Engib o‘tuvchi xulq-atvor so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari (Man-Uitni kriteriyasi bo‘yicha)
3.5-jadval
Shkalalar
|
Hududiy yo‘nalishlar
|
Sigma
|
P
|
Farg‘ona viloyati
|
BO‘SM
|
Irodaviy matonat
|
3
|
4
|
1
|
0,08
|
Vaziyatni engib o‘tish
|
5
|
3
|
2
|
0,004*
|
Oqilona harakat
|
6
|
8
|
2
|
0,005*
|
Jur’atsizlik
|
4
|
2
|
2
|
0,005*
|
Nazorat
|
3
|
6
|
3
|
0,003**
|
Kechinmalar namoyishi
|
5
|
4
|
1
|
0,10
|
Madad istagi
|
6
|
3
|
4
|
0,003**
|
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sportchi o‘smirlarda psixologik salomatlik shakllanishining psixologik xususiyatlaridan olingan ko‘rsatkichlar engib o‘tuvchi xulq-atvor so‘rovnomasi bo‘yicha irodaviy matonat 3-4 faktori bilan, o‘rtacha farq (0,08) bilan alohida xarakterlangan. (3.5-jadval). Bundan ko‘rinadiki, sportchi o‘smirlarda irodaviy matonat shkalasi standart ball ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtachadan yuqori ekanligini namoyon qilgan. Vaziyatni engib o‘tish shkalasi sportchi o‘smirlarda 5-3 miqdorni namoyon qilganligi va bu natija ularda kasbiy faoliyatga nisbatan tashabbuskorlik o‘rtachadan yuqori darajada rivojlanganligini anglatadi. Oqilona harakat shkalasi 6-8 natijani, ahamiyatli farq (0,005*) ni qayd etgan. V.I. Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, insoning ongini psixik jarayonlar, holatlar va xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning o‘zida ham aqliy ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.
Keyingi shkala jur’atsizlik bo‘yicha 4-2, ular o‘rtasidagi farq (0,005*) miqdor bilan o‘rtachadan past ko‘rsatkichni namoyon qilgan. Sportchi o‘smirlarda nazorat shkalasi bo‘yicha ko‘rsatkich 3-6 daraja bilan o‘zaro farqlangan. Bu ko‘rsatkich standart bal bo‘yicha yuqori ekanligini bildiradi. Navbatdagi shkala kechinmalar namoyishi bo‘yicha sportchi o‘smirlarning natijalari 5-4 ko‘rsatgich bilan o‘rtacha ekanligini namoyon qilgan. Bu esa, ularda kelajakda kasbiy faoliyatga tayyorligi va barqaror shaxs sifatlari shakllanganligidan darak beradi. Madad istagi shkalasi 6-3 alohida xarakterlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |