Muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish darajasini o‘rganish so‘rovnomasi umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari (Styudentning t-mezoni bo‘yicha)
3.3-jadval
Shkalalar
|
Tajriba boshida
|
Tajriba oxirida
|
Guruh
|
M
|
t-statistika
(p≤0,05);(p≤0,01)
|
Guruh
|
M
|
t-statistika
(p≤0,05);(p≤0,01)
|
Muvaffaqiyatga erishish
|
Farg‘ona
|
10
|
0,004*
|
Farg‘ona
|
12
|
0,003**
|
BO‘SM
|
13
|
BO‘SM
|
15
|
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish
|
Farg‘ona
|
12
|
0,003**
|
Farg‘ona
|
9
|
0,002***
|
BO‘SM
|
7
|
BO‘SM
|
8
|
Tadqiqoddan olingan natijalar shundan darak beradiki, sportchilarda psixologik salomatlik bilan birgalikda ularning irodaviy barqarorlikga qay darajada bardoshli ekanligi va turli hil qiyinchiliklarni engish darajasi ham e’tiborga olingan. Shu jihatdan sportchilarning o‘quv faoliyatga chidamlilik darajasini tekshirish uchun T.Elersning muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivasiyasi so‘rovnomasi qo‘llanilgan. Sportchilarining muvaffaqiyatga erishish shkalasi 10-13 natijani qayd etgan.(3.3-jadval) Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivasiyasi ko‘rsatkichi bo‘yicha sportchilarning umumiy o‘rtacha koyeffisiyenti 12-7 daraja bilan o‘rtachaga yaqin miqdorni namoyon qilganligi bilan alohida izohlanadi.
3.3.Psixologik salomatlikni ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar
Ma’lumki, sport faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish, o‘z ustida samarali ishlay olish qobiliyati kabilar ahamiyatli sanalib, ular keng ma’noda psixologik salomatlik belgilovchi mezonlardan biri sanaladi. Ayni shunday sifatlardan biri bu, irodaviy o‘z -o‘zini boshqarish va muvaffaqqiyatga bo‘lgan motivasiya sanalib, quyida ushbu ikki omilning sportchilar faoliyatiga ta’sirining psixologik o‘ziga xosliklari masalasiga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘smir o‘quvchilarda muvaffaqiyatsizlikdan qochish darajasi o‘rtachaga yaqin darajani qayd etishi, ular irodaviy sifatga endilikda qadam qo‘ygani, jismoniy mashg‘ulotlar davomida qiyinchiliklarga duch kelishi, bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shaxs o‘zidagi qarama-qarshiliklarni engishga nisbatan bunday munosabat birinchidan, subьyektning ayrim istaklari, mustahkamlangan salbiy odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko‘nikish hissi; uchinchidan, ma’qullanmagan axloq-odob prinsiplari, an’analar bilan kurashishning kyechishi irodaviy aktning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan xislati hisoblanishi irodaviy zo‘r berish tomonidan idora qilinadi.
Irodaviy jarayon hamisha shaxsni faollikka chorlaydi, uni kat’iy yo‘l belgilash sari etaklaydi, barqaror harakat qilishga yo‘naltiradi, ikkilanish, shubhalanishning oldini oladi. Psixologik salomatlik uchun irodaviy hatti-harakat motivasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |