Sportchi psixologik salomatligini ta’minlashda jismoniy madaniyatning ijtimoy-psixologik xususiyatlari
I BOB. SPORTDA PSIXOLOGIK SALOMATLIKNI TA’MINLASH MUAMMOSINI O‘RGANISHNING ILMIY-PSIXOLOGIK MASALALARI
Download 0.61 Mb.
|
Monografiya SPORTCHI PSIXOLOGIK SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA
I BOB. SPORTDA PSIXOLOGIK SALOMATLIKNI TA’MINLASH MUAMMOSINI O‘RGANISHNING ILMIY-PSIXOLOGIK MASALALARI1.1.Psixologik salomatlikni o‘rganishning ilmiy tabiati va mohiyatiMa’lumki, inson va uning psixologik salomatligi muammosi psixologiya, psixoterapiya, tibbiyot psixologiyasi, sport psixologiyasi kabi sohalar uchun muhim sanalgan ilmiy masalalardan biridir. Biroq, ushbu masalaning to‘liq konseptual, ilmiy va uslubiy asoslari hali fanda deyarlicha to‘liq o‘rganilmagan.Ushbu masalada sohalararo yangi Tadqiqodlarga ehtiyoj juda yuqori hisoblanadi. “Salomatlik” tushunchasi bilan bog‘liq ilk g‘oyalar xorij Tadqiqodchilaridan D.Maks, M.Myurrey, B.Evans, K.Villing, Z. Freyd, A. Adler, A. Maslou, B.D.Prins, J.K.Dvorak, M.T.Xutchisonlarning izlanishlarida o‘z aksini topgan3. Mazkur mualliflar maummoni o‘rganishda norma va patologiya o‘rtasidagi farqlar, salomatlik va bemorning psixologik imkoniyati kabi yo‘nalishlarda tadqiq etishgan. Shu bois, psixologik salomatlik borasida ishlab chiqilgan nazariyalar, ilmiy konsepsiyalar va yondoshuvlar qancha xilma-xil bo‘lmasin, uning hozirgi metodologik asoslari yuzasidan yakuniy qarashlar mavjud emas. Hozirga qadar, salomatlik psixologiyasi to‘g‘risida ishlab chiqilgan nazariyalar nafaqat shaxsning farovonlik xususiyatlariga balki, uni to‘liq qamrab oluvchi sifatlar va xulq-atvor shakllariga ham qaratilgan sanaladi. Shuning uchun, Tadqiqodchilar inson salomatligining tuzilishini turli darajadagi tiplarga ajaratadilar. Misol uchun, V.M.Rozinga ko‘ra, inson salaomatligining quyidagi turlari farqlanadi: somatik, aqliy, psixologik, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy holatlarga ajratadilar4. Inson salomatligining bu turlari hayotiy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Keng ma’noda, psixologik salomatlik shaxsning jismoniy va ijtimoiy farovonligi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Mutaxassis K.Grof asosiy sababi sifatida, ijtimoiy vaziyatlar va keskin iqtisodiy o‘zgarishlar tan olinadi. Asosiy holatda jamiyatning iqtisodiy ahvoli, undagi global o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni kabilar, insonning psixologik salomatligi uchun, ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda5. Ya’ni ommaviy asabiylik, stress, tashvish, ijtimoiy fobiya, affekt kabi psixologik omillar sabab sifatida aytilmoqda. Psixologik salomatlik fenomenini tahlil etishdan oldin, “salomatlik” tushunchasi mohiyatini aniqlab olish zarur sanaladi. Salomatlik tushunchasi ham ma’lim bir tasniflash va tarkiblarga ajaritish holatini talab etadi. G.Vittxen tomonidan “Psixik sog‘lomlik ensiklopediyasi”da ta’riflanishicha, salomatlik bu - nafaqat jismoniy buzilishlar balki, kasalliklarning yo‘qligi, to‘liq jismoniy, ma’naviy, aqliy, ijtimoiy yutuqlar egalik bilan tavsiflanadi6. Yuqori darajadagi salomatlikka ega bo‘lish irqi, dini va siyosiy qarashlari, iqtisodiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir insonning asosiy huquqi hisoblanadi. I.A.Afsaxovning aytishicha esa, “Salomatlik” tushunchasi kasallik bilan bog‘liq qator funksional tizimlar - qon aylanish, ovqat hazm qilish va tana a’zolarida o‘zgarishlarning yo‘qligini ko‘rsatadigan, tananing sog‘lomlik holatini belgilovchi tushunchadir7. Ta’kid joizki, salomatlik muammosini sosiologiya fani ham, o‘ziga xos “meta ijtimoiy” jarayon sifatida ko‘rib chiqi, unda ba’zi hayotiy farovonlik sifatlarini ajratib o‘tadi. Ssiolog L.G.Matros “aholi salomatligi” tushunchasiga alohida e’tibor qaratib, uni quyidagilar bilan tasniflaydi8: – Kasallikdan xoli bo‘lgan hayotning to‘liqligi; – Jamiyatda bemorlarning yo‘qligi ya’ni, to‘liq ma’naviy, fiziologik, ijtimoiy farovonlik holati; – Atrof-muhit bilan uzviy muvozanat, kasallikning yo‘qligi va organizmning tabiiy holati; – Sub’yektning optimal hayotiy faoliyati holati (individual va ijtimoiy to‘kislik); – Shaxs va jamiyat munosabatlaridagi ijobiy miqdoriy va sifat xususiyatlari. Demak, salomatlik nafaqat bir insonga tegishli bo‘lgan balki, jamiyat a’zolariga tegishli bo‘lgan hayotiy farovonlikni belgilovchi mezondir. Salomatlik tushunchasining kognitiv ta’rifi ham ajratilib, unda individual fiziologik, statistik me’yorlardan chetga chiqish tushuniladi. G.S.Nikifirovning yozishicha, salomatlik individual me’yor, fiziologik, statistik, individual me’yorlardan chetga chiqish o‘lchovidir. Shaxs ushbu individual me’yorning sub’yekti bo‘lib, u salomatlik haqida ma’lum bir tushunchaga ega va o‘zining haqiqiy pozisiyasini ushbu tushuncha bilan taqqoslaydi. Ushbu tushunchalar to‘plami “salomatlikning ichki tuzilishi” deb ataladi. O‘z-o‘zini anglash va o‘zini o‘zi qadrlash salomatlikning ichki rasmini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Agar insonning holati, uning sog‘ligining ichki rasmiga mos kelmasa, uning psixologik salomatligi izdan chiqadi9. Aksincha, salomatlik tushunchasi keng ma’noda bo‘lishi mumkin, shu jumladan insonlardagi patologik holatlar ham bunga misoldir. Bu atamaning kelib chiqish tarixiga kelsak, 1929 yilda A.R. Luriya mahalliy tibbiy psixologiya faniga yangi atama – “kasallikning ichki rasmi” tushunchasini kiritdi10. Bundan tashqari, Tadqiqodchi A.B.Orlov ham yangi tushunchalardan foydalangan holda, 1986 yilda “salomatlik psixologiyasi”ga tegishli, o‘zining fundamental konsepsiyasi taklif qilgan11. Qoidaga muvofiq psixologik salomatlik - bu shaxsning to‘liq jismoniy, hissiy va ongli rivojlanishi uchun asos bo‘lgan holatdir. A.A.Novikning aytishicha, psixologik salomatlik, ayniqsa bolalik davridagi buzilishlar, atrof-muhit sharoitlari hamda bolaning psixososial rivojlanishiga ta’sir qiluvchi maktab tarbiyasi, kattalar bilan kechuvchi munosabatlarning roli bilan chambarchas bog‘liqdir12. Ta’limdagi ma’naviy muhit ham, psixologik salomatlikda ahamiyat kasb etib, u ta’lim sub’yektlarini innovasion o‘qitish va malakalarini oshirishni nazarda tutadi. Tibbiyot adabiyoti va amaliyotida “psixologik salomatlik” tushunchasi keng qo‘llanilib, u insonning normal psixososial rivojlanish holati bilan izohlanadi. Bugungi kunda, nevrotik kasalliklarning ko‘payishi nafaqat shifokorlar, balki biologlar, psixologlar va ilmiy Tadqiqodchilar e’tiborga olinayotgan dolzarb muammodir.N.D.Tvorogovaning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda surunkali stress bilan og‘rigan bolalar va katta yoshli bemorlarning soni ko‘paygan13. Bu bolalarning jamoat joylarida tez-tez bo‘lishi, asab tizimiga ta’sir qiluvchi ma’lumotlarning haddan tashqari oqimining ko‘pligi, muloqotda hissiy stressning kuchayishi, bolaning ota-ona nizolariga aralashishi, ba’zan esa, boladan ta’sir etish vositasi sifatida foydalanish kabi omillar bilan bog‘liqligi aytilgan. Natijada, bolalarda uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i, asabiy charchash, nevrotik belgilar, aqliy va jismoniy rivojlanish buzilishlari rivojlanib borgan. V.A. Suxomlinskiy o‘z asarlarida psixologik salomatlikni “bola rivojlanishini ichki va tashqi omillar ta’siri bilan” tushuntirishga harakat qiladi. Salomatlik - bu bolaga berilgan uy vazifasi va uni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlariga ham bog‘liq. Uydagi mustaqil aqliy myehnatning hissiy mazmuni alohida rol o‘ynaydi. Agar bola istamay qo‘liga kitob olsa, uning ma’naviyati zaiflashadi, ichki organlar faoliyatida salbiy o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘qishni yoqtirmaydigan bolalarda ovqat hazm qilish tizimi va oshqozon-ichak kasalliklari kuzatiladi14. Demak, psixologik salomatlik uydagi ta’lim -tarbiyaga ham uzviy bog‘liqdir. A.V.Shuvalovning so‘zlariga ko‘ra, psixologik salomatlik muammosini, tibbiy psixologiya sohasidagi bir qator Tadqiqodlarchilar D.D.Fedotov, A.I.Zaxarov, D.R.Isayev, M.X.Gonopolskiy hamda V.Ye.Drujininlarning izlanishlarida ham ko‘rish mumkin. Ushbu mualliflar psixologik buzilishlarga olib keladigan biologik va ijtimoiy omillar, jumladan, psixofiziologik asoslar, irsiyat va ichki kasalliklarning inson psixikasiga salbiy ta’siri, emosional stress va alkogolga qaramlik kabi masalalarni keng miqyosda tadqiq etishganlar15. Ba’zan, bolalardagi nevrotik reaksiyalar va xatti-harakatlarning buzilishi psixologik salomatlik buzilishining omillaridan biri hisoblanadi. Asosiy ijtimoiy omil – bu bolaning oilada kattalar bilan munosabatlarining buzilishi, uning ruhiyatiga zararli ta’sir ko‘rsatishidir. Shuningdek, maktab yoshidagi bolalarning aqliy operasiyalarni talab qiladigan topshiriq va darslar bilan haddan tashqari yuklanishi psixologik salomatligining yomonlashishiga, charchoqqa olib keladi, psixologik gigiyena zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologik salomatlik buzilishining oldini olish uchun ba’zan, farmakologik choralarni tavsiya qilish ham o‘rinli sanaladi. Umuman olganda, bu qarash o‘sha davrga tegishli psixologiya fanining rivojlanishi, psixologik va psixologik salomatlikning ijtimoiy omillarining o‘rganilish yondoshuvlari bilan bog‘liqdir16. Ya’ni, nyevroz bilan bog‘liq holda psixologik holatning anormalliklari ko‘rib chiqiladi. Bolalar va o‘smirlarda nevrozning patogyenezi, rivojlanayotgan shaxsning aloqa tizimidagi “deformasiyasi”ning buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu esa, keyinchalik nevrotik rivojlanishga olib keladi. V.N.Myasishevning o‘zining “nevrozlar konsepsiyasi”da nevrozlarni organizmni va shaxsning muhim munosabatlariini buzuvchi omil sifatida talqin qiladi17. A.I.Zaxarovning fikricha esa, bolaning nevrozini muvaffaqiyatli davolash uchun avvalambor, ota-onaning shaxsiy xususiyatlari, noto‘g‘ri tarbiya, oilaviy munosabatlarning buzilishi bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir18. Shuni alohida aytish o‘rinliki, salomatlik va psixologik salomatlik masalalarini kasallikda emas, balki kasallikning normal rivojlanishi nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish, faqatgina XX asrning so‘nggi yillarida keng tarqaldi. Xronologik jihatdan qaralganda, psixologik Tadqiqodlarda “psixologik salomatlik” tushunchasi kiritilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan. “Psixologik salomatlik” tushunchasi psixologik lug‘atlarda ko‘p uchramaydi. Faqatgina A.V.Petrovskiy va M.G.Yaroshevskiylar tomonidan tahrir qilingan lug‘atda, psixologik salomatlik – og‘ir psixologik holatlar bo‘lmaganda va atrof-muhitga mos keladigan xatti-harakatlar va harakatlarni boshqaradigan psixologik holatdir19. Biroq, mualliflar tomonidan taklif etilgan ushbu ta’rif ancha sayoz bo‘lib, u quyidagilar bilan xarakterlanadi: – Birinchidan, ushbu ta’rifda hech qanday sifatlar mavjud bo‘lmaganda, psixologik salomatlikni aniqlash o‘ta mushkuldir; – Ikkinchidan, mazkur ta’rif JSST tomonidan qabul qilingan salomatlik ta’rifiga to‘g‘ri kelmaydi, JSST xujjatiga ko‘ra, salomatlik nafaqat bemorning umumiy holati, balki to‘liq jismoniy va ma’naviy farovonligi bilan ta’riflangan. Shuning uchun, mazkur tushunchaning ta’rifiga aniqlik kiritish lozim. Fanda psixologik salomatligi holatini ta’riflash zarurati, birinchi marta XX asrning 90-yillarida rus Tadqiqodchilari tomonidan qayd etilgan. Bu patologiya va inson rivojlanishidagi me’yoriy masalalarni, psixoterapiya va psixologiyaning Tadqiqod yo‘nalishlari bilan o‘rganilish holati bilan uzviy bog‘liqdir. A.B.Xolmogorova, N.G.Garanyanlar psixologik kasalliklarning asosiy epidyemiologik tendensiyalari sifatida depressiya, tushkunlik va xavotir kabi kechinmalar bilan tushuntiradi. Ya’ni, inson genetikasi va biokimyosi nevrozlarga, ya’ni psixologik salomatlik buzilishlariga moyil bo‘lsa-da, ular vaqt o‘tishi bilan, avlodning hayoti davomida tez o‘zgarmaydi va hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi. Ijtimoiy muhitning aksi bo‘lgan, ko‘plab oilalarda hozirgi kunda, qabul qilingan qadriyatlar amal qilishda buzilishlar kuzatilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida olib borilgan Tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, depressiv kasalliklarga chalingan bolalar qat’iy talab va chyeklovlarga duchor bo‘ladilar va tanqid va jazo ko‘pincha, vazifalar bajarilmagan taqdirda qo‘llaniladi20. Depressiya – eng og‘ir ijtimoiy kasalliklardan biri bo‘lib, shaxsning omad va muvaffaqiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hissiy buzilishlar, bugungi jamiyatning madaniy muhitiga xos bo‘lgan oqilonalik va vazminlikni saqlash, omad va muvaffaqiyatga intilish, kuch va raqobatga bo‘lgan harakatlarning buzilishi bilan xarakterlanadi. G.L.Apanasenkoning so‘zlariga ko‘ra, psixologik salomatlik - eng avvalo, turli psixik jarayonlar va sifatlar o‘rtasidagi mutanosiblik, affyekt va intellyekt o‘rtasidagi mutanosiblik, ya’ni his-tuyg‘ularni ongli ravishda boshqarish qobiliyati, ularni erkin ifodalash qobiliyatidir21. Chet еlda bu tamoyillar psixologik salomatlik tizimining faoliyatini belgilaydi. B.S.Bratus insonning aqliy apparatini iyerarxik nuqtai- nazardan ko‘rib chiqib, ungi antik davr g‘oyalari mazmunida yondashadi. Bunda “Ruh” va “tana”ni salomatlikni belgilovchi birinchi bosqich deb ta’kidlaydi22. Keyinchalik, bo‘linishning uchta darajasi mavjud: “tana”, “jon”, “ruh”. Ba’zi yondashuvlarda ushbu jarayonni, ikki yoki uch darajaga bo‘lish ham keng tarqalgan. Ilmiy manbalarda, psixologik salomatlik iyerarxik yo‘nalishga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Psixologik salomatlik bir xil tuzilma emas, balki ko‘p bosqichli murakkab tuzilmadir. Psixologik salomatlikning yuqori darajasi shaxsiy ma’no sifati yoki shaxsiy salomatlik, insoniy senmantik munosabatlarning sifati bilan belgilanadi. Keyingi daraja individual psixologik salomatlik darajasiga, shaxsning mazmunli intilishlarini adekvat ravishda amalga oshirish yo‘lini yaratish qobiliyatiga bog‘liq sanaladi. L.I.Kuznesovning aytishicha, psixofiziologik salomatlikning uchinchi darajasi esa, psixik harakatlarning ichki neyrofiziologik tashkil etilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixofiziologik salomatlik darajasi biologik irsiy omillar bilan bog‘liq, qolgan ikki daraja psixologik va ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari bilan bog‘liqdir23. Ya. Korchak “psixologik salomatlik” atamasini qo‘llamasa-da, u bolaning xulqiga yo‘naltirilgan tarbiya, uning ma’naviyati va kuch-g‘ayratini bostirish natijasida odobli, itoatkor, yaxshi, qulay va zaif bo‘lib qolishini ta’kidlaydi24. Shuningdek, muallifning aytishicha, inson hayoti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan funksional darajalarda amalga oshiriladi: biologik, psixologik, ijtimoiy. Ushbu darajalarning har birida inson salomatligi o‘ziga xosdir kechadi. Biologik darajada salomatlik barcha ichki organlarning dinamik muvozanatiga va ularning tashqi muhitga adekvat javob berishiga asoslanadi. Psixologik darajada sog‘liq muammolari shaxsiy tushunchasi ko‘rib chiqiladi. Ushbu muammoni hal qilish sog‘lom odam qanday ko‘rinishini tushunishga yordam beradi. Rossiyalik psixiatr N.K.Korsakov ta’kidlaganidek, shaxs xususiyatlari qanchalik o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, shaxs shunchalik barqaror bo‘ladi, uning yaxlitligiga to‘sqinlik qiluvchi ta’sirlarga bardosh bera oladi. Ikki kishining psixologik salomatligining yomonlashishi, salbiy xatti-harakatlarning ustunligi, ma’naviy dunyoda og‘ishlar, qadriyatlarni noto‘g‘ri tanlash bilan bog‘liqdir deb ta’kidlaydi25. Psixologik darajadan ijtimoiy darajaga o‘tish shartlidir. Shaxsning psixologik sifatlari ijtimoiy munosabatlar tizimidan tashqarida yuzaga kelmaydi. S.P.Mironovning yozishicha, psixologik salomatlik turli ijtimoiy aloqalar, masalan, oila, do‘stlar va qarindoshlar, ish, dam olish, diniy va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarga keng ta’sir qiladi. Ushbu ta’sirlarning natijasi ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tizimda faqat psixologik sog‘lom odamlar faol ishtirok etadilar26. Zamonaviy psixologiya yo‘nalishida tabiiy fanlarning bir yoqlama ta’siridan chiqib ketish tendensiyasi mavjud. Ilmiy psixologiya inson hayotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar haqida aniq bilim olish zarurati bilan keng qiziqmoqda. psixik me’yor tushunchasida inson o‘zini psixikaga ega bo‘lgan boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan fazilatlarga tayanishi kerakligini ta’kidlaydi. Bolalarda psixologik salomatlik anomaliyalari mavjud. V.V.Vetrovaning fikricha, bolaning sub’yektiv holati atrof-muhit bilan bevosita bog‘liqdir27. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida olib borilgan Tadqiqodlarga asoslanib, psixologik salomatlik buzilishining kattalar bilan aloqasi ko‘proq disharmonik muhitda yashovchi bolalarda uchraydi. Bolalikdagi psixologik salomatlik buzilishlarining eng keng tarqalgan shakli – bu psixogyenez - aqliy faoliyatdagi engil og‘ishlardir. Fanda “salomatlik” va “psixologik salomatlik” tushunchalari bir vaqtda qo‘llaniladi. Birinchisi tibbiy toifa, ikkinchisi amaliy psixologik xizmatning maqsadida o‘rin olgan masaladir. Psixologik salomatlik buzilishlari nevropsixiyatrik bemorlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Psixologik salomatlikning buzilishi emosional beqarorlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu ijtimoiy moslashuvga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni tashvishning kuchayishi, o‘ziga nisbatan salbiy munosabatning shakllanishi, o‘zini o‘zi qadrlashning pasayishi, beqarorlik, qobiliyatsizlik. Tadqiqodchilar psixologik salomatlikning psixologik jihatlarini tasniflab, bolaning psixologik buzilishlarini o‘rganishdan uni stress ta’siridan himoya qiluvchi omillarni tahlil qilishga o‘tdilar. Psixologlar oldida shaxsning ichki zaxiralarini faollashtiradigan va kuchaytiruvchi usullar va mexanizmlarni, aqliy va psixologik salomatlikni saqlash va ta’minlashga yordam berish usullarini topish vazifasi turibdi. Xalq ta’limi sohasida psixologik xizmat ko‘rsatish doirasida bolalarning psixologik va psixologik salomatligi masalalari bilan quyidagi mualliflar shug‘ullanadi: A.M.Prixojan, N.N.Tolstix, IV Dubrovina, N.I.Gutkina, V.V.Zasepin, V.Ye.Pahalyan, televizor Voxmyanina, A.B.Nikolava, N.V. Shurova, A.D.Andreyeva, A.AVoronova, Ye.Ye.Danilova, D.V. Lubovskiy, V.I. Ekimova28. A.M. Prixojanning Tadqiqodlari shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda bolaning tashvishi va kuchli qo‘rquvi ota-onalarni maktab psixologidan yordam so‘rashga undaydi. 1980-1993 yillarda o‘tkazilgan maxsus tadqiqodlar shuni ko‘rsatadiki, tashvishli bolalar soni 12-16% dan 72-75% gacha o‘sgan. Bolalardagi tashvish darajasi, yosh normasiga mos kelmadi va u ancha yuqori edi. Boshlang‘ich sinflarda tashvishli bolalar sonining ko‘payishi bilan birga, tashvish shakllari ham mavjud kuzatilgan. Odatda kattalarga xos chuqur uy, shaxsiy muammolar bilan bog‘liq masalalar shular jumlasidandir. Shaxs psixologik salomatligining muhim xususiyati bu, hayot maqsadini mustaqil ravishda aniqlash, o‘z kelajak istiqbollarini oldindan bashorat qila olish qobiliyatidir. Bolaning umumiy jismoniy va psixologik salomatligi ko‘plab omillarga bog‘liq: to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam, toza havo, jismoniy faollik, ta’lim faoliyati, psixologik qulaylik. N.I.Gutkina psixologik qulaylikni psixosomatik bemorlarning oldini olish sharti deb hisoblaydi. Bolaning ehtiyojlari puchga chiqqanda, juda tez-tez psixologik noqulaylik paydo bo‘ladi. Bunga sabab, onaning e’tibori va g‘amxo‘rligining etishmasligi natijasida yuzaga keldi. T.D.Azarnixning bolalarning sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan sabablarni o‘rganar ekan, u bola va kattalar o‘rtasidagi munosabatlarni psixologik salomatligining asosiy sharti hisoblanib, u bolalarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan manba sifatida qaraladi. Bola o‘z sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligini baholash mexanizmlarini kattalardan o‘rganadi. Qizlardagi psixologik qulaylik jismoniy jozibadorlik hissi bilan bog‘liq. O‘g‘il bolalarda bunday aloqa aniqlanmaydi, u faqat o‘smirlik davrida kuzatiladi29. Aholining madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlari omillarini hisobga olish kerak. Salomatlik psixologiyasi klinik psixologiyaning bir qismi bo‘lgan, bemor psixologiyasiga nisbatan yangi ilmiy yo‘nalishdir30. Tadqiqod muammosi kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib keladigan psixologik omillarni va bemorning shaxsga ta’sirini, davolashning psixologik jihatlarini ochib berishga qaratilgandir. Oddiy va g‘ayritabiiy sharoitlar o‘rtasidagi farq salomatlik holatini kvalifikasiya qilish uchun asosdir. Maxsus ilmiy yo‘nalish bo‘lgan salomatlik psixologiyasi insonning ma’naviy salomatligini saqlash va tiklash bo‘yicha amaliy Tadqiqodlar uchun qiziqish uyg‘otadi. Normlar muammosi psixologiya fanida eng dolzarb, murakkab muammo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu muammoning rivojlanishi psixik me’yorni rivojlanish me’yori sifatida tushunish, psixikaning tabiatini o‘rganish sohasining kengayishi va inson psixologiyasiga munosabatning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Tadqiqodchilar I.V.Dubrovina va Ye.Ye.Danilovalarning aytishicha, psixologik salomatlikni individual rivojlanishning to‘liqligi va boyligi nuqtai -nazaridan ko‘rib chiqishning katta istiqbollari mavjud. Mualliflar tomonidan taklif qilingan psixologik salomatlikning psixologik jihati bolaning ichki dunyosiga e’tibor berishni talab qiladi: uning o‘ziga ishonchi, ishonchsizlik yoki o‘ziga ishonchsizlik, o‘z-o‘zini anglash; manfaatlar; odamlarga, dunyoga, jamiyatdagi voqealarga, hayotga va boshqalarga munosabat31. “Psixologik salomatlik” atamasining fanga kiritilishi- inson bilishining gumanitar metodologiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq sanaladi. Psixologik salomatlik - salomatlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu masalaning holati va rivojlanishi bola bilan pedagogik va psixologik ish dasturiga kerakli hissa qo‘shmaydi. Tadqiqodlar maktabgacha ta’limdan to o‘smirlik davrigacha, bo‘lgan davrni qamrab olgan, bolalar va o‘smirlarning psixologik salomatligini saqlash va mustahkamlashning muhim jihatlarini chuqur ko‘rib chiqishga qaratilgan. Ta’limdava boshqa mashg‘ulotlarda bolalarning individual xususiyatlarini, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bolaning individual psixologik xususiyatlari (maktab nevrozlari, tashvish, qo‘rquv, o‘ziga ishonchsizlik va boshqalar) o‘qituvchilar va shifokorlar tomonidan hisobga olinmaydi. Sportchining sport faoliyatini oshiradigan, g‘ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g‘azablanish hislari stenik hissiyotlar qatoriga kiradi. Sportchining sport faoliyatini pasaytiradigan, g‘ayratini susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. G‘am, g‘ussa, ma’yuslik, afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir. Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik protsesslar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Masalan, emotsional kechinmalar chog‘ida qon aylanishi o‘zgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chog‘ida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chog‘ida esa odam oqaradi yoki bo‘zaradi. Emotsional protsesslarning yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi shu qadar ayon sezilib turadiki, hatto oddiy tilda “his” bilan “yurak” degan so‘z bir-biriga o‘xshash ma’noda ishlatiladi. Emotsional kechinmalar vaqtida nafas olish ham o‘zgaradi: Ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi. Ayrim kechinmalar vaqtida esa nafas olish susayadi. Shuningdek, ovqat hazm qilish protsesslari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o‘zgaradi. Emotsional protsesslar butun organizmning faoliyatiga ta’sir qiladi. Bundan kelib chiqib hissiyotlar sportchi sog‘lig‘iga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamdagi hissiyotning fiziologik asosi avvalo bosh miya po‘stida sodir bo‘ladigan jarayonlardir. Bosh miya po‘sti hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, miya yarim sharlari olib tashlangan hayvonlar eng arzimas sabablar bilan muttasil va shu bilan birga kuchli ravishda hayajonga kela beradi. Miya po‘sti zaiflashganligi natijasida bet muskullari falaj bo‘lgan kishilar har xil narsalarga va hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattiq kula beradilar. Bosh miya po‘stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil ta’surot bu ta’sirotga butunlay muvofiq bo‘lmagan teskari emotsional alomatlarni qo‘zg‘atadi-kuldiradi yoki yig‘latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko‘pincha o‘zlari kulib tursalar ham, aslida g‘amgin bo‘ladilar, ko‘z yoshi to‘ka turib esa xursandlik his qiladilar. I.P.Pavlov tarkib topgan dinamik stereoptik faoliyatidagi buzilishlar ko‘pgina hissiyotlarning fiziologik asosi ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. U dinamik stereoptikdagi buzilish xilarni ko‘p kuzatish natijasida chiqarilgan xulosani ta’kidlab bunday yozadi: “Mening fikrimcha, katta miya yarim sharlaridagi boya bayon qilingan fiziologik protsessorlarni, odatda, o‘zimizga sube’ktiv tarzda, umuman ijobiy va salbiy deb ataydigan hislarga muvofiq keladi deb o‘ylash uchun yetarli asos bor... Bular qiyinlik va yengil tortish hissi, tetiklik va charchash hissi, mamnunlik va norozilik, suyunish, tantana va umidsizlik hissi va hokazo. Meningcha ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida, odat bo‘lib qolgan bironta mashg‘ulot to‘htatilganida, yaqin kishilardan judo bo‘lganda, aqliy istirob chog‘ida, maslak va e’tiqodlarda keskin burilishlar ro‘y bergan chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi huddi eski dinamik stereoptikning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi yangi dinamik stereoptikning qiyinlik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak”. Hissiyotlar bosh miya po‘stining osti qismlari faoliyati bilan ham bog‘langandir. Jumladan, ko‘rish bo‘rti hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazlaridir. Buni shu bilan isbot qilish mumkinki, ko‘rish bo‘rtig‘ining shikastlanish natijasida, hissiyotning ifodalovchi harakatlari ham izdan chiqadi. Bosh miya po‘sti ostidagi markazlardan mahrum bo‘lgan hayvonlarda hissiyotlarni ifodalovchi harakat belgilari bo‘lmaydi. Bosh miya po‘sti ostidagi qismlarda vegetativ nerv sistemasini boshqaruvchi markazlar bor. Bu markazlar emotsional kechinmalar bilan mustahkam bolangandir. Ba’zi hissiyotlar vegetativ nerv sisemasining faoliyatining hamda bu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatini oshib ketganligi sababli tug‘iladi. Shu sababli, ba’zi emotsional kechinmalar vaqtida qon aylanish organlarini faoliyati, ovqat hazm qiladigan organlar faoliyati kuchayganligini, nafas olish o‘zgarganligini, ko‘z nurlanishini, rangni qizarganligini ko‘ramiz va hakozo. Bunday hollarda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib ketib ular nerv sistemasini ozuqlantiruvchi va qo‘zg‘atuvchi kerakli moddalarni organizimga ajratib beradi. Bunday emotsional holat chog‘ida biz g‘ayratimiz oshib ketganligini sezamiz, o‘zimizni bardam, ishchan his qilamiz. Aksincha boshqa ba’zi bir hissiyotlar vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va shu sistema boshqarayotgan organlar faoliyatining pasayishi sababli tug‘iladi. Qayg‘u, g‘am, qo‘rquv singari mana shunday salbiy emotsiyalar chog‘ida qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish o‘zgaradi, kishining rangi oqarib bo‘zarib ketadi, uning ko‘zlari nursizlanadi va hokazo. Ba’zi salbiy hissiyotlar masalan, g‘azab, vahima ba’zan vegetativ nerv sistemasining faoliyatini oshirib boradi. Lekin bunday hollarda ham shu hissiyotlarning salbiy xarakteri shu narsada namoyon bo‘ladiki, bunday hissiyotlar tugashi bilan organizm bo‘shashib ketadi, kishining tinkasi quriydi, ba’zan kishida alohida asabiy betoblik vujudga keladi. Biz o‘zimiz sababini anglamagan emotsional holatning, ya’ni bizga sababi ma’lum bo‘lmagan tuyg‘ularning bizda tug‘ulishi vegetativ nerv sistemasi va bu sistema boshqaradigan organlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Chunonchi, odamda ba’zan besabab xushchaqchaqlik, besabab xavotirlanish, ko‘ngil g‘ashlik va shu kabi holatlar paydo bo‘ladi. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, vegetativ nerv sistemasi bosh miya po‘sti bilan bog‘langan bo‘lib, odam organizmida bo‘ladigan vegetativ protsesslarning hammasi bosh miya po‘stiga bo‘ysunadi. I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, nerv sistemasining oliy bo‘limi bo‘lgan bosh miya “badanda bo‘ladigan hodisalarning hammasini idora qilib turadi.” Bundan chiqadigan xulosa shuki, emotsional kechinmalarning hammasi bosh miya po‘stining faoliyati bilan ma’lum darajada bog‘langandir. Ikkinchi signal sistemasi odamning emotsional kechinmalarida katta rol o‘ynaydi. Ikkinchi signal sistemasidagi bog‘lanishlar insoniy oliy hislarning-intellektual, axloqiy, estetik hislarning nerv fiziologik asosidir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan uzulmas ravishda bog‘langanligi va shu orqali bosh miya po‘sti ostidagi qismning faoliyatiga ta’sir qilib turish sababli, odam o‘z hissiyotlarini ongli ravishda o‘zi boshqarib tura oladi. Psixik protsesslarning hammasi organizmning tashqi o‘zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol ifoyadalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o‘zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko‘rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini-yu xursandmi, yoki hafami, g‘azablanganmi yoki biror nimadan qo‘rqib turganmi, unda muhabbat paydo bo‘lganmi yoki nafrat paydo bo‘lganmi, shodlik paydo bo‘lganmi yoki uyalish paydo bo‘lganmi, xullas, mana shu hislarning ko‘pini aytib bera olamiz. Rang ko‘r, hol so‘r, degan hikmatli so‘zning psixologik ma’nosi bunga misol bo‘la oladi. Hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi. Emotsional kechinmalar avvalo muskullarning ixtiyorsiz bo‘ladigan harakatlarida ifodalanadi. Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug‘durgan narsa tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni tug‘dirgan narsadan teskari tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Masalan: biz bir badiiy sur’atni ko‘rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug‘iladi, shuning uchun beixtiyor shu sura’tga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin do‘stimiz bilan to‘satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do‘stimiz tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin borib qolganimizni o‘zimiz ham sezmay qolamiz. Ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz ham shu hisni tug‘dirgan narsadan chetlashishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, g‘azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo‘lgan narsa tomonga yo‘naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo‘q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug‘iladi va biz shunga intilamiz. Hissiyotlar paydo bo‘lish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jihatidan bir- biridan farq qiladi. Emotsional kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo‘ladi. Ba’zan hissiyotlar juda tez, to‘satdan darhol paydo bo‘ladi, masalan, kishi birdan xursand bo‘lib ketadi, darhol g‘azab keladi, darhol achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba’zan shu hissiyotlarning o‘zi to‘satdan qo‘zg‘almaydi, balki asta sekin tug‘ila boshlaydi. Xursandlik ham, g‘azab ham, qo‘rquv ham asta sekin qo‘zg‘aladi. (Bunday holatni biz “qo‘rqqanligi” yoki “suyunganligi darrov bilinmaydi” deb aytamiz). Lekin shunday emotsional kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo‘lganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo‘lmaydi. Masalan: bizdagi kayfiyatlarning ko‘pchiligi shular jumlasiga kiradi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo‘lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli yoki yoqimsiz tuyg‘ularning naqadar kuchli bo‘lishidadir. Shuning uchun ham “juda xursand bo‘ldim”, “unchalik yoqmadi” va shu kabi iboralar ishlatiladi. Sub’ektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi. Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) protsesslarga ham sezilarli ravishda ta’sir qiladi. Emotsional qo‘zg‘alishning ma’lum bir darajasida intellektual protsesslar kuchayadi: idrok va tasavvur yaqqolroq bo‘ladi,tafakkur protsesslari jadallashadi. Lekin ba’zan-ayniqsa kuchli emotsional kechinmalar vaqtida-intellektual protsesslar cheklanadi, sustlashadi va hatto aql-farosat qochadi. Odam o‘z hissiyotlarini tiyib tura olmagan paytlarida ko‘proq shunday bo‘ladi. Paydo bo‘lgan tasavvurlar va fikrlar to‘htalib qoladi yoki yo‘qoladi, mantiqiy bog‘lanishlar susayadi, tafakkurning kontrollik qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo‘shashadi yoki butunlay to‘htab qoladi. Odam mana shunday qattiq emotsional istirob holatida qattiq hayajonga tushgan yoki hovliqqan paytlarida ko‘pincha nojo‘ya ishlar qilib qo‘yadi, mantiqqa sig‘maydigan, subyektiv, haqsiz, g‘arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi, o‘z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi. Agar kuchli hissiyotlarni bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning printsiplarimiz tufayli tug‘ilgan bo‘lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi. Ifodalovchi harakatlarning muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nuqtadagi eng sezilarli o‘zgarishlar bilan birga kuchayishi yoki kuchsizlanishi sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada ekanligini bildirib turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo‘lsa, uning sirtqi ko‘rinishi shu qadar ifodali bo‘ladi. Muayyan narsaga zo‘r intilish bilan namoyon bo‘ladigan kuchli hissiyotlar katta-katta to‘siqlarni yenga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi. Sensor hissiyotdan farqli bo‘lgan emotsional hissiyot his-tuyg‘ular paydo bo‘lishining tezligi va kuchi bilan belgilanadi. Emotsional kechinmalar qanchalik uzoq davom qilishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Emotsional xotira his-tuyg‘ular bilan bog‘liq, xotira bo‘lib, bizning ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizning qanday qondirilayotganligini bildiradi. Shuningdek, bizning atrof voqeylikka bo‘lgan munosabatimiz qanday ekanligini ham ko‘rsatadi. Xotiramizda saqlanib turgan hissiy tuyg‘ular tiklanganda bizni harakatga chorlashi yohud o‘tmishda salbiy kechinmalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, harakatlardan qiyilishga undovchi signallar sifatida amal qilish mumkin. Psixologiya fanida emotsional xotira va uning tabiati haqida turli qarashlar bo‘lgan. 1908-1913 yillari psixologiyada emotsional xotira masalalari bo‘yicha qizg‘in tortishuvlar ketdi. Fransuz psixologi Ribo bir qator fiziologik va psixologik dalillar keltirib emotsional xotira mavjudligini himoya qilib chiqdi.32 1908 yili Geydelberg shahrida bo‘lib o‘tgan psixologlar kongressida nemis psixologi Kolge emotsional xotiraning mavjudligini inkor etib chiqdi. Bunda u o‘zi o‘tkazgan va subyekt xarakterga ega bo‘lgan tajribalarni misol keltirib, tajribada qatnashganlar ixtiyoriy ravishda tavsiya etilgan. Hissiy kechinmalarni keyinchalik eslay olmaganliklarini asos qilib keltiradi. Psixologlar o‘rtasida shuningdek qaysi hissiy kechinma-yoqimli yoki yoqimsiz emotsiya yaxshiroq saqlanib qoladi?-degan masala ustida ham bahs ketgan. Nemis psixologi Ebbingauz fikricha, insonning xursandchiligi lazzatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan kechinmalar xotirada yaxshi saqlanib qoladi. Freydizm tarafdorlarining fikricha, yoqimsiz taasurot va kechinmalar nafaqat yomon saqlanib qoladi, hatto xotiradan ham siqib chiqariladi. Freyd ishlarida yoqimsiz, mudhish kechinmalarni tug‘diradigan taassurotlar hohlamasdan eslanadi va uni unutishga harakat qilinadi, deb ko‘rsatiladi. Ijobiy kechinmalar xotirada yaxshi saqlanib qoladi, deb fikr bildirgan psixologlarni tanqid qilgan psixolog P.P.Blanskiy aksincha, narsalar uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi deydi. Emotsional xotirani yoqimli yoki yoqimsizligiga qarab saqlanib turishi haqidagi bu xil qarashlarni mashhur psixolog S.L.Rubinshteyn tanqid qildi. “Bir xil sharoitlar mavjud bo‘lganda.-deb yozadi u,emotsiyaga boy kechinmalar, emotsiyasiz kechinmalarga nisbatan yaxshi saqlanib qoladi. Bunda shaxsga muhim va zarurligiga qarab bir o‘rinda yoqimli yana bu o‘rinda yoqimsiz kechinmalar yaxshiroq saqlanib qolishi mumkin”. Kuzatash va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, organizm uchun foydali yoki zararli bo‘lgan narsalar bilan bog‘liq hissiy kechinmalar xotirada ixtiyorsiz ravishda saqlanib qolar ekan. Xursandchilik va lazzatlanish tug‘diradigan hodisa, voqea va narsalar ishlar jumlasiga kiradi. Masalan, juda chanqab kelib buloqning muzdek shirin suvidan ichdingiz. Endi har safar shu yerga kelsangiz, sizda ijobiy kechinma tug‘iladi. Huddi shuningdek salbiy kechinmalar tug‘diradigan og‘riq, qo‘rquv, tajovvuzkorlik, ochlik holatlari ham esda olib qolinadi. Chunki bular organizmning yashab turishi uchun havfli va zararli narsalar hisoblanadi.33 Ba’zan sportchining ruhiy travma (jarohat) oldi deylik raqibidan qaqshatgich zarba yegan, yengilgan sportchi, keyinchalik uni oldida o‘zini dadil tuta olmaydi. Qo‘rquv, ishonchsizlik hukmronlik qilib turadi. Shuning uchun ham bazi sportchilar, jamoalar ancha kuchli raqibini yengadiyu, lekin kuchsizroq raqibini har safar yenga olmaydi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarning hammasi ham xotirada saqlanib turmaydi. Biz uchun ahamiyatini yo‘qotgan voqealar unutiladi. Sport mashqlarining bajarayotgan vaqtidagi emotsional reaktsiyalarning namoyon bo‘lishi turli xil bo‘ladi. Bulardan biri ijobiy reaktsiya bo‘lib, musobaqa oldidan emotsional ko‘tarinkilik, yaxshi mashqlanish natijasida o‘z kuchiga ishonch hissi, qalbi hissi kabilar. Ikkinchisi salbiy emotsional reaktsiya bo‘lib, raqibidan qo‘rqish, vahimaga tushish, qalbiga ishonchsizlik kabi holatlarda ko‘rinadi. Bu xil salbiy emotsioial holatlar nerv sistemalari faoliyatiga, sportchi reaktsiyalariga, umuman sportchining ishchanligiga, uni malum jismoniy harakatlarni bajarishga, musobaqaga tayyorlik darajasiga ta’sir etadi. Bu xil holatlarning takrorlanib turishi sportchida mustahkamlanib, barqaror bo‘lib qolishi, o‘xshash vaziyat bo‘lishi bilan yana takrorlanishi mumkin. Shuning uchun ayrim sportchilar musobaqa oldidan o‘zlarini har xil tutadilar. Masalan, bir futbolchi stadionni to‘ldirib o‘tirgan ishqibozlarning qiyqiriqlaridan ruxlansa, ikkinchi bir futbolchi vahimaga tushishi mumkin. Salbiy emotsional tushish sportchining natijalariga so‘zsiz ta’sir etadi. Bunga qarshi kurashish kerak. Buni oldini olish uchun qaysi holatlarda sportchida salbiy reaktsiyalarni vujudga keltirganligini aniqlash zarur. Muvaffaqiyatsizlik bilan bajarilgan mashq natijasida vujudga kelgan og‘riq, jarohat sportchida shu mashqlarni qayta bajarayotganda salbiy hissiyotni tug‘diradi. Bu esa sportchi harakatlarida tormozlanishni yoki harakatlar kordinatsiyasini buzilishiga olib keladi. By holat bir necha marta takrorlangach, sportchida ruhiy jarohat hosil bo‘ladiki, uni yengib o‘tish sportchi va uning ustozidan katta kuch va jismoniy harakatlarni talab qiladi. Lekin muvaffaqiyatsizlik bilan bajarilgan mashqdan keyin tug‘iladigan salbiy emotsiyalar sportchining tajribasiga va mahorat darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkim ekan. Masalan: birinchi razryadli gimnastikachilarda va sport ustasi bo‘lgan sport gimnastkachilarida ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikdan keyin qo‘yilgan hatoni topishga intilish bo‘lgan holda, 3,2 razryadli gimnastikachilar biror snariyaddan yiqilsa, yoki muvaffaqiyatsiz harakatdan keyin, shu snaryaddan qo‘rqishi, o‘zini majburlab bo‘lsa ham mashqni bajarayotganda harakat koordinatsiyalarining buzilishi, tormozlanish kuzatilgan. Muvaffaqiyatsizlikdan keyin vujudga keladigan emotsional holatning Yuqori kvalifikatsiyadagi sportchilarda mustahkamlanmasdan kelishi va aksincha boshlovchi sportchilarda mustahkamlanishi bosh miya po‘stlog‘ida shartli bog‘lanishlar bilan bog‘liq differentsiyalanishning (qo‘llanishning) vujudga kelishi bilan bog‘lash mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling