish
О ‘yinga tayyorlanish.
Maydonchada o'lchamlari 8x4 metrdan 
20x10 metrgacha to'g'ri to'rtburchak chiziladi. Tomonlarining 
nisbati 2:1 teng bo'lishi shart. Maydonchaning o'rtasidan bo'linib, 
ikkita kvadrat hosil qilinadi. O'yin voleybol maydonchasida o'tka- 
zilsa, yana ham yaxshi. O'ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linadilar. 
Har bir jamoa o'z onaboshisini saylaydi, so'ng chek tashlab kim 
birinchi bo'lib o'yinni boshlashi aniqlanadi.
Jamoalarning o'yinchilari o'zlarining kvadratlarida erkin joyla- 
shadilar, onaboshilar esa kvadrat tashqarisida turadilar. O'yinni 
boshlaydigan onaboshiga to'p beriladi.
O'yinning tavsifi.
O'qituvchining signalidan keyin onaboshi o'z 
jamoasidagi o'yinchilarga to'pni otadi, ular to'pni ilib olib, raqib 
tomondagi o'yinchilardan birortasiga tegizishga harakat qiladilar. 
Buning uchun to'pni ilib olgach, bir necha marta bir-birlariga yoki 
onaboshiga uzatib, to'satdan, raqib o'yinchilarga qarab otadilar.
Ikkinchi jamoaning o'yinchilari esa to'pga chap berib, uni yerga 
tushmasidan ilib, to'pni bir-birlariga yoki onaboshiga oshirib, raqib 
jamoasining o'yinchilariga otishga intiladilar.
To'p tekkan o'yinchi o'z kvadratidan chiqib, raqiblar tomondagi 
kvadratning bir chetida turadi. Agar bir tomondagi kvadratda birorta 
ham o'yinchi qolmasa, kvadrat ichiga onaboshining o'zi tushishi 
shart. U ham to'p bilan urilsa, o'yinning birinchi qismi tamom 
bo'ladi. Jamoalar o'rin almashib, o'yinni davom ettiradilar. O'yin 
voleybol singari 2-3 yoki 3-5 partiyadan iborat bo'ladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling