Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
Elersning muvaffaqiyatga erishish
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. BOB. SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA JISMONIY MADANIYATNING IJTIMOY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI BO‘YICHA AMALIY NATIJALAR
Elersning muvaffaqiyatga erishish motivasiyasini tashxis qilish metodikasi
Yo‘riqnoma: Quyida berilgai 41 ta savolga "ha " yoki "yuq " deb javob bering. Natijalarni qayta ishlash: Metodika natijalarini tahlil etish: Siz quyidagi savollarning "ha" javoblari uchun 1 baldan oldingiz: 2,3,4,5,7,8,9,10,14,15,16,17,21,22,25,26,27,28,29,30,32,37,41. Quyidagilarga "yo‘q" deganingiz uchun ham 1 baldan oldingiz: 6,13,18,20,24,31,36,38,39. Nihoyat,1,11,12,19,23,33,34,35,4 savollarga berilgan javoblar hisobga olinmaydi. Me’yoriy ko‘rsatkichlar: I baldan 10 balgacha - muvaffaqiyatga nisbatan juda past motivasiya; II baldan 16 balgacha -o‘rta darajadagi motivasiya; 17 baldan 20 balgacha - anchagina yuqori motivasiya; 21 baldan yuqori -muvaffaqiyatga nisbatan o‘ta yuqori motivasiyaga egalik. III. BOB. SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA JISMONIY MADANIYATNING IJTIMOY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI BO‘YICHA AMALIY NATIJALAR3.1.Tadqiqoddan olingan natijalarning birlamchi ma’lumotlar tahliliJahon miqyosidagi Tadqiqodlarda sportchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda natijaga erishishni shakllantirishda individual va psixologik rivojlanish ta’siri, kasbiy mas’uliyatning muhim mezoni ekanligi, kasbga mas’uliyatlilikni shakllantirish shart-sharoitlari kabi jihatlari tadqiq etilgan. Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi. Sportchilarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda psixologik salomatlik shakllanishining psixologik detyerminantlarini amaliy jihatdan talqin qilishda xorijda amalga oshirilgan metodika va so‘rovnomalarni mazkur mavzuga tanlash va uni mamlakatimiz madaniy muhitiga moslik darajasi tahlil qilinib tanlab olish alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqod ishning amaliy jihatini ifodalashda tanlangan metodika va so‘rovnomalar amaliy Tadqiqod ishimizga o‘ziga xos ilmiy-amaliy metodologik asos vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim hususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis detyerminizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo‘lishi mumkin. Sportchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda psixologik salomatlik shakllanishining psixologik detyerminantlarini o‘rganish masalasi umumiy pedagogika, shaxs psixologiyasi, kasbiy pedagogika va umumiy psixologiya sohalarining oldidagi aktual masalalardan biri sanaladi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Psixologik salomatliktufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin. Sportchilarda psixologik salomatlikning pedagogik-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan talqin qilishda xorijda amalga oshirilgan metodika va so‘rovnomalarni mazkur mavzuga tanlash va uni mamlakatimiz madaniy muhitiga moslik darajasi tahlil qilinib, uni mezonlar asosida tanlab olish alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqod ishning amaliy jihatini ifodalashda tanlangan metodika va so‘rovnomalar amaliy Tadqiqod ishimizga o‘ziga xos ilmiy-amaliy metodologik asos vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Natijaga erishishda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Motivasiya va psixologik salomatlikmuammosini amaliy jihatdan tadqiq qilish uchun AQSH, uzoq xorij va Rossiyada ko‘plab tajriba sinovlardan o‘tgan test va so‘rovnomalarni mavzuga mos tarzda tanlab olish va ularni amaliyotga tatbiq etish Tadqiqodchi oldiga murakkab vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqodchilarning xulosalariga ko‘ra, insonning kaysi maqsadlarni ko‘zlaganiga, qanday vazifalarni hal qilishiga karab, undagi psixologik salomatlikturlarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, insonga tashqi ta’sirlar orqali ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishga undovchi kuch, ma’lum natijalarga olib keladigan harakatlarni keltirib chiqaradi. Demak, kasbiy faoliyatda odamni harakatlarga undashga qodir bo‘lgan motivlar, shuningdek, bu sabablarni qanday kelib chiqishi mumkinligini aniq bilish muhimdir. Mazkur izohda motivasiya savdoga o‘xshaydi: “Men sizga kerak bo‘lgan narsani beraman, siz esa, menga kerak bo‘lgan narsani berasiz”. Agar ikkala tomonning umumiy nuqtai nazari to‘g‘ri kelmasa, motivasiya jarayoni sodir bo‘lmaydi. Sport faoliyatida harakatlarning sababi xuddi shunday tushuntirilishi lozim. Tadqiqod jarayonida sportchilarda psixologik salomatlik darajasining psixologik jihati bilan bir qatorda, ularning individual va ijtimoiy xususiyatlari ham inobatga olingan. Tadqiqodimizda sportchilar psixologik salomatligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni o‘rganish uchun Duboviskayaning “Engib o‘tuvchi xulq-atvorni o‘rganish” so‘rovnomasi, Spilberger-Xaninning “Xavotirlanish darajasini o‘rganish” so‘rovnomasi va Elers tomonidan ishlab chiqilgan “Muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish” kabi so‘rovnomalardan foydalandik. Tadqiqodimiz ob’yektini Farg‘ona viloyatidagi olimpiya zahiralari kolleji va BO‘SM yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 136 nafar o‘quvchilar tashkil etadi. Quyida Tadqiqod natijalari tahlili haqida so‘z boradi. Birinchi jadvalda sportchilarning xavotirlanish darajasi so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling