Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari


Psixologik salomatlik va jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi aloqador munosabatlar


Download 0.61 Mb.
bet12/22
Sana21.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1641855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA

3.2.Psixologik salomatlik va jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi aloqador munosabatlar


Hayotiy vaziyatlar va kasbiy soha talablari insondan, o‘z xatti-harakatlarini adekvat boshqarishni, yuksak maqsadlar sari intilish va yangi rejalar bilan yashash, insonlar jamoasi bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish kabi, kompetyensiyalarni talab etishi tabiiydir. Psixologik salomatlik holatining mohiyati shunda ko‘zga tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining xususiy ixtiyorsiz impulьsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda ularni tamoman yo‘qotadi ham. Sportchilarda psixologik salomatlik shakllanishiga ta’sir qiluvchi psixologik omillar yuzasidan olingan Tadqiqod natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘smir o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari o‘ziga xos amaliy natijalarni keltirib chiqargan.


Engib o‘tuvchi xulq-atvor so‘rovnomasi bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (Styudentning t-mezoni bo‘yicha)
3.2-jadval

Shkalalar

Tajriba boshida

Tajriba oxirida

Guruh

M

t-statistika
(p≤0,05);(p≤0,01)

Guruh

M

t-statistika
(p≤0,05);(p≤0,01)

Matonat

Farg‘ona

2

0,14

Farg‘ona

4

0,09

BO‘SM

3

BO‘SM

3

Vaziyatni engib o‘tish

Farg‘ona

3

0,12

Farg‘ona

4

0,003**

BO‘SM

6

BO‘SM

5

Oqilona harakat

Farg‘ona

4

0,003**

Farg‘ona

8

0,003**

BO‘SM

3

BO‘SM

6

Jur’atsizlik

Farg‘ona

4

0,15

Farg‘ona

2

0,004*

BO‘SM

4

BO‘SM

2

Nazorat

Farg‘ona

2

0,003**

Farg‘ona

5

0,005*

BO‘SM

3

BO‘SM

3

Kechinmalar namoyishi

Farg‘ona

2

0,11

Farg‘ona

4

0,23

BO‘SM

4

BO‘SM

4

Madad istagi

Farg‘ona

2

0,005*

Farg‘ona

5

0,003**

BO‘SM

2

BO‘SM

3



O‘smir sportchilarning yengib o‘tuvchi xulq-atvor so‘rovnomasi bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich “matonat” shkalasi bo‘yicha 2-3 ni tashkil etadi.(3.2-jadval) Bu esa standart ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtachani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘smirlarda psixologik salomatlikfaoliyatining bevosita motivi tariqasida harakatlar tizimini vujudga kyeltiruvchi, ularni tartibga soluvchi rang-barang vaziyatlar sharoitlar namoyon bo‘ladi. Shuni unutmaslik joizki, shaxsning irodaviy faoliyati ob’yektiv jihatdan boshqa katyegoriyalar bilan bog‘langandir. Guruh bilan hamkorlikda ishlashga moyil bo‘lishadi, lekin ko‘pincha o‘smirlar jamoadami yoki boshqalar bilan bo‘lgan munosabatida ishonchi sustligi tufayli ular hamkorlikda ishlashga biroz qiynalishadi. Irodaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir; 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub’yekti sifatida amalga oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to‘la-to‘kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish va amal sifatda ichdan kyechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko‘p jihatdan o‘zini-o‘zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaniy faoliyat sababli shaxs o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi byelgilashini tushunib etadi.
“Vaziyatni engib o‘tish” shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich sinaluvchilarda 3-6 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘smirlarning xulq-atvorida, hatti-harakatlarida mustaqillik kuzatiladi. Irodaviy faoliyatni shaxs uning batamom oqibatlari uchun sub’yekt sifatida amalga oshiradi. Faoliyat uchun ob’yektning o‘zi mas’ul hisoblanadi, vaholanki uning maqsadi doirasidan tashqari chiqadi. Sub’yekt muruvvat ko‘rsatarkan, boshqacha tarzda yordam uyushtiradi, muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi. “Oqilona harakat” shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich o‘smirlarda 4-3 ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlarining faoliyati uchun mas’uliyatni boshqa birovga yuklashga moyilligiga binoan, ular sezilarli ravishda bir-birlaridan tafovutlanadilar.
“Jur’atsizlik” shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich o‘quvchilarda 4-4 ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘z hissiyotlarini ifodalashga, tashabbus ko‘rsatishga qiynalishadi. Odam o‘zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan bilintirmaslikka harakat qilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi bo‘lgan holatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, natijaga erishish, bir tomondan, odam hatti-harakatini yo‘nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi, ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi.
“Nazorat” shkalasi bo‘yicha o‘rtacha shkala o‘smir o‘quvchilarda 2-3 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘smir o‘quvchilar jismoniy mashg‘ulot jarayonida faol qatnashishadi, jamoa a’zolari bilan kurashishga moyilligi bor. Ular shaxslararo munosabatda yuqori o‘rin egallashga, jamoadoshlariga, tengdoshlariga nisbatan yuqori natijalarga erishishga harakat qilishadi. O‘smir o‘quvchilar hamisha o‘z maqsadi sari doim olg‘a intilishadi, o‘z kuchiga va aqliga tayanib ish ko‘rishi natijasida ular irodaviy zo‘riqishlarga duch kelishmaydi. Pedagogik psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd qilishni, shuningdek, ularning kuch-g‘ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi.
“Kechinmalar namoyishi” shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 2-4 ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘smir o‘quvchilar o‘zaro munosabatga kirishishga qiynalishadi, jamoada yuzaga keladigan janjallarda be’taraf bo‘lishga harakat qilishadi. Psixologik tadqiqodlar natijalarining ko‘rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo‘lishi shaxsning muayyai nuqsonlari va illatlariga bevosita bog‘liqdir, chunonchi insoning mas’uliyatsizligi, o‘z imkoniyatiga inshonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro‘yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar. Mabodo shaxc o‘z xulq-atvori oqibati uchun masuliyatini o‘z zimmasiga olsa, o‘z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqealik nazoratning interial (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Oxirgi shkala “madad istagi” 2-2 nisbatni tashkil qilgan. Ko‘pincha jamoada nizoli vaziyatlar yuzaga kelganida ular birinchi bo‘lib o‘zlarini chetga olib qochishga yoki bo‘lmasam jamoa a’zolari bilan murosa qilishga moyil bo‘lishadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling