Sportchilarning oqilona ovqatlanishi
Respublikamizning issiq iqlimi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
8-amaliyyy.
Respublikamizning issiq iqlimi sportchilar vujudiga kuchli
ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. Yuqori harorat quruq havo, davomli quyosh nuri tanadagi ko'pgina fiziologik-biokimyoviv jarayonlarni o ‘zgartirib yuborishi mumkin. Xususan, bunday paytda ovqatlanislming qanday bolishi kerakligi haqida to'xtalganda dastavval, shuni qayd qilish lozimki, sanab o‘tilgan omillar ta’sirida kishi ko‘p suv va u bilan birga ko‘pgina mineral moddalar yo'qotadi. Issiq harorat ishtahani bo‘g‘ib, m e’da-ichak tizimida oziq moddalarini parehalaydigan fermentlar faolligini ko‘pincha pasaytirib yuboradi, shuning uchun hazm jarayonlari qiyinlashadi. Buning ustiga kuchli jismoniy mashqlar bajarish ovqat hazm bo'lishi bilan bog'liq jarayonlarni yanada murakkablashtiradi. Havo issiq bo'lgan paytda jismoniy ish bajarishning qanchalik qiymligini ko4pchilik tasaw ur qila oladi, lekin uning fiziologik-biokimyoviy mohiyatini tushunib yetish hamma uchun, ayniqsa, sportchilar uchun foydadan xoli emas. Gap shundaki, iste’moldagi har qanday ovqat tanada moddalar almashinuvining birmuncha kuchayishiga olib keladi. bu holat ovqatning spetsifik-dinamik ta’siri deyiladi. U oqsilii ovqat, avniqsa, qocy go'shti ko‘p yeyilganida eng yuqori boladi. Issiq paytda shunday ovqat iste’mol qilinib, kuchli jismoniy mashq bajarilsa, tashqi harorat ta’siri, yeyilgan ovqatning spetsifik- dinamik ta’siri va bajariladigan jismoniy mashq tufayli tana haroratining oshib ketishi bilan bog'liq rich tomonlama zoliqish kuzatiladi. Shuning uchun ham bunday sharoitlarda mashq qilishda har bir sportchi va murabbivdan ovqatlanish omiliga alohida e’tibor berish talab qilinadi. 314 www.ziyouz.com kutubxonasi A w alo, sportchi ovqatida mineral moddalardan natriy, fosfor, kalsiy temir hamda vitaminlar birmuncha k o ‘paytirilishi zarur va buning uchun iste’mol qilinadigan osh tuzi miqdori 25-30 g ga yetkazilishi kerak. Yana mineral moddalar majmuasidan iborat maxsus aralashmalar, mineral suvlar va servitamin kofckatlardan muntazam iste’mol qilib turish zarur. Issiq iqlim sharoitida, ayniqsa, suv ichish tartibiga ko‘p e ’tibor berish m a’qul, chunki ko‘p terlash tufayli suv va mineral moddalar tanadan chiqib ketiK kishi chanqaydi. Bunday paytlarda k o ‘p suv ichishning foydasi kam. Eng yaxshisi mevalardan tayyorlangan sharbatlar, mineral suvlar, ко"к choy hamda yozda biz sevib ichadigan ko‘katli ayron iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Issiq paytda ovqatlanish rejimi o‘zgacha boiadi. Birinchidan, kunning issiq soatlarida mashq o ‘tkazilmasdan, uning, asosan, kechga yaqin, salqin tusha boshlagandan keyin amalga oshirilgani m a’qul. Shunga yarasha ovqatlanish rejimi ham o'zgartiriladi. Odatda, ertalabki yengil nonushtadan keyin tushlik ham oson hazm boiadigan, quw ati yetarli, oqsilli, kam yog4li ovqatdan iborat bo‘lishi kerak. Bunday ovqatning eng m a’quli qaynatma sho^rva bo‘lib hisoblanadi, unga go‘sh t kartoshka, sholg‘om, no‘xat, yog' va ko'katlar solib tayyorlansa, sportchi vujudi uchun juda foydalidir. Yana ko‘kat, bodring, pishirilgan go‘sht, no4xat solib tayyorlangan ayron ham bu o ‘rinda juda foydali bo‘ladi. Mashq qilish kunning salqin soatlariga qoldirilganligi tufayli shug‘ullanishdan 2 soat oldin yengilgina ikkinchi tushlik qilib olish mumkin. Issiq iqlimli o‘lkalarda ovqatlanish masalasida asosiy e’tibor kechki ovqatga qaratiladi. Bunday tartib respublikamizda yashaydiganlaming barchasiga ayon. Odatda, oqshom chog‘i, salqin tushganidan keyin o‘zbek xonadonida kechki ovqatga 315 www.ziyouz.com kutubxonasi oiiriladi va u miqdor jihatdan ham, quw at jihatdan ham nonushta va tushlikdan ko‘p boiadi. Bu xil ovqatlanish sportchilar hayotida ham o ‘z o'mini egallashi kerak. Kechki ovqat, aytganimizdek, yuqori kaloriyali b o iib , uyqudan kamida 2-3 soat oldin yeyilishi maqsadga muvofiqdir. Sportchi ovqatlanishining maqsadga muvofiqligini aniqlashda 2 ta ko'rsatkich muhim. В ular dan birinchisi—tana vaznini doimiy ravishda kuzatih horish. Buning uchun vaznni maxsus tarozida oichash ertaiab nonushtagacha doim bir xil kiyimda olib boriiishi kerak. Agar bu ko'rsatkich umumiy mushak vazni oshmasdan ko'paysa yoki tanadagi suv va yogiiing ozaymasligidan kamaysa, tegishli ravishda, ovqatlanishning me’yordan ortiq yoki kam boiayotganligi haqida xulosa qilish mumkin. Ikkinchi ko 'rsatkich shundan iboratki, sportchi mashq qilish va dam olish jarayonlarida o'zini lanj, o g ‘ir, holsiz sezmasligi, ortiqcha q o ‘z g ‘aluvchan bo Imasligi kerak, aksincha, и mashqlardan keyin yaxshi kayfiyatda va о ‘zini у engil his etishi kerak Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling