Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari


-rasm Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari


Download 0.61 Mb.
bet18/22
Sana21.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1641855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA

4-rasm
Psixologik salomatlikni o‘rganish so‘rovnomalari
Yosh sportchilar uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni shakllantirish masalasi bosh islohotlar darajasiga ko‘tarilmoqda.(4-rasm) O‘smir sportchilarda psixologik salomatlik shakllanishining psixologik o‘ziga xosliklari, murakkab fenomenologik hodisa sanalib, unda irodaviy harakatlarni ta’minlovchi axloqiy, kasbiy, aqliy, funksional komponentlar mavjud. Ular ichida axloqiy komponent eng muhim sanalib, u berilgan vazifalarga bo‘lgan mas’uliyatlilik, topshiriqlarni his qila olish, qahramonlik, mardlik, o‘zini tuta bilish, tashabbuskorlik kabilar bilan tavsiflanadi. Axloqiy komponent - o‘quv mashg‘ulotlari, sohaga oid darsliklar, soha tarixiga oid ma’lumotlar orqali rivojlanadi. Shuning uchun, axloqiy jihatdan shakllangan sportchi o‘smir yoshlargina qahramonlik ko‘rsata olishadi. Umuman olganda, yosh sportchilarning psixologik salomatligi ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishish bilan hamohang kechib, u mustaqil bo‘lishga intilish, axloqiy jihatdan tajriba orttirish, shaxsiy tajribani egallash kabilar bilan xarakterlanadi.
Tadqiqoddan olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Farg‘ona viloyatidagi olimpiya zahiralari kolleji va BO‘SMda tahsil oluvchi sportchilar natijalari irodaviy matonat, vaziyatni engib o‘tish, oqilona harakat, jur’atsizlik, nazorat, kechinmalar namoyishi va madad istagi kabi shkalalar umumiy hisobda o‘rtacha natijani qayd etgan.
O‘smir sportchilarda psixologik salomatlikni shakllantirishning eng samarali usuli sifatida, maxsus jamoaviy sport o‘yinlari tan olinadi. Mazkur o‘yinlar orqali rodaviy sifatlarning tartibga solish funksiyasi rivojlantiriladi. Irodaviy tartibga solish funksiyasi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘siqlarni engishga hamda sport musoboqalarida yuqori natijalarga erishishga imkon beruvchi qism hisoblanadi. Irodaviy o‘z o‘zini tartiblash, atrof -muhitni to‘g‘ri idrok etish, kelajakka nisbatan faol intilsh kabilar ham psixologik salomatlikning asosiy shartlaridan biri sanaladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling