Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi
Download 257.96 Kb.
|
2020-2021 ISHCHI BASKETBOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi (Basketbol) FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR
- Fan/modul kodi SpHOʻM10022 O‘quv yili 2020-2021 Semestr
- Ta’lim tili O‘zbek Haftadagi dars soatlari
- Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi (Basketbol) FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR (2020-2021 o‘quv yili 1 kurs)
Urganch - 2020 yil Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 14.08.2020-yil № 418-sonli buyrug’i bilan maqullangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Mazkur ishchi o‘quv dasturi UrDU Kengashi tomonidan 2020-yil “___” ____________dagi №____ bayonnomaga asosan tasdiqlangan. Mazkur ishchi o‘quv dasturi Jismoniy madaniyat fakultetining 2020-yil “___” ____________dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (___-sonli bayonnoma). Mazkur ishchi o‘quv dasturi “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasining 2020-yil “___” ____________dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (____ - sonli bayonnoma).
Jismoniy madaniyat fakultеti dekani: dots. S.U.Ko`palov «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» kafеdrasi mudiri: dots. O`.L.Matnazarov
Fanni oʼqitishdan maqsad – fan boʼyicha ota bobolarimiz oʼynab kelgan oʼyinlarni tiklash, taʼlim muassasalarida oʼtkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli oʼyinlarni tashkil qilish va oʼtkazishga oʼrgatish, uning estetik jihatlari, oʼyinlar orqali sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya darslarida sport oʼyinlarini tashkil qilish va oʼtkazishga oʼrgatish, sport oʼyinlari basketbol, voleybol, gandbol, futbol oʼyinlarida hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, oʼyinlarda qoʼllanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar oʼtkazish usullarini va nizomlarini tuzishga oʼrgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirishdir. Maʼruza va seminar mashgʼulotlarida oʼqitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashgʼulotlarda esa maʼruza va seminar mashgʼulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, koʼnikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning oldiga qoʼygan vazifalari – quyidagilardan iborat: - harakatli oʼyinlarni tashkil qilish, tahlil qilish; - harakatli oʼyinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlashni amaliy tanishtirish; - harakatli oʼyinlarda hakamlik qilish oʼyinning estetik xususiyatlari anglash, oʼyinlar orqali sogʼlom turmush tarzini targʼib toptirish malakalarini shakllantirish; - sport bayramlari va turli sanalarga bagʼishlangan musobaqalar oʼtkazish usullarini va stsenariylarini tuzishga oʼrgatish; - jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yoʼllarini oʼrgatish; Download 257.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling