Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
Zamonaviy psixologik Tadqiqodlarda sportchi psixologik salomatligini ta’minlash masalasi
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
1.2. Zamonaviy psixologik Tadqiqodlarda sportchi psixologik salomatligini ta’minlash masalasiPsixologik salomatlikni individual rivojlanishning to‘liqligi, boyligi nuqtai -nazaridan ko‘rib chiqish g‘arb olimlaridan A. Maslou, Sh. Buller, F. Frankllarning asarlarida ko‘proq uchraydi, ya’ni psixologik salomatlik o‘z-o‘zini namoyon qilish, hayotning ma’nosini topish va shaxsning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bilan ta’riflanadi34. Misol uchun, A. Maslou “aqliy salomatlikka yo‘naltirilgan” sog‘lom odamlarni o‘rganish orqali shaxsning “o‘zini o‘zi anglash” nazariyasini ishlab chiqdi. Muallifning aytishicha, xulq-atvorni o‘rganishning hech bir yo‘nalishi psixologik sog‘lom odamning hayoti va maqsadlariga еtarlicha e’tibor bermagan35. Z. Freyd insonning ijobiy kuchlarini e’tiborsiz qoldirib, faqat inson tabiatining g‘ayritabiiy tomonlariga asoslangan psixologik kasalliklar, patologiyalar, yomon moslashish, psixoanalitik nazariyaning biryoqlamaligini e’tiborga olib, uni haddan ortiq tanqid qildi. Psixologik salomatlikni, psixologik kasallikni tushunmasdan, chetlanishni bilish mumkin emas. Bizningcha, umumjahon psixologiyasi fani psixologik sog‘lom, o‘zini-o‘zi anglaydigan insonlarni o‘rganishi lozim. Shu sababli, gumanistik psixologiyada “o‘z-o‘zini rivojlantirish inson hayotining asosidir, aqliy buzilishi bo‘lgan odamni o‘rganish va aniqlash mumkin emas” talqin taklif qilinadi. A. Maslou psixologik salomatlikning ikki komponenti ajaradi: – Birinchidan, odamlarning imkon qadar o‘zini namoyon qilish orqali o‘z salohiyatini rivojlantirishga intilishi; – Ikkinchi komponent - insonparvarlik qadriyatlariga intilish va hokazo. Psixologik salomatlik muammolari insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish nuqtai-nazaridan yoritilish kerak. Bu ehtiyojlarning barchasi qondirilsa, shunda O‘z-o‘zini namoyon qilish zarurati paydo bo‘ladi. Insonning o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirishi istye’dod va salohiyatning to‘liq ochilishi bilan bog‘liqdir. Ehtiyojlar iyerarxiyasining yuqori darajasida, psixologik sog‘lom odamlar, ayniqsa, bir-biridan aniq ajratib o‘tilgan. Dominant ehtiyojlar ijodiy, isteydodli odamlar bilan almashtirilishi mumkin. Psixik salomatlik muammosini shaxs rivojlanishi mazmunida hal qilishga o‘rinishlarni, gumanistik yo‘nalishda ko‘zga ko‘ringan olimlar V.Frankl, S.B.yuller va R.Meylarning asarlarida uchratish mumkin. Gumanistik psixologiyada inson motivlari ikki toifaga bo‘linadi: etishmovchilik motivlari va rivojlanish motivlari. Defyesit motivlar qo‘zg‘alishni kamaytirishga qaratilgan, ular passivdir; sog‘lom odamda ular umuman bo‘lmaydi. Rivojlanish motivlari yoki metamotivasiyalar, yangi effektlarni izlash orqali, hayajonni oshirishga qaratiladi. Ular instinktiv, biologik asosga ega, aniq motivlar kabi. Shu sababli, insonning psixologik salomatligini saqlab qolish uchun uning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun meta-ehtiyojlarni qondirish lozim bo‘ladi. Bir tomondanesa, etishmovchilik ehtiyojlarini qondirmasdan metamotivasiya qilish mumkin emas. Meta-ehtiyojlardan mahrum bo‘lish psixologik kasalliklarga olib keladi, bu metapatologiya, ya’ni apatiya, depressiya kabilar bilan uzviy bog‘liqdir. Aktualizasiya qilingan shaxs - bu normal psixologik sog‘likga ega bo‘lgan shaxsdir. A. Maslou konsepsiyasidagi bunday qarashlar, bolaning psixologik salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, ontogenezning barcha bosqichlarida normal rivojlanish va etuklik, bolaning atrof-muhit ta’sirlaridan marum bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatdir. Z. Freyd esa, nevrozlar nazariyasining biologik masalalarini taklif etadi, ya’ni tug‘ma ehtiroslar va jinsiy energiya shaxs rivojlanishi jarayonida nevrotik alomatlar manbai bo‘lib qoladi36. K. Xorni tomonidan taklif qilingan “nevrozlarning ijtimoiy-madaniy nazariyasi”da, hozirgi nevrotik shaxsning shakllanishiga patogen qadriyatlar va madaniyat yo‘nalishlarining ta’sirini aks ettiradi. Ya’ni nyevrozlar shaxsiy his-tuyg‘ular va tashvishlardan emas, balki atrof-muhitning madaniy sharoitlaridan kelib chiqadi. Salbiy psixologik va ijtimoiy-psixologik omillar psixologik salomatlik buzilishiga olib keladi. Bolalikda ikkita ehtiyojlar: qondirish va xavfsizlik ehtiyojlari. Bolaning rivojlanishida xavfsizlik zarurati muhim ahamiyatga egadir. Bu еrda bola butunlay ota-onasiga bog‘liq bo‘ladi. Ota-onaning chinakam muhabbati va myehr-oqibati bolaning xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, natijada psixologik sog‘lom odam yuzaga keladi. Aksincha, bu ehtiyoj qondirilmasa, odamning patologik rivojlanishi yuzaga keladi37. Yuqoridagilardan farqli o‘laroq, A.Adlerning yozishicha, ijtimoiy manfaatlarning shaffofligi - shaxsning psixologik salomatligini baholash mezoni hisoblanadi. Psixologik salomatlik - boshqa odamlar bilan muloqot qilish va jamiyat rivojiga hissa qo‘shish istagini talab qiladi. Ijtimoiy qiziqish esa, ijtimoiy muhit ta’sirida rivojlanadi. Bolada ijtimoiy qiziqishning rivojlanishiga ona, ota, keyin esa boshqa oila a’zolari, ota va ona o‘rtasidagi munosabatlar keng ta’sir qiladi. Salbiy oilada bolada ijtimoiy qiziqishning rivojlanishi to‘xtatiladi38. Demak, manu shu еrda psixologik salomatlik izdan chiqadi. Xorij psixologi E.Eriksonning fikricha, “ego” inson xulq-atvorining asosidir. Bu shaxsning avtonom tuzilishi, uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishi yoki ijtimoiy moslashuvining asosi sanaladi39. Fanda “salomatlik” va “psixologik salomatlik" tushunchalari bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Birinchisi tushuncha tibbiy toifada, ikkinchisi amaliy psixologik xizmatning maqsadi sifatida. Psixologik Psixologik salomatlikning buzilishi emosional beqarorlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu ijtimoiy moslashuvga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni tashvishning kuchayishi, o‘ziga nisbatan salbiy munosabatning shakllanishi, o‘zini o‘zi qadrlashning pasayishi, beqarorlik, qobiliyatsizlikdir. Tadqiqodchilar psixologik salomatlik bilan bog‘liq muammolarning psixologik jihatlarini o‘rganish, bolaning psixologik buzilishlarini o‘rganish va uni stress ta’siridan himoya qiluvchi omillarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon psixologlari oldida shaxsning ichki zahiralarini faollashtiradigan va kuchaytiradigan shuningdek, psixologik salomatlikni saqlash va ta’minlashga yordam berish usullarini topish vazifasi turibdi. Ta’lim-tarbiya sharoitida psixologik xizmat ko‘rsatish va bolalarning psixologik salomatligi masalalari bilan quyidagi mualliflar shug‘ullanganlar: A.M. Prixojan, N.N. Tolstix, IV Dubrovina, N.I.Gutkina, V.V.Zasepin, V.Ye.Paxalyan, A.B.Nikolayeva, N.V.Shurova, A.D.Andreyeva, A.AVoronova, Ye.Ye.Danilova, D.V.Lubovskiy, V.I. Yekimova va boshqalar40. Kyeyingi yillarda bolaning tashvishi va kuchli qo‘rquvi ota-onalarni maktab psixologidan yordam so‘rashga undadi. O‘smir bolalarning umumiy jismoniy va psixologik salomatligi ko‘plab omillarga bog‘liq: to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam sayr, toza havo, jismoniy faollik, jismoniy mashqlar, psixologik qulayliklar olib keladi. N.I.Gutkina “psixologik qulaylikni psixosomatik kasalliklarning oldini olish sharti deb hisoblaydi41. Bolaning ehtiyojlari puchga chiqqanda, eng ko‘p uchraydigan holat bu psixologik noqulaylikdir. Avvalo, onaning e’tibori va g‘amxo‘rligining yetishmasligi natijasida chaqaloqning aqliy va jismoniy rivojlanishida namoyon bo‘ladigan ma’lum bir mahrumlik hodisasi yuzaga keladi. T.V.Voxmyanina maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik salomatligini o‘rganadi. Muallifning aytishicha, maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi bevosita kattalarga bog‘liq, bolaning kattalar bilan munosabatlarining shakllanishi uning shaxsiyatining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bola jamiyat bilan muloqot qilishni kattalardan o‘rganadi. Kattalar - bu bolaning atrofdagilarga va o‘ziga bo‘lgan munosabatining ko‘lami, mezoni, maktabgacha yoshni baholash. topiladi. Kattalarning bolaga bo‘lgan munosabati uslubi nafaqat bolaning o‘zini muayyan uslubda tutish tendensiyasiga, balki uning psixologik salomatligiga ham ta’sir qiladi42. Bolaning kattalarni idrok etishining o‘ziga xos xususiyatlari uning murakkab ijtimoiy muhitga integrasiyalashuvida hal qiluvchi omil hisoblanadi. N.V.Shurovaning fikricha, bolani shaxsiy xususiyatlarini bilmasdan va tushunmasdan turib tarbiyalash mumkin emas. Ta’lim samaradorligining muhim sharti – tarbiyalanuvchining shaxsini, uning individual xususiyatlarini yaxshi tushunish, unga talablar qo‘yish qobiliyati, shaxsga hurmat kabilar bilan kechadi. Ta’limda hayotiy tajriba muhim ahamiyatga ega, lekin jamiyat hayoti vaqt o‘tishi bilan juda ko‘p o‘zgarishlarga uchraydi, shuning uchun psixologiya, fiziologiya, gigiyena fanlarida bu masala dolzarb muammo sifatida qaraladi43. Demak, o‘z-o‘zini hurmat qilmaslik avtoritar muloqot uslubida, pedagogik taktning etishmasligi, past madaniyat, bolani faqat pedagogik ta’sir obyekti sifatida qabul qilishda namoyon bo‘ladi. A.D. Andreyevaning so‘zlariga ko‘ra, bolaning hayotida uning sog‘ligiga ta’sir qiladigan fojiali voqea sodir bo‘lgan taqdirda, u psixolog yordamiga muhtojdir. Fojiali baxtsiz hodisada bolada nevroz rivojlanishining oldini olish, uning psixologik salomatligini saqlash uchun psixologik yordam juda kerak bo‘ladi44. Bu еrda bolaning qiyin vaziyatga psixologik tayyorgarligi muhim rol o‘ynaydi. Bu qiyin vaziyat, muammo haqida bola bilan kattalarning ochiq suhbatlari natijasida erishiladi. Kattalar odatda bolaga hayotdagi qiyin vaziyatlar haqida gapirishga bormaydi va bola bunday suhbatlardan qochish kerak, deb hisoblashadi. A.M.Kulikovning so‘zlariga ko‘ra, bola qayg‘u va his-tuyg‘ulari bilan yolg‘iz qoladi, bola tashvish va qo‘rquv hissi asosida o‘zini himoya qilishni o‘rganadi. Ular nevrotik yo‘nalishda shakllanadi. Tasodifan olingan ma’lumotlar bolaning hissiy va psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun bu ma’lumotni malakali, madaniy yo‘l bilan uzatish, ishoralarsiz ochiq muloqot bolaning stressga psixologik tayyorgarligini oshiradi. Albatta, bu hissiy stress yoki qayg‘uni kamaytirmaydi, lekin “psixologik salomatlikka” zarar etkazadigan ko‘plab hissiy reaksiyalarning oldini oladi45. Muallifning aytishicha, bolaning fojiaga normal munosabati bir necha bosqichlardan iborat: – Shok holati - qiyin vaziyatga birinchi munosabat; – Qiyin vaziyatni inkor etish; – Izlash - agar sevgan kishi vafot etsa, uni qidirib topmoqchi bo‘ladi, uni topa olmaslik qo‘rqinchli, topib bo‘lmasligini bilish, u odam kelayotganga o‘xshaydi; – Marhumning qaytib kelmasligini anglab etganda, yana yig‘laganda, baqirganda, boshqalarning sevgisini rad etganda, bolada muloqot qilishdan bosh tortganda sodir bo‘ladi, faqat kattalarning sabr-toqati va muhabbati uni engish mumkin; – Gʻazab - bola uni “tashlab qo‘ygan” insonga yo‘naltiriladi; – Dyepressiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tashvish, aybdorlik va boshqalar. A.V.Voroninaning so‘zlariga ko‘ra, 1990 yildan beri maktablarda olib borilgan Tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning 28 foizi psixologik jihatdan beqaror va alohida psixologik yordamga muhtojdir46. Pedagogik amaliyotda, bunday bolalar maktabga moslashtirilmagan “qiyin vaziyatdagi bolalar” deb ta’riflanadi. Ushbu qiyinchiliklarning namoyon bo‘lishi va ularning sabablari juda ko‘p, shuning uchun deviant xatti-harakatlar chegaralarini belgilovchi mezonlarni tasniflash qiyin. Zamonaviy psixologik adabiyotlarda, ushbu muammo turlicha tavsiflangan. Eng keng tarqalgan tushunchalar sifatida, “maktabga psixogen moslashuv”, “maktabda va oilada bolaning subyektiv va ob’yektiv holatini buzadigan psixogen reaksiyalar”, “psixogen byemorlar”, “shaxsning psixogen shakllanishi” kabilarni ko‘rish mumkin47. Psixologik buzilishlar - maktab fobiyalari, maktab nevrozi, didaktogen nevroz, didaktogenez bilan bog‘liq holatlardir. Nevroz bu еrda tibbiy holat sifatida emas, balki maktabdagi qiyin vaziyatlarga javob berishning noadekvat usuli sifatida talqin qilinadi. Maktab nevrozi asossiz tajovuzda, maktabga borishdan qo‘rqishda, doska oldida dars berishda, noto‘g‘ri xatti-harakatlarda va ko‘pincha tashvishda namoyon bo‘ladi. Bolalar o‘qish davomida haddan tashqari tashvishlanish, tengdoshlar, o‘qituvchilarning salbiy munosabati va baholashlarini kutish bilan bog‘liq kechinmalarni boshdan o‘tkazadilar. Agar o‘quvchi o‘quv faoliyati sub’yekti sifatida qabul qilinmasa, bunda turli xil didaktogenezlarga yo‘l qo‘yiladi. Ta’lim tizimining bolaga psixotravmatik ta’siri hozirgi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchining harakatlari va maqsadlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli kuchayadi. S.M.Djakupovning yozishicha, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi, pedagogik jarayonni tashkil etishning samarali usuli ekanligini ta’kidlaydi. Agar talaba o‘quv faoliyati sub’yekti sifatida qabul qilinmasa, o‘quv jarayonining samaradorligi pasayadi48. A.V.Petrovskiy tomonidan tahrirlangan psixologik lug‘atda, didaktogenez - “pedagog tomonidan pedagogik taktikani buzish natijasida yuzaga keladigan, o‘quvchining harakatlariga va shaxslararo munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan salbiy psixologik holat (qo‘rquv, umidsizlik, tushkun kayfiyat)” deb ta’riflanadi49. Demak, ayrim bolalar didaktogyenik nevrozga moyil bo‘ladi, ayniqsa salbiy xarakter ega bo‘lgan bolalar, bunga yaqqol misoldir. Psixologik salomatlik masalasida ko‘rib chiqilgan, “maktab nevrozi” tushunchasi, o‘quvchilarning xulq-atvori buzilishining sabablarini chuqurroq tushunishimizga imkon berdi. Bu konsepsiya nafaqat o‘qituvchi va maktabga salbiy ta’sir ko‘rsatishning mohiyatini, balki oiladagi noto‘g‘ri tarbiyaning ta’sirini, o‘quvchining individual xususiyatlarini ham oydinlashtiradi. Bir qator mualliflar I.V.Syerdyukova, Ye.V.Novikova, G.V.Burmenskayalar maktabga befarqlikning asosiy sababini, psixologik salomatlikning buzilishi bilan tushuntirib o‘tadilar50. Mualliflarning aytishicha, o‘quvchilarning o‘quv faoliyati yoki tengdoshlar bilan munosabatlaridagi o‘zgarishlar emas, balki ularning tashvishlari, hissiy munosabatlari va hissiy tajribalari bilan bog‘liq masaladir. G.V.Burmenskaya ma’lumotlariga ko‘ra, maktabga birinchi bo‘lib kelgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisida, quyidagi muammolarning kamida bittasi bo‘lishi mumkin51: – Kun tartibi bilan bog‘liq muammolar (xulq-atvorni ixtiyoriy nazorat qilishning pastligi); – Kommunikativ qiyinchiliklar (tengdoshlari bilan muloqot qilishda kam tajribaga ega bo‘lgan, sinfga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelgan bola); – O‘qituvchi bilan aloqa muammolari; – Oilaviy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar. Yuqoridagi muammolarning turlari – bolaning shu qiyinchiliklarni yengish uchun foydalanadigan usullari va maktabga moslashishi bilan bog‘liq munosabati kabilarni aniqlashtiradi. Ko‘pgina bolalarda psixologlar, o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi sababli maktabga tayyorgarlikning pastligini еtarli darajada qoplash usuli sifatida, maktab nevrozining turli shakllari rivojlanadi. Tibbiy adabiyotlarda “nevroz” psixogen kasallik bo‘lib, u kuchli hissiy qo‘zg‘alish hayotiy insoniy munosabatlarning buzilishiga olib keladi. Nevrozlar miyadagi organik o‘zgarishlar bilan emas, balki insonning aqliy sohasi bilan bog‘liq52. V.I. Myasishchevning fikricha, nevroz - bu shaxs rivojlanishining kasalligi sanaladi. Nevrozning asosi insonning ichki muhit bilan bo‘lgan ziddiyatlar tashkil etadi. Nevrozning rivojlanishini ko‘rib chiqayotganda, shaxsning muloqot sohasini hisobga olish kerak, chunki bu munosabatlarning buzilishi nevrozning sababi hisoblanadi. Haqiqiy patogen holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, odamning bu holatga reaksiyasi nevrozni keltirib chiqaradi53. Tadqiqodchilardan A.A.Voronova, R.A.Zachepiskiy, A.I.Zaxarov, V.I.Garbuzov, A.S.Spivakovskayaning izlanishlarida ma’lum bo‘lishicha, oilaviy munosabatlarning buzilishi, bolalarda nevrozning rivojlanishiga olib keladi. O‘zaro munosabatlari buzilgan oilalar o‘z-o‘zidan ichki qarama-qarshilik va nizolarni bartaraf eta olmaydi. Uzoq muddatli nizolar natijasida, oila a’zolarining ijtimoiy-psixologik moslashuvi, birgalikda harakat qila olmasliklari kuzatiladi. Bu sof psixologik salomatlik bilan bog‘liq muammo sanalib, u ham bolalarning faol ishtimoiy konpetyensiyalariga katta ta’sir etadi. Bu yеrda hissiy barqarorlik, bag‘rikenglik, bolalarning psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi. A.I.Zaxarov nevrozga moyil bolaga quyidagi ta’rifni beradi: o‘ta sezgir, emotsional ta’sirchan, emotsional travmatizmga uchragan, ko‘ngli yopiq, sodda, ishonuvchan, mehribon, o‘zini o‘zi anglaydigan va boshqalar54. V.I.Garbuzov nevrotiklikdan oldingi xulq-atvor shakllarining to‘qqiz turini tasniflaydi: tajovuz, shuhratparastlik, pedantriya, taqvodorlik, еpchillik, notinch sintonizm, infantil va psixomotor beqarorlik, muvofiqlik va qaramlik, o‘ziga ishonchsizlik, o‘ziga ishonchsizlik, o‘ziga ishonchsizlik, shubhali, mag‘rur, o‘ziga ishongan hamda myehnatsevarlik kabilar shular jumlasidandir55. Boshqa bir Tadqiqodchi, V.M.Rozinning ta’kidlashicha, asab funksiyasi past, notinch, ishonchsiz, o‘zini past baholaydigan odamlar nevrozga moyil bo‘ladi. Nevroz kuchli, lekin asab tizimining boshqarilmaydigan tipidagi, o‘ziga ishonch, ortiqcha baho, imkonsiz, intilish darajasi yuqori bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchraydi56. Umuman olganda, rivojlanayotgan shaxs, atrof-muhitni tanib, o‘ynab, tajriba etishmasligi tufayli yangi, notanish vaziyatlarga duch keladi. Bu holat bolaning qobiliyatlarini tekshiradi, vaziyatga hissiy munosabatni yaratadi. Qiyin vaziyatlar harakatlarni, munosabatlarni buzadi, salbiy his-tuyg‘ularni, noqulaylik hissi yaratadi. Biroq, qiyin vaziyatlar faqat halokatli funksiyani bajaradi, deb taxmin qilish noto‘g‘ridir57. Mazkur to‘siqlarni faqat bolaning shaxsini shakllantirishni qiyinlashtiradigan va atrof-muhit bilan munosabatlarini buzadigan omil sifatida ko‘rib chiqmaslik kerak. Qiyinchiliklar va to‘siqlar hayotning odatiy hodisalari, ular konstruktivdir. Vazifaning mohiyati sub’yektning g‘alaba qozonish uchun faolligini yaratish, g‘alaba qozonish yo‘llari va strategiyalarini izlash zarurati, bularning barchasi shaxsning ijtimoiylashuvi uchun muhimdir. V.V.Kovalev, G.V.Kozlovskaya, L.F.Kryemneva kabi olimlarning Tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki bolalarga noqulay psixologik holatlar ta’sir qiladi, bu xavfli vaziyat bo‘lib, keyinchalik mos kelmaydigan reaksiyalarga olib keladi. Psixogigiyena va psixoprofilaktika sohasidagi mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, barcha yoshdagi bolalarga ta’sir qiladigan bu holatlar mazmunan farqlanadi. E.M.Kazinning kuzatishlariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalar xavfsiz his etmasalarda, maktab yoshidagi bolalarda o‘z-o‘zini hurmat qilish hissi kam uchraydi58. Biroq, olimlar “salbiy ta’siri bo‘lmagan bolalar” fenomenini aniqladilar. I.Yu.Kulaginaning so‘zlariga ko‘ra, bu bolalar juda og‘ir sharoitlarda o‘sadi, lekin baribir hayotda ko‘p narsaga erishadi. Ularning eng aniq xususiyati kuchli aqliy faoliyat va malaka tufayli stressni rad etish yoki uni engish qobiliyatidir. Ular psixologik jihatdan sog‘lom, bilimli va hayotni yaxshi insonlardir59. Bundan tashqari, salbiy ta’sirga duchor bo‘lmagan bolalarning ijtimoiy qobiliyatlari yaxshi rivojlangan, tengdoshlari va kattalar kabi mehribon, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi yaxshi rivojlangan, o‘zini tuta bilish juda kuchli, inqiroz davrida diqqatini boshqa narsalarga qarata oladigan, mustaqil, ijodiy qobiliyatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan insonlardir. Masalan, o‘ziga xos genetik xususiyatlar va stressga qarshi immunitetning mavjudligi yoki stressning davolab bo‘lmaydigan tabiati, atrof-muhit ta’siri va irsiyatning o‘zaro aloqasi natijasida rivojlanadi. Ye.Ye. Danilova davolab bo‘lmaydigan hodisani Tadqiqod faoliyati konsepsiyasiga asoslanib tushuntiradi Bu tushunchaga qarama-qarshi hodisa – bu “nochorlik” holati bo‘lib, u sub’yektning qiyinchiliklarni engishga harakat qila olmasligida namoyon bo‘ladi. Sababi, inson vaziyatdan chiqib ketishni qidirishdan bosh tortadi. Tadqiqodga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni o‘ziga va atrof-muhitga faol ijodiy yondashish stressli vaziyatlarni engishga yordam beradi deb taxmin qilinadi60. Shu bilan birga, agar alohida, tabiiy old shartlar mavjud bo‘lsa, ular individual rivojlanish va ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Bolalikda bu ehtiyojning shakllanishiga ikkita to‘siq bor: agar bolaning har bir harakatiga kattalar tomonidan to‘sqinlik bo‘lsa va cheklansa - aqliy rivojlanish darajasi, kompensasion xatti-harakatni amalga oshirishga imkon bermaydi Agar bolaning biron bir istagi hech qanday to‘siqsiz amalga oshirilsa, unda qidiruv faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qoladi. Uni saqlab qolish uchun, bola o‘zi qila oladigan to‘siqlarni engib o‘tishga qodir bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, L.P.Gladkix tomonidan taklif etilayotgan modelga ko‘ra, psixologik salomatlikning quyidagi jihatlari mavjud61: – Asab tizimining etukligi; – Bolaning psixo-emosional, shu jumladan o‘qish qobiliyati xususiyatlari; – Kommunikativ xususiyatlar; – Ijtimoiy muvaffaqiyat belgilari (oilada). Yuqoridagi tasniflarga muvofiq, psixologik salomatlik – bu bolaning maktabdagi muvaffaqiyatini, ijtimoiy shakllanishini, mavqeini, yеtarliligini belgilaydigan tizimli jarayondir. Rossiyalik Tadqiqodchi N.V. Kalininning fikricha, psixologik salomatlikni ta’minlash mexanizmini izlash kerak. Sportchining musobaqada g‘alaba qilish maqsadi uning shiddat bilan izchil mashq qilishi, musobaqaga ruhiy tayyorgarlik holatining yuqori darajada bo‘Iishi kabi omillar ta’sirida amalga oshadi. Murabbiy g‘alaba qilish uchun aniq imkoniyatlarni hisobga olish, kuchli raqiblar bilan juda ehtiyot bo‘lib bellashish, mehnatsiz maqsadga erishish muhim emasligi kabilar haqida tushuntirish ishlari olib borishi lozim. Shogirdini har qanday sharoitda ham o‘zining kuchiga qattiq ishonch hosil qilgan holda musobaqaning ohirgi daqiqalarigacha g‘alaba qilish uchun barcha ruhiy va jismoniy imkoniyatlaridan foydalanishga o‘zini majbur etishga o‘rgatishi kerak. Bu, albatta, sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Sportchining jismoniy, ruhiy, texnik va taktik jihatdan nechog‘lik tayyorlanganligi sport musobaqalarda ko‘rsatadigan natijalariga qarab belgilanadi. Shuning bilan birga sport musobaqalarida emotsional tanglikni keltarib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish va ularni bir tizimga keltirish uchun emotsional holatning vujudga kelish mehanizmlarini bilib olish zarur. Hozirgi vaqtda emotsional holatlarni tushuntirib berishda ko‘pchilik tomonidan akad. P.V.Simonovning “informatsiya nazariyasi” qabul qilingan. Bu nazariyaga ko‘ra hissiyot (emotsiya), ehtiyojlarining qondirilishi bilan belgilanadi. Bu nazariyani bir necha misollarda ko‘rib chiqaylik. 1. Shaxsning hech qanday ehtiyoji bo‘lmasa, emotsiya ham bo‘lmaydi. 2. E-emotsiya. In-zarur ipformatsiya, Is-mavjud informatsiya Bu holatda ham emotsiya bo‘lmaydi, chunki, ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan informatsiya bilan movjud informatsiya teng. Misol, musobaqa oldidan Yuqori mahoratli sportchi o‘tish (saralash) musobaqalari uchun sprot masteri normasini ko‘rsatish kifoya ekanligini bildi. Sportchida hech qanday salbiy emotsiya sodir bo‘lmaydi, chunki u bu ko‘rsatgichni hech qiynalmay bajaradi. 3. E agar In-Is. Bu yerda salbiy emotsiya tug‘iladi. chunki sportchi uchun zapyp bo‘lgan informatsiya mavjud informatsiyadan katta. Misol, sportchi keyingi uchrashuvni ancha kuchli raqib bilan o‘tkazishligini bildi. Lekin raqib to‘g‘risida yetarli informatsiyaga (Is) ega emas. Bu yerda In-Is. Natijada sportchida salbiy emotsiya-hayajonlanish, xavotirlanish, noaniqlik tug‘iladi. 4. E agar, Is-In. Bu yerda ijobiy emotsiya tug‘iladi. Misol, Yuqori mahoratli sportchi musobaqa oldidan o‘zining kuchli raqibi kelmaganligini, aksincha, musobaqa qatnashchilarining darajasi ancha past ekanligini bilsa, unda qoniqish hissiyoti tug‘iladi. Lekin bu yerda tug‘ilayotgan ijobiy hissiyotning darajalari, mag‘lub etilgan raqibning mahorat darajalariga proporttsional bo‘ladi. Raqib qancha kuchli bo‘lsa, uni ustidan qozonilgan g‘albadan hosil bo‘ladigan hissiyot ham shuncha kuchli bo‘ladi. Aksincha, kuchsiz raqibni yengib, ketishi hech qanday ijobiy kechinma hosil qilmasligi mumkin. Olimlar emotsional tig‘izlik-keskinlikni keltirib chiqaruvchi 20 muhim faktorni ko‘rsatib berishadiki, bu sportchida ruhiy tanglikni vujudga keltiradi. Bu faktorlar: 1. Startdagi muvaffaqiyatsizlik; 2. Mashqlar va avvalgi musobaqalarda ko‘rsatilgan past natijalar. 3. Tpener bilan, jamoadagi o‘rtoqlari yoki oiladagi nizolar 4. Jismoniy jihatdan o‘zini yomon his etish. 5. Sudyalarning noholisligi (g‘irromligi). 6. Startni kechiktirilishi. 7. Musobaqa vaqtdagi tanbehlar. 8. Ortiqcha hayajonlanish. 9. Musobaqa oldidan yoki bir necha kun yaxshi uxlamaslik. 10. Musobaqani yomon jihozlanganligi. 11. Avvalgi muvaffaqiyatsizliklar. 12. Raqibning yaqqol ustunligi. 13. Raqibning kutilmaganda Yuqori natijalar ko‘rsatishi. 14. Notanish raqib. 15. Yuqori ko‘rsatgichlarni talab qilish. 16. Musobaqaga uzoq masofa bosib borish 17. Qo‘yilgan vazifani so‘zsiz bajarish kerakligini doimo o‘ylash. 18. Ko‘rish, eshitish va taktikani belgilashdagi noaniqliklar. 19. Mazkur raqibidan avvalgi yengilish. 20. Tomoshabinlar reaktsiyasi.62 Laboratriya sharoitlarida eksperimentator ruhiy tanglik holatini (yaratish) tug‘dirishning katta imkoniyatlariga ega. Buning uchta asosiy vosita va usullari mavjud. Birinchi guruhga fiziologik stress hosil qiluvchi kuch yoki salobat, bilan emas, yangilik, kutilmaganlik, g‘ayri tabiiylik faktori bilan ta’sir etib, ruhiy tanglik hosil qilinadi. M., 1976-yil olimpiada o‘yinlarida AQSH sportchisi FAYU... balandlikka sakrashda yangicha usul qo‘llab raqiblarini lol qoldirib, chempion bo‘lgan (orqasi bilan sakragan). Ikkinchi guruh faoliyat xarakteri, uni bajarilish xususiyatlari bilan belgilanadi. Bunda bajarillyotgan vazifaning o‘zi kechishiga katta talablar qo‘yadi. Masalan, murakkab vazifa berilishi, vaqt tig‘izligi, harakatlar tempini ortib borishi, ikki xil faoliyatni bir vaqtni o‘zida bajarish, qo‘shimcha berilayotgan informatsiyani qayta ishlash, manotonlik, ish sharoitining yomonlashuvi, har xil to‘siqlar (pomeha). Vaziyatning noaniqligi kabilar orqali ruhiy -tanglik hosil qilinadi. Uchinchi guruhga sinaluvchilarining mativatsiyasini o‘zgartirish, vazifani bajarishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish orqali ta’sir etish usuli. Bularning ayrimlari: - Sinalayotgan shaxsda bir-biri bilan mos kelmaydigan hohish, istaklarda birini tanlash bilan bog‘liq nizoli vaziyat yaratish. - Musobaqalashish holatini kiritish yoki boshqa sinalayotgan bilan. - Sinalayotgan shaxsning intelektini, xotirasini, diqqat va boshqa hissiyotlarini "test" sinovlaridan o‘tayotganligini takidlab turish (keskinlikni tug‘dirish). - unga natijalarini buzib ko‘rsatuvchi ma’lumotlar berib turish, - uning izzattalablik darajasiga qarab muvafaqiyat va muvaffaqiyatsizligini rag‘batlantirib turish (stimulirovaniya). - tajribada qatnashganligi uchun taqdirlanishini o‘zgartirish va h.k. Ushbu usullar orqali sportchining ustanovkasi, izzattalablik darajasi (uroven prityazaniya), shaxs qadri, motivi kabi tomonlarni olishga, sportchini bo‘lg‘usi sport musobaqalariga ruhiy tayorlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini bilib olishga yordam beradi. Qilingan ayrim tadqiqotlarda (A.D.TanYushkin) kuchsiz ruhiy zo‘riqish (stress) sportchi faoliyat natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi takidlangan. Ayniqsa yuqori mahoratli sportchilarda stressning kuchayib borishi barobarida uning ta’sir kuchi salbiylashib boradi. Ruhiy kuchlayishning salbiy ta’siri diqqat tafakkuri va hatira jarayonlarida, shuningdek, ishchanlik, harakatlar aniqligida ko‘rinadi.63 Salbiy emotsional va ruhiy holatning ta’siri sportchining tajovuskorligi, qo‘yilgan talablarni bajarishdan bosh tortishi, regressiya, apatiya (loqaydlik), vahima kabilarda namoyon bo‘ladi. Albatta bu holatlar sportchining individual psixologik xususiyatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kuchli asab tizimiga ega sportchi har qanday ruhiy zo‘riqish holatida ham yaxshi sport ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. Aksincha, kuchsiz nerv tizimidagi sportchi hatto mashqlarda ko‘rsatgan natijasini takrorlay olmasligi mumkim. Ruhiy zo‘riqish sharoitida bo‘lgan sportchi holatini optimal (maqbul) holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan, bular: 1. Avtogen mashqlar (I.Shults) 2. Ruhiy boshqarish mashqlari (L.Gissen va A.V.Alekseev). Z. Jismoniy mashqlar (V.A.Larishuk) 4. Nafasni boshqarish mashqlari (G.S.Belyaev) 5. Munosabatlarni boshqarish (A.S.Morozov, YU.L.Kolomeytsev). 6. Irodaviy gimnastika (A.A.Mikulin) 7. Uyquni boshqara olishlik (R.S.Demetr) Katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar bir necha kun yaxshi uxlay olmasligi. Masalan, Bu esa uning sport natijalariga salbiy ta’sir etadi. 8. Farmokologik usullar (V.N.Myasishchev va boshqalar). Sport faoliyati natijalariga emotsional tanglikning ta’sirini o‘rganayotganda shaxsga bevosita musobaqa jarayonidagi raqobatning va jamoa sport o‘yinlarida guruhdagi munosabatlarning ta’sirini ham unutmaslik kerak. Musobaqa bu sport faoliyatida raqobatlashishi, kurashi jarayonidir. Bu jarayon to‘rt kategoriya hodisani o‘zida aks ettiradi. Bular: 1. Musobaqadagi ob’ektiv vaziyati. Musobaqaga kelgan tamoshabinlar, ularning munosabati, u yerdagi tantanali vaziyat, yuqori mansabdagi shaxslarning qatnashishi, televideniya, matbuot va boshqalar. 2. Musobaqadagi sub’ekttiv vaziyat odamlarning sportichiga munosabati, sportchining tomoshabinlar tomonidan kutib olinishi. 3. Faoliyat natijalari. 4. Faoliyat natijalariga reaktsiya. Bu to‘rt kategoriya o‘zaro bir-biri bilan bolangan bo‘ladi. Buni quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Uning markazida inson turadi. Guruh omili, tavakkal qilish (risk) vaziyatlarda qarorlar qabuliga ta’sir ko‘rsatadi. Malumki, guruhning tavakkalchilik darajasi, bir shaxs tavakkalchiligidan Yuqori bo‘ladi. Individning tavakkalchilik bilan qarorlar qabul qilish davridagi tenglik darajasini boshdan kechirishi guruhda boshqacha kechadi. Ayrim hollarda guruhdagi rollarning qatiiy belgilanganligi liderning mavjudligi, masuliyatni taqsimlanganligi kabilar, tavakkalchilikni yengilroq o‘tishiga olib kelsa, bazi hollarda, aksincha, bu faktorlar tanglikni kuchaytirishi, individni guruhdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Guruh ichidagi nizolar va guruxlararo nizolar, stress holatda guruxlar xulq-atvorini, o‘zini tutishini namoyon etuvchi ko‘rsatgichdir. Sport turining xususiyatiga qarab stress holatning kechishi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, musobaqalar qisqa muddatli va intensiv o‘tadigan sport turlarida stress holati, musobaqa nisbatan davomiy bo‘lgan sport turlariga nisbatan Yuqori bo‘ladi. Bu faktorlar va sportchi shaxsining umumiy tuzilishi, shaxsning mahsus xususiyatlarini va mazkur sport turi uchun maqbul individual uslubning (stil) rivojlanishiga ta’sir etadi. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan sport turlarida sportchilar uchun kuchli qo‘zg‘alish bilan bo‘shashi, zaiflashishi, faollikning o‘zgarib turishi kabi holatlar hosdir. Emotsional tanglikni aniqlash uchun Ch.D.Spilbergerning moslashtirilgan shkalasi qo‘llanilgan. Savollarga javoblar musobaqadan 5-10 min. avval o‘tkazilgan. Berilgan jumlalarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Sizning ayni vaqtdagi ruhiy holatingizni ko‘rsatuvchi javoblardan birini belgilang. Savol ustida uzoq o‘ylamang. Zero to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar bermaydi. Iroda kuchi turli xil salbiy holatlar, chunonchi qo‘rquv, ikkilanish, uyalishni yengishdan iboratdir. Bu tuyg‘ularni yengishda iroda kuchini tarbiyalash bilan bog‘liq sport turlariga suvga sakrash, parashYutdan sakrash, alpinizm, boks va boshqalarni kiritish mumkin. Sport faoliyati doimo kuchli emotsional kechinmalar bilan bog‘liq. Bu sportning inson shaxsiga ijobiy ta’siri hisoblanadi. Sportda emotsional kechinmalar, boshqa his-tuyg‘ular yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sport faoliyati bilan bog‘liq quyidagi his-tuyg‘ularni ko‘rsatish mumkin. 1. Sport mashg‘ulotlari jarayonida organizmning hayotiy faoliyatda Yuzaga keladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq kechinmalar. Mashg‘ulot normal tempda o‘tayotganda organizmda tetikli, quvnoqlikni his etish va aksincha mashg‘ulotlar keragidan ortiqcha muskullarning aktivligini talab etishi charchash, qoniqmaslik hissini vujudga keltirib chiqarishi mumkin. 2. Texnik jihatdan og‘ir, qiyin jismoniy mashqlarni bajarishda yuksak mahoratga erishish bilan bog‘liq emotsional kechinmalar. Bu his-tuyg‘u organizmning yuksak darajadagi ishlash qobiliyati holatini ko‘rsatadi, mashqni bajarishdagi muvaffakiyat tuyg‘usi o‘zining boshqa sportchilardan ustunligini his etish, unga boshqalar bajara olmaydigan mashqlarni bajara olishi tuyg‘usini tan olish zavq bagishlaydi. Agar aksincha jarohat olish, murakkab mashqlarni bajarishdagi muvaffakiyatsizlik kabilar ro‘y bersa, unda salbiy tuyg‘ular, ya’ni o‘ziga ishonchsizlik, qo‘rquv vujudga keladi. 3. Sport kurashi davri bilan bog‘liq bo‘lgan kechinmalar. G‘alaba qozonish yoki Yuksak darajadagi ishonchga qaratilgan kuch bilan bog‘liq tuyg‘ular. 4. Sport musobaqalarida katnashish bilan bog‘liq emotsional kechinmalar. Sport musobaqalarida «Sportchi achchig‘i» tuyg‘usi kuchayadi va bu tuyg‘u sportchiga sport harakatlarini aniq bajarish charchoqni sezmaslikda yordam beradi va unga kuch bag‘ishlaydi. 5. Estetik tuyg‘ular. Bu tuyg‘ular ko‘prok gimnastika, figurali uchish va boshqa sport turlarida kuzatiladi. 6. Tashqi holatni qabul etish bilan bog‘liq tuyg‘ular. Sport musobaqalarida tashqi holatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Musobaqa o‘tayotgan joy, uning shinamligi, tantanavorlik, qatnashchilarning bir xil kiyimdaligi, ko‘p sonli tomoshabinlarning olqishlari, sportchi kayfiyatini ko‘taradi, g‘alaba qilish hohishini kuchaytiradi. Aksincha holatning oddiyligi, musobaqalarga bo‘lgan past munosabat sportchida salbiy tuyg‘ularni keltirib chiqaradi.64 O‘z faoliyatini jamoa ahamiyatiga ega ekanligini anglash tuyg‘usi. Sport jamoasi bilan bog‘liq jamoa oldida o‘z ma’suliyatini his qilish, undan fahrlanish tuyg‘usi. Bu tuyg‘u sportchiga juda katta qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Bunday tuyg‘uga ega bo‘lgan sportchi hech kachon kurashdan qaytmaydi. Demak, sport faoliyati sportchiga; Sportchi shaxsini qamrab olgan kuchli tuyg‘ular sportchi faoliyatiga kuchli ta’sir etadi. Bir vaqtda u sportchidan o‘z his tuyg‘ularini idora qilishini va salbiy tuyg‘ularga qarshilik qila olishni talab etadi. Turli xil emotsional kechinmalar oddiy jismoniy his-tuyg‘ulardan tortib, to yuksak ma’naviy tuyg‘ulargacha, sport jamoasini birlashtiradi. Sport musobaqalari mobaynidagi his-tuyg‘ular bir-biriga tez o‘tishi mumkin, ya’ni sportchi muvaffakiyat va muvaffaqiyatsizlikni tez his eta oladi. Sport mashqlarining maqsadi, faqat sportchidan mashg‘ul bo‘layotgan sport turiga doir sport texnikalaridan mukammal malaka hosil qildirishgina bo‘lib qolmay, shuningdek, sportchi organizmini pishitish, ya’ni sport formasiga yetkazish hamdir. Tadqiqotlar bu holatning psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib berdi. Yaxshi sport formasiga ega bo‘lgan sportchi mazkur sport faoliyati bilan bog‘liq voqelikni tez va aniq idrok etadi. Uning idrok ko‘lmi ortadi, diqqatini to‘plash va taqsimlab olish qobiliyati Yuksaladi, javob reaktsiyasi tezlashadi, o‘z hatti-harakatlarini nazorat qili shva ularni ongli boshqarish vujudga keladi. Sportchi pishib yetilganligining yana bir muhim belgisi unda ijobiy hissiyot-texnik holatlarning ustunligi, bardamlilik va kayfiyatlarining Yuqori bo‘lishligidir. Sport formasini psixologik tahlil etish katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, sportchi o‘zining jismoniy holatini nazorat qilish, boshqarish kabi usullarini bilib oladi. Ortiqcha uzilib qolish holatining oldini oladi. Sport musobaqalarining xarakterli xususiyati – yuksak sport ko‘rsatgichiga erishish uchun sportchidan barcha jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni namoyon etish talab etiladigan keskin kurashdir. Musobaqa davomida sport faoliyatining faqat kurash jarayoni bilan emas, balki uning natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan yuksak emotsional ko‘tarinkilik bilan ajralib turadi. Musobaqada g‘olib yoki mag‘lub bo‘lish sportchiga juda kuchli ta’sir etadi. Start oldi holati sportchining bo‘ladigan musobaqaga qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda vujudga keladigan Yuksak emotsional holatdir. Start oldida paydo bo‘ladigan emotsional holat bo‘ladigan musobaqaga moslashish imkonini tug‘diradi hamda erishadigan yakunlar darajasiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling