Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
KIRISHMa’lumki, hozirgi zamon sporti o‘ziga xos raqobat xususiyatiga ega bo‘lib, sportchilarning jismoniy qobiliyati bilan bir qatorda, psixologik qobiliyat va kompetyensiyalarini takomillashtirishni ham o‘ta zarur vazifa sifatida e’tiborga olmoqda. Hozirgi vaqtda sport sohasi mutaxassislari yuqoridagi qiyinchiliklarni har tomonlama hal etishni muhim deb hisoblab, inson ruhi, jismi va ongining o‘ta muhimligiga, ya’ni, sport psixikasi va sportchi shaxsining uyg'un ishlashini saqlash. Shu munosabat bilan, sportchi shaxsining jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunish muammosi katta ahamiyatga ega bo'lib, ruhiy va jismoniy stressning sportchi shaxsining psixologik salomatligiga ta'sirini har tomonlama o'rganish zarurligini tushunishga imkon beradi. , shu munosabat bilan bu bizning zamonamizning dolzarb muammosi. Qolversa, sport turlarida natijadorlikning o‘sishi, sportchilarning salomatligi va ularning professional tayyorgarligi shuningdek, jismoniy madaniyatining ijtimoiy-psixologik jihatlari bilan bir qatorda, ularning yuqori sport formasiga erishishda ahamiyatli bo‘lgan psixik tayyorgarlik darajasini doimiy va har tamonlama oshirish zaruratini isbotlamoqda. Bundan tashqari, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) va Xaqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ning 2020 yil, 16 may kuni Jeneva shahrida o‘tkazilgan ilmiy Sammitida bayon etilishicha, “sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning hayotida psixik, nevrologik va narkologik kasalliklarning ulushi 10% ni tashkil etishi hamda butun dunyoda 450 mln. kishi engil yoki og‘ir turdagi psixik kasalliklar bilan kasallanganligi aytilgan”1. Shu bois, sport sohasida yuqori muvaffaqiyatlarga erishish uchun sportchilarda, uchraydigan nevrotik buzilishlarni erta aniqlash, uni o‘z vaqtida bartaraf etish va yosh sportchilarning psixologik salomatligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etib, yuqori sport formasi va produktiv ongni ta’minlash kabilar dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Dunyo miqyosida, sportchilar orasida psixologik buzilishlarni ularni keltirib chiqargan omillarni e’tiborga olgan holda aniqlash, sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini yaxshilash, jismoniy kompetyensiyalarini oshirish orqali, sportchilarni yuqori yuklamali sharoitlarga moslashuvini tezlashtirish va sportdagi natijalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish kabilar yuzasidan ilmiy tadqiqodlar olib borilmoqda. Masalan, oxirgi yillarda stress bilan bog‘liq nevrotik, somatoform buzilishlarning sportchining kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga, musobaqa oldi va musobaqa bosqichlarida psixik chidamlilik va barqarorlikni ta’minlashga, jismoniy imkoniyatlarni to‘liq namoyon etish qobiliyatiga, mashg‘ulotlar jarayonini muqobillashtirish va yuqori jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshirishdagi imkoniyatlarni o‘rganishga qaratilgan Tadqiqodlarga, alohida e’tibor berilmoqda. Ta’kid joizki, muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” farmonida ko‘zda tutilishicha, “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.”2ishlari, sport sohalari rivojida keng ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, sport sohalarida shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, yoshlarni sportga jalb etish ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy va psixologik madaniyatini yaxshilash kabi ishlarning ilmiy-amaliy еchimlari, professional sportchilarni tayyorlashning asosiy sharti sanaladi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun sport sohalarida natijalarga erishishda O‘zbekistonni dunyo tanimoqda. Ayniqsa, bolalar sportini ilmiy asosda rivojlantirish, sportchilarni tayyorlovchi olimpida zahiralari kollejlari va maxsus sport maktablari faoliyatini qayta isloh etish, ularni zamon talablari darajasida jihozlash, zamonaviy kompetyensiyalarga ega murabbiylar jamoasi bilan ta’minlash, sportchilarning murakkab vaziyatlarga nisbatan chidamlilik sifatlarini oshirish, sport sohasiga sportchi psixologlar, sport tibbiyotchisi kabi mutaxassislarning faoliyatini keng joriy va ushbu vazifalarni amaliyotga olib chiqish kabi jihatlar, o‘ta muhim chora-tadbirlar turkumidan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda sport sohalarini jadal rivojlantirish, jismoniy tarbiya nazariyasi va sportchilarni kasbiy tayyorlash amaliyotiga fanlararo integrasiya tamoyilini qo‘llash, sportchi psixologlar salohiyatini sportchilarni tayyorlash ishlariga keng jalb etish, sportda innovasion texnologiyalar istiqbollarini jorish etish kabilar yuzasidan ko‘plab, davlat organlari qarorlari va prezident farmonlari qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-son Qonuni qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekistonda 2017-2021 yillar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmonlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarning mazmuni, ushbu monografiya ishining nazariy-metodologik asoslariga muayyan darajada keng xizmat qiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling