Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
Sportchi psixologik salomatligini baholashning psixodiagnostik tuzilmasi
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
2.3.Sportchi psixologik salomatligini baholashning psixodiagnostik tuzilmasiHozirga qadar, mahalliy muhitda sport psixologiyasi sohasida Tadqiqod predmetlarini o‘rganishning metodik ta’minoti aytarlicha to‘liq emas. Aksariyat metodikalar va shaxs so‘rovnomalari yosh psixologiyasi va psixodiagnostika sohalari doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, mutaxassislar asosan sohalararo ma’lumotlar almashinuvi qoidasiga amal qilishadilar. Sportchilarning psixologik salomatligi amaliy o‘rganish, tibbiy, ijtimoiy-psixologik xarakterga ega bo‘lsada, uni faqat shu yo‘nalishlar doirasida o‘rganish еtarli emas. Ushbu masala hozirda nafaqat, xorij psixologiyasida balki, mahalliy psixologiyada ham bahsbop mavzu sifatida tan olinmoqda. Biroq, Tadqiqodchi uchun masalaning ikkinchi jihati mavjud. Tanlangan muammo bo‘yicha, eng maqbul psixodiagnostik metodikalarni tanlab olish va keyingi Tadqiqodlar uchun, imkoniyatlarga tavsif berish, eng asosiy masalalardan biri sanaladi. Uchinchidan, o‘smir sportchilarda koping strategiya rivojlanishi va uni ijtimoiy-psixologiya jihatidan o‘rganish, psixologik salomatlikni asoslovchi omillar, ixtiyoriy harakatlar, muvaffaqqiyatlilikka bo‘lgan qobiliyat va funksional tayyorgarlik omillari kabilarni ham ilmiy tekshirishni nazarda tutadi. Chunki so‘z, sportchi psixologik salomatligini ta’minlash va jismoniy madaniyatning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida ketmoqda. Shu bois, muammoni amaliy jihatdan o‘rganishning metodik ta’minoti ham, unga mos tanlanmog‘i lozim. Ya’ni, Tadqiqod usullari o‘smir sportchilarning psixologik salomatligini belgilovchi sohalar: – Motivasion sohasi; – Intellektual sohasi; – Qadriyatlar sohasi; – Shaxslaaro munosabatlar sohasi; – Konitiv sohasi; – Funksional sohasi; – Birlamchi va ikkilamchi irodaviy sifatlar turiga; – Sportga ilhom beruvchi yuksak hislar sohasiga; – Bilish jarayonlari imkoniyatiga; – Texnik va taktik tayyorgarlik holatiga; – Sport mashg‘ulotlarning tashkil etilganlik holati kabilarga mos tanlanmog‘i maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sport psixodagnostikasi bo‘yicha etakchi olimlardan sanalgan, L. V.Kostikovaning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, har qanday psixodiagnostik izlanishlarni amalga oshirishda, o‘ziga xos mezon mavjud bo‘lib, amalga oshirilayotgan Tadqiqod quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi90: 1. Bosqich – muammoli vaziyatni aniqlash ya’ni Tadqiqod mavzusini tanlash va uning dolzarbligini asoslash; 2. Bosqich – tanlangan Tadqiqod mavzusiga doir ilmiy adabiyotlar tahlilini amalga oshirish; 3. Tadqiqod maqsadi va vazifalarini ilgari surish, shuningdek, mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; 4. Tushunchalar operasionalizasiyasi – mavzudagi tushunchalar aynan nimani ifodalanishini aniqlash; 5. Farazni ilgari surish; 6. Tadqiqod loyihasini ishlab chiqish va boshqalar. Tadqiqod metodlarini tanlash, tanlanmani asoslash, metodika darajasidagi instrumentlarni ishlab chiqish, dastlabki pilotaj Tadqiqodni o‘tkazish, ma’lumotlarni yig‘ish va olingan natijalarni matematik qayta ishlash va hokazo. Bunda natijalar interpritasiyasi ya’ni olingan natijalarni qayta ishlash, umumlashtirish va Tadqiqod natijalari bo‘yicha sharhlar yozish bosqichi ham asosiy vazifalardan biridir. Yuqoridagilarni hisobga olib, Tadqiqodmizni tashkil etishda avvalo, qo‘yilgan muammoning maqsadiga mos Tadqiqod ob’yektini tanlab oldik. Farg‘ona viloyatlaridagi olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari hamda BO‘SMda tarbiyalanuvchi o‘smir sportchilari tashkil etadi. Tadqiqodda jami 136 nafar sinaluvchi ishtirok etdi. Empirik Tadqiqodimizni o‘tkazishda 4 bosqichga tayandik. Quyida ular haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi sanaladi. Bunda Tadqiqodning nazariy materiallari to‘planib olindi va psixologik salomatlikni tushuntiruvchi yondashuvlar tanlab olindi hamda nazariy va metodologik jihatlarni yoritish uchun, barcha ma’lumotlar tizimlashtirildi. Tayyorgarlik bosqichida tekshiruvchi, sinaluvchilar bilan tegishli aloqalarni o‘rnatdi. Bu aloqalar esa, Tadqiqodchilarda psixologik salomatlikni barqaror kechishiga xizmat qiluvchi psixologik omillar haqidagi, ilmiy farazlarni vujudga keltirishga keng imkon beradi. Tadqiqodimiz o‘smir psixologik salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan qay darajada ekanligini tekshirishni maqsad qilgan. Ikkinchi bosqich – empirik bosqich hisoblanadi va Tadqiqodimiz uchun tanlab olingan metodikalarni o‘tkazish jarayoni amalga oshadi. Uchinchi bosqich –Tadqiqoddan olingan natijalarning interpritasiyasi amalga oshirildi va natijalar umumlashtirildi va qayta ishlandi. To‘rtinchi bosqich – olingan natijalarni izohlash va psixologik qonuniyatlarga asoslangan holda talqin etish. Oxir-oqibat qo‘yilgan farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlash va aniqlash ko‘zda tutildi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, o‘smir sportchilarning psixologik salomatligigiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni tadqiq etuvchi, uchta psixodiagnostik testlardan foydalanildi. Ilmiy Tadqiqodning usullari sifatida, Ye.M.Duboviskayaning “Yengib o‘tuvchi xulq-atvorni o‘rganish” so‘rovnomasi, Ch.D.Spilberger va Yu.L.Xaninlarning “Xavotirlanish darajasini o‘rganish” so‘rovnomasi hamda Elers tomonidan ishlab chiqilgan “Muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish” kabi so‘rovnomalardan foydalanildi. Bundan tashqari, Tadqiqodni tashkil etishda, o‘smir sportchilarni psixologik salomatligini tekshiruvchi eng ilg‘or usullar sifatida tan olingan, ayrim metodikalarning psixodiagnostik imkoniyatlari ham o‘rganib chiqildi. Misol uchun, xorij psixologiyasida psixologik salomatlikni baholashning eng maqbul usullar sifatida, S.D.Polojesev va D.A.Rudnevlarning “A tipdagi xatti-harakatlarning diagnostikasi” shkalasi, T.A.Nemchinning “Psixologik stressni aniqlash” so‘rovnomasi, L.I.Vassermanning “Shaxs nevrotik darasini aniqlash” metodikasi, K.Xek va X.Xesslarning “Nevroni ekspres o‘rganish” so‘rovnomasi, K.K.Yaxin va D.M.Mendelevichlarning “Nevrotik holatlarni aniqlash va baholashning” tibbiy anketasi kabilar tan olinmoqda. Chunki ushbu shaxs so‘rovnomalari va metodikalar universal xarakterga ega bo‘lib, uni sportchi psixologik salomatligini baholash holatida bemalol foydalansa bo‘ladi. Biroq, bizning maqsadimiz katta yoshdagi sportchilarning psixologik sog‘lomlik holatini emas, o‘smir sportchilarda psixologik salomatligiga va muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat. Shuning uchun, Tadqiqod maqsadiga mos psixodiagnostik usullar tanlab olindi. Quyida esa, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Tadqiqod metodikalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishga harakat qilamiz. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling