Ye.M.Duboviskayaning “Engib o‘tuvchi xulq-atvorni o‘rganish” so‘rovnomasi
Ye.M.Duboviskaya va T.A.Kryukovalar tomonidan moslashtirilgan so‘rovnoma, insonning stressli vaziyatlardagi aqliy imkoniyati va xatti-harakatlarningkombinasiyalarini baholashni maqsad etadi. So‘rovnoma mutaxassis uchun, ustun bo‘lgan kurashish strategiyalarini aniqlash imkonini beradi: Vazifa yoki muammoni yo‘naltirish; hissiy jihatdan yo‘naltirilgan strategiya; qochish; ijtimoiy chalg‘itish; ijtimoiy yordamni izlash shular jumlasidandir.
Ko‘rsatmalar: Quyida turli xil qiyinchilik, xafagarchilik va stressli vaziyatlarga insonning ob’yektiv javob munosabati talab etiladi. Ya’ni murakkab stressli vaziyatlarda, tez-tez o‘zingizni qay darajada tutishiningni baholang. Javoblar shakli 1-balldan 5 ballgacha bo‘lgan darajada, savollarga o‘z munosabatingizni bildiring. Natijalarni qayta ishlashda, quyida keltirilgan shkalalar va ularning mezonlariga tayaniladi.
– Vazifaga yo‘naltirilgan engish qobiliyati - ya’ni ushbu shkalaga tegishli 16 ta savollar javobi jamlanadi: 1, 2, 6, 10, 15, 21, 24, 26, 27, 36, 39, 41, 42, 43, 46, 47.
– His-tuyg‘ularga yo‘naltirilgan kurash qobiliyatida 16 ball yig‘iladi: 5, 7, 8, 13, 14, 16, 17, 19, 22, 25, 28, 30, 33, 34, 38, 45.
– Qochishga yo‘naltirilgan kurashish qobiliyati, bunda ham 16 ta savollarga berilgan munosabatlar jamlanadi: 3, 4, 9, 11, 12, 18, 20, 23, 29, 31, 32, 35, 37, 40, 44, 48.
– Shuningdek, 8 ta qochish еlementidan iborat, chalg‘ituvchi savollar guruhini hisoblash mumkin: 9, 11, 12, 18, 20, 40, 44, 48.
– Ijtimoiy chalg‘itishni ifodalovchi 5 ta savollar javobi hisoblanadi: 4, 29, 31, 35, 37.
Spilberger-Xaninning “Xavotirlik darajasini baholash” shkalasi
Sinov o‘z-o‘zini baholash shkalasi asosida tashvish darajasini aniqlaydi. Vaziyat tashvishi ko‘proq mavjud muammolar va tajribalarga bog‘liq. Shaxsiy tashvish doimiy kategoriya bo‘lib, yuqori asabiy faoliyat turi, temperament, xarakter, tarbiya va tashqi omillarga javob berishning orttirilgan strategiyalari bilan belgilanadi. Shaxsiy va situasion tashvish ko‘rsatkichlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.
Yo‘riqnoma: Quyidagi jumlalarning har birini diqqat bilan o‘qing va o‘zingizni qanday his qilayotganingizga qarab, o‘ng tomonga tegishli raqamlarni yozing. Mazkur metodika natijlarini tahlil etishda ikki xil mezon:
– Vaziyatli xavotirlanish (3,4,6,7,9,12,13,14,17,18) (1,2,5,8,10,11,15,16,19,20)
– Shaxsiy tashvish (2,3,4,5,8,11,12,14,15,17,18,20) - (1,6,7,10,13,16,19) + 35) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |