«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavsifi»


Download 340 Kb.
bet4/23
Sana05.01.2022
Hajmi340 Kb.
#228613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavs

I BOB. 1.1. ADABIYoTLAR TAHLILI

Bu bo’limda, biz mavzu bo’yicha ilmiy, siyosiy adabiyotlarni o’rganib tahlil qildik. Bu o’rinda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, shuningdek Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, ilg’or pedagoglarning darslik va o’quv qo’llanmalarda, xalq donishmanchiligida o’z aksini topdi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so’zlagan nutqida (1995 yil fevral) jumladan quyidagilarni bayon etgan: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Ayniqsa shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi». (2) Ushbuda ko’zda tutilgan milliy istiqlol g’oyasining ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish bevosita sohamiz bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarga qarata aytilgan yuksak chaqiriqdir.

Inson shaxsining shakllanishi ma’naviyatning paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liqligi, ma’naviyat, shaxs, millat va jamiyat omillari o’zaro bog’liq ekanligi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ma’naviyat muhim rol o’ynaydi. Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» (1) asarida alohida o’rin ajratilgan. Lekin Prezident I.A.Karimov mazkur muammoga bugun yoki kechagina murojaat qilayotgani yo’q. Prezident asarlarida ijtimoiy borliq, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot munosabat uning 1994 yil 7 may kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy yig’ilishida so’zlagan nutqida ham sodda va lo’nda qilib ifodalangan edi. (3) «Agar iqtisodiy o’sish, taraqqiyot jamiyatimizning tanasi bo’lsa, ma’naviyat, ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir». Mana shu qisqa jumlada Prezident ruh so’zini bekorga ishlatmagan. Shu kichik iqtibosda ma’naviyat, ruhiyat va ongning o’zaro bog’liqligi ko’rsatib berilmoqda. Tana jonsiz tirik bo’lmagandan, ruhiyat ham ma’naviyatsiz tirik bo’la olmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 yanvardagi 27-sonli «O’zbekiston futbolini rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorning chiqarilishi O’zbekiston futbolining yanada rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. (4) Bugungi kun tajribasi jismoniy va jamoaviy o’yinni taqozo etuvchi sport o’yinlarida, xususan, futbolda erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etish o’rinlidir.

Bugungi kun O’zbekiston aholisining 64 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Yoshlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, jismoniy va sport yangilanishining muhim subyektlaridan bo’lib, jamiyatda sodir bo’layotgan murakkab jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazishda va taraqqiyotni harakatga keltirishda muhim rol o’ynaydi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizda, ayniqsa uning madaniy-ma’naviy, ma’rifiy, sport sohalarida sodir bo’layotgan sifat o’zgarishlari yoshlar ongi, dunyoqarashiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmoqda.

Mana shu o’ta muhim vazifalarni amalga oshirish, bu masalaga davlatimiz va jamiyatimiz, keng jamoatchiligimiz e’tiborini jalb etish maqsadida, - deb tasdiqlaydi O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov, - 2008 yilni «Yoshlar yili» deb e’lon qilishni taklif etadi. (5)

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da quyidagilar ta’kidlagan. Milliy dasturimiz insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutadi. (6) Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri-bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish kabi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi».

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 24 oktyabrda respublikamizda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish maqsadida qabul qilgan «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida»gi Farmoni jismoniy madaniyat o’qituvchilari va murabbiylari oldiga yanada murakkab vazifalarni qo’yadi. Bu ham bo’lsa, o’zbek sportini jahondagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar sporti darajasiga ko’tarishdir. (7) Buning uchun milliy istiqlol g’oyalari talablari asosida sportchilarning ruhiyatini o’zgartirish; ularda faollik, mehnatsevarlik, matonatlilik, shuningdek, o’z xatti-harakati uchun javobgarlik hissini o’stirish muhim o’rin tutadi.

«Bizning vazifamiz – rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqib olish degan edi Muhtaram Yurtboshimiz I.A.Karimov – jismoniy-ma’naviy, moddiy jihatdan sog’lom bangifurushlikka, jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan shavqatsiz kurashni avvalambor o’zimizning porloq kelajagimiz uchun kurash deb bilaman…, Sog’lom deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni ham ko’zda tutganmiz. Chunki har tomonlama sog’lom avlodga ega bo’lgan xalqni hyech qachon yengib bo’lmaydi». (8)

«Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqyei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liq» (I.A.Karimov) bo’lganidan 1992 yil 14 yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» Respublikamiz qonuni qabul qilindi. (9) Shu tarixiy hujjatga asoslanib chiqarilgan qator qarorlarda mamlakatimizda jismoniy madaniyatni yuksaltirish, zamonaviy sportning barcha turlarini milliy va an’anaviy zamindan ajralmagan holda rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.

Y.Masharipovning «Sport psixologiyasi» nomli o’quv qo’llanma kitobida sportning barcha turlarini qamrab olgan bo’lib, sport musobaqasi davrida sportchilarda namoyon bo’ladigan jismoniy va psixologik mahoratni yanada shakllantirish, tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganadi hamda sport mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish uslublarini ishlab chiqqan, xuddi shuningdek sportda paydo bo’ladigan muammoli vazifalarni to’g’ri hal etish to’g’risida takliflar bergan. (7).

Y.Masharipov «Sport psixologiyasi» leksiyalar to’plamida sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatining psixologik xususiyatlarini o’rganish, sportchida yuqori darajada ishchanlikni vujudga keltirish, musobaqada chidamlilikni o’stirish bilan birga sportchining musobaqadn oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini faollashtirish, ayrim sportchilarda paydo bo’ladigan noqulay ruhiy holatdan chiqib ketish yo’llarini izlab topish haqida ma’lumotlar berilgan. (8).

Y. Masharipov «Umumiy va sport psixologiyasi» o’quv qo’llanmasi 2012 yil kitobining sportchilar irodaviylik, g’alabaga intiluvchanlik, engillik, o’zini tuta bilishlik, chidamlilik kabi sifatlarning shakllanishida sport mashg’ulotlarining ahamiyati katta ekanligi, shu ma’noda sportchiga xos xarakter xislatlari sport faoliyatida asta-sekin vujudga kela boshlab, keyinchalik bu xislatlar uning doimiy xarakteriga aylanadi deb yozadi. (9)

Y.Masharipov «Talabalarning sportga qiziqishini oshirishning psixologik shartlari» maqolasida talabalarda sportga qiziqishning manbai-sport turlarining mazmunini va talabalarning sport faoliyati haqida tushunchalar berish va sportga qiziqishini uyg’otishning shakli va uslublari hozirgi davrda xilma-xilligi to’g’risida ma’lumotlar bor. (13)

Y.Masharipov «Yoshlarda tajavuz va do’q-po’pisa holatining paydo bo’lish sabablarini o’rganish» nomli maqolasida yoshlarning musobaqa jarayonida o’zining ruhiy holatini to’g’ri boshqarish qobiliyatlari o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bunga erishish uchun maqsadga muvofiq tarbiyaviy ishlar olib borish zarur. Eng muhimi yoshlarni sport mashg’uloti va musobaqalarda ruhiy zo’riqishdan asrash kerak. Buning uchun har bir murabbiy va jismoniy o’qituvchilari o’z shogirdlarini ruhiy qiziqqonlik, tushkunlik, serzardalik holatlarini yengib o’tishga o’rgatishlari shart. Shuningdek, boshqa kishilar, sport hakamlari bilan to’g’ri munosabatda bo’lish qiyin sharoitlarda o’zini boshqarishga o’rganishni ham unutmasliklari kerakli to’g’risida ma’lumotlar beradi. (14)

Y. Masharipov «Ta’lim jarayonida talabalarning ruhiy holatini boshqarish muammolari» nomli maqolasida, talabalarning imtixonga tayyorlanishi va ishtirokida paydo bo’ladigan xissiy ta’sirlanish holatlari har bir talabada turlicha bo’ladi. Ba’zi bir talabalarda o’quv malaka va ko’nikmalarning qiyinchilik bilan hosil bo’lishi, boshqa birida diqqatning tarqoqligi, ojizligi, kuchli hissiy ta’sirlanishi, xavotirlanishi va vahimaga tushishi, uchunchisida asab tizimining zaifligi, turtinchisida hissiyotlarning tiz o’zgaruvchanligi sababli imtihon topshirishda yaxshi baholarga erishish juda qiyin bo’ladi. Bunday talabalar o’z ustida ruhiy tayyorgarlik ishlari olib borishlari zarur degan takliflar beradi. Aks holda, talaba muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligi haqida tushunchalar bergan. (15)

Y.Masharipov «Sportni rivojlantirishda pedagogik axborot texnologiyasining o’rni» maqolasida sportni rivojlantirishda axborot texnologiyasining qo’llanilishi sport faoliyatidagi o’zaro hamkorlikni ta’minlash bilan birgalikda sportchining kompyuter bilan muloqot madaniyati va sport musobaqasida erishgan natijalarining taasurotlarini kompyuterga kiritilishi sportchining sportga bo’lgan mas’uliyatlilik darajasini o’stiradi hamda sportning ommaviyligini oshiradi. Sport bilan shug’ullanuvchi talabalar soni ko’payadi. Bu jarayonlarning ilk qadamlari sport maktablarida, sport liseylarida, kollejlarida takomillashib boradi. Biz bu muammoni yechishda sportga qobiliyatlari yoshlarni aniqlash, ularni ma’naviy va moddiy himoya etishda yangi axborot texnologiyasiga bo’lgan ehtiyojning naqadar zarurligini his etgan holda ijodiy yondashishimiz lozim degan fikrni bildiradi. (16)

Y.M. Masharipov. Umumiy psixologiyadan uslubiy qo’llanmasi kitobining «Sportda diqqatning ahamiyati» qismida diqqat sportchi faoliyati aqliy jarayonining sifatini ta’minlaydigan ichki faollik bo’lib, uning barcha mashqlarni bajarishdagi harakatlari ham diqqat ishtiroki bilan sodir bo’ladi. Mashhur karatechilar, qisqa vaqt davomida bir nechta hujum uslublari yordamida juda ko’p harakatlarni tez va aniq bajaradilar. Karatechi agar har bir mashqni bajarganda diqqatini bir yo’nalishga to’plab harakat qiladigan bo’lsa, musobaqada muhim obyektlar sportchi diqqatidan tashqarida qolib ketgan bo’lar edi. Sportchi kuchli markazlashgan diqqat bilan to’pni nishonga urushi yoki to’pni jamoadagi o’z do’stiga to’g’ri o’zatishi bilan bir vaqtning o’zida raqiblarning o’yin joylarini almashtirib turgan harakatlarini ham doimo diqqat bilan kuzatib turishi kerak. Yosh o’yinchilar bilan ishlayotgan murabbiylar, o’yinchilarda keng markazlashgan diqqat xususiyatini yaxshi rivojlantirish bilan birga, bajarayotgan har bir harakatini, o’zlari ham diqqat bilan kuzatib borishga olatlantirishlari zarurligi haqida ko’rsatmalar beradi. (10)

Q.Xalilov. Ma’naviyat, ruhiyat va moddiyat. Toshkent 2005 yil. Ilmiy-ma’rifiy risolada ma’naviyat, ruhiyat va moddiyat masalalari, ularning o’zaro uzviy aloqadorligi, bog’liqligi haqidagi ilmiy qarashlar ijtimoiy va tibbiy fanlar materiallari asosida muxtasar tahlil qilingan. (19)

Sh.V. Azizova. L.Ibragimova. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlariga o’yinlarning ta’siri, maqolasida o’yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va bunda hyech qachon ular o’z sherigiga ma’naviy ziyon yetkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’likki, unda xayol, hissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun kelishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. (7)

Z.G’aziyeva. Sport jamaosida jipslikni tadqiq etishining ahamiyati nomli maqolasida, jamoaviy sport turlarida jipslik muammosi faqatgina komandalar o’ta muvaffaqiyatsiz ishtirok eta boshlaganida muhimligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Aksariyat murabbiy va sport psixologlari individual mahoratli sportchilar har doir ham kuchli komanda hosil qilavermaydilar degan fikrni ilgari surishadi. Ba’zi tadqiqotlarda ikki kishidan iborat komandaning muvaffaqiyati uning a’zolarining o’rtacha darajadagi mahoratiga ega bo’lganligidir, deb ko’rsatiladi. Ayni vaqtda, ushbu komanda sportchilarning mahoratini keskin darajada farqlansa, bu ko’zlagan natijalarga salbiy ta’sir etadi. Keng imkoniyatli sportchilar musobaqa davomida o’z malakalarini to’laligicha ko’rsata oladilar. Agar kuchli sportchi bilan anchagina zaif sportchi juftlik hosil qilishsa, kuchli sportchi barcha ma’lumotni o’ziga oladi. Natijada u o’z imkoniyatlaridan maksimal foydalanishga harakat qilib, tez charchaydi, hatto xatolar qila boshlaydilar deb ta’kidlaydi muallif. (35)

H.Jabborov, S.Samatova. sportchilarda emosional zo’riqishning psixologik diagnostik va korreksiyasi nomli maqolasida, emosional zo’riqishning boshqarish uning kuchini maqsadga yo’naltirish sportchilar uchun juda ahamiyatlidir. Emosional har doim ham istalgan oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. Chunki ularning ko’payib ketishi natijasida odam xatti-harakatlarini izdan chiqarish, ularning tashqi ifodalanishi esa o’ta kuchli namoyon bo’lib uni noqulay ahvolga solib qo’yishi mumkin. Ammo boshqa tomondan emosional ko’tarilish odam kayfiyatini ko’tarib uni boshqalar bilan muomala va munosabatlarda yaxshi natijalarga erishishi mumkin degan fikrni beradi muallif. (9)

Hozirgi kunda sportchilarni kasbiy yo’nalishlari to’g’ri tashkil etish – kasbiy ma’rifat kasbiy tashviqot, kasbiy maslahat, kasbiy moslashish, kasbiy saralash, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy deognostika, kasbiy yaroqlik va korreksiya qiluvchi mashg’ulotlarni tashkil etish to’g’risida fikrlar diqqatga sazovordir.

X.Karimov. Sport sohasida psixodiagnostikani tatbiq etish muammolari to’g’risidagi maqolasida, Respublikamizda sport psixologiyasi xususan, uning asosiy tarmoqlaridan biri sportda psixodiagnostikani tatbiq etish bo’yicha ancha ishlar, izlanishlar va tadqiqotlar olib borish lozimligini bugungi amaliyot ko’rsatib turibdi. Chunki, Respublikamizda sport psixodiagnostik metodlarni qo’llash bo’yicha mukammal amaliyotdan o’tgan tajribalarni uchratish qiyin. Sport sohasida mahalliy muhimt uchun modifikasiya va adaptasiya qilingan metodikalar deyarli mavjud emasligi haqida ma’lumotlar berilgan. (10)

Sh.B.Qodirov. Sport maktabi o’quvchilarining tanlagan yo’nalishlariga mosligini tadqiq etish nomli maqolasida, yoshlarda o’zi tanlagan sport yo’nalshida muvaffaqiyatli faoliyat yurita olishlari uchun bolaning sportga nisbatan nafaqat fiziologik tayyorgarligini, balkim psixologik mosligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda sport makbati o’quvchilarini tanlagan yo’nalishlariga mosligini aniqlash bilan bog’liq muammolarni ko’rib chiqish zarurligi haqida takliflar bergan. (33)

Hozirgi kunda mamlakatimizda sportning 50 dan ziyod turi ommalashgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sportga doir bir necha qarorlarida sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, sport maktablarda jismoniy madaniyat darsi va sportning samaradorligini oshirish, aholi o’rtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targ’ibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu ishlardan .

U.Qurbonov. sportchilar faoliyatida murabbiyning ahamiyati, maqolasida sportchilarni musobaqaga tayyorlashda xizmat qiladigan murabiylarning ahamiyati katta ekanligi, murabbiylar esa o’z navbatida, sportchilarni faqat jismoniy taraflama emas, ularni psixologik tarafdan ham tayyorlashlari lozim bo’ladi. Sportchilarda tashabbuskorlik, ishonch, jasurlik, tetiklik kabi xususiyatlarni aynan murabbiylar shakllantirish lozim degan ko’rsatmalar beradi. (34)

E.Tashlanov. Sport turlariga saralashda ruhiy tayyorgarlikning ahamiyati nomli maqolasida, sport turlari insonni madaniy, jismoniy va ma’naviy barkamol bo’lishini amalga oshiradi. Sport bilan shug’ullanayotgan sportchilar hamisha ruhan tetik va sog’lom bo’lishlari shart. Yoshlarni sport turlariga saralash jarayonlarini to’g’ri tashkil etilishi, ilmiy-usulbiy qoidalar asosida o’tkazilishi ularning sportdagi yuqori natijalarga erishishlarining garovi hisoblanib, murabbiy va sportchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarda o’z ifodasini topadi va sportchilarni musobaqadan oldingi ruhiy holatini murabbiylar, psixologlar katta qiziqish bilan ko’p yillardan buyon o’rganib kelmoqdalar. Ammo sportchilarning musobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati haqidagi ko’plab muammolar, masalalar shu kungacha yaxshi ishlab chiqilmagan yoki hal qilinmagan degan ma’lumotlarni keltiradi. (23)

N.A. Suleymanov. Sportchilar irodaviy tayyorgarligining psixologik asoslari maqolasida N.A.Suleymanov sportchini irodaviy tayyorlashning asosiy vazifasi bu o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish va sportchining irodaviy tayyorgarligi musobaqa jarayonida maqsadga erishishda qiyinchiliklarni, turli to’siqlarni sportchidan ozmi-ko’pmi talab yengishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy ongli harakati bo’lib, irodaviy tayyorlash – sportchini psixologik tayyorlash mazmuniga kiradi va murabbiylarning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi deb fikrlaydi muallif. (21)

N.Jumayev. Sport maktabi o’quvchilarida o’zini-o’zi irodaviy boshqarish va uning shakllanishida liderning axloqiy sifatlari nomli maqolasida, muallif liderlarda axloqiy sifatlarning mujassamlashganligi, ular tomonidan axloqiy tamoyillar bo’lgan insonparvarlik va erkparvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik, fidoyilik va ziyolilik, mehnatsevarlik va tinglikparvarlikning e’zozlanishi, axloqiy me’yorlar: halollik va rostgo’ylik va insoflilik, kamtarlikka amal qilinishi, xudbinlik va shuhratparastlikdan yiroqda bo’lishligi butun jamoaga ta’sir etadi degan tushuncha beradi. (8)

Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining har bir asarlarida, nutqlarida hamda ommaviy axborot vositalari chiqishlarida kelajagi buyuk davlatimizning poydevori bo’lishi yoshlarning ham jismonan, ham ruhan barkamol bo’lishlari uchun sportning o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlab keladilar. Darhaqiqat, sportchalik mamlakatni dunyoga tez tanitadigan soha bo’lmasa kerak, deb urg’u berganlarida Yurtboshimiz qanchalik sport sohasiga obyektiv va xolisona baho berganligining guvohi bo’lamiz.

Xuddi shuningdek Prezidentimiz I.A.Karimov fikrlar asosida M.Po’latovning «O’smirlarni sport faoliyatiga undovchi psixologik omillar» nomli maqolasida, o’smirlarning sport bilan shug’ullanishi avvalom bor uni shaxs sifatida shakllanishini takomillashtirib o’zining «Men»ligini anglashda asosiy turtki vazifasini bajardi. Sport bilan muntazam shug’ullanib boruvchi o’smirlarni yangi-yangi qirralari ochilib borishi hamda shu bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda o’z-o’zini tez topishi va o’z-o’zini aniqlab olish sport psixologiyasi fanida ta’kidlab kelingan va isbotlab berilgani to’g’risida tushunchalar mavjud. (18)

A.K.Xodjayev, A.Bozorov(O’zMU) «Katta sport faoliyatini tark etgan sportchilarning yangi faoliyat turiga moslashuvlarining ijtimoiy xususiyatlari» nomli maqolasida, shaxs sport faoliyatidan ketganidan so’ng ijtimoiylashuviga bo’lgan ehtiyojini amalda ro’yobga chiqarish uchun uning ijtimoiy qiziqish va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi faoliyatning muayyan bir turiga yo’naltiradi. Buning natijasida katta sportni tark etgan sportchi hamda uning rahbarligi astidagi yosh sportchini sport faoliyatining ichki vositalari bo’lgan bilimlarni o’zlashtirishni, ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishi katta sportni tark etgan murabbiy sportchi osonlashtiradi va tezlatadi. Shu ijtimoiy faoliyati bilan katta sportni tark etgan sportchi ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashish orqali jamiyatda sog’lom avlod fondi genofona tashkil qilishida asosiy yo’naltiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi degan fikrni beradi muallif. (28)

Bugungi kunda psixologik konsultasiya kabi yo’nalishlar tez rivojlanib borayotgani singari sportdagi ijodiy faol va o’zini-o’zi faollashtirishga qodir sportchini tarbiyalash muammosi birinchi uringa chiqib qolmoqda. Xudi shu yo’nalishda B.Ro’ziyev (O’zMU) «Sportchi shaxsiga psixologik yondashuv: O’zini-o’zi stimullashtirish va o’zini-o’zi faollashtirish» nomli maqolasida, sportchilar faoliyatiga psixologik yondashuvga ko’ra, ularning irodaviy harakati o’zidan-o’zi yuzaga kelmaydi. Uning paydo bo’lishiga irodaviy faollikning psixologik mexanizmi bo’lgan o’zini-o’zi stimullashtirish ta’sir ko’rsatadi. Irodaviy harakatlarning ongli o’zini-o’zi stimullashtirishga birinchilardan bo’lib, V.I.Selivanov o’z diqqatini qaratgan. U 1949 yilda irodaviy harakatlarni stimullashtirishning «Subyetiv» vositalarini, ya’ni o’zini ruhlantirish, o’zini ma’qullash, o’ziga-o’zi bo’yruq berish kabilarni ajratib, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ta’riflab o’tgan va eksperimental ma’lumotlarga ega bo’lgan hamda o’zini-o’zi stimullashtirish orqali inson ongli irodaviy harakatlarini hosil qiladi, inson qayerda va qanday harakat qilishi kerakli haqida bo’yruq beradi degan qimmatli ma’lumotlarni beradi. (19)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» «Talaba» sport klublarini tashkil etish alohida ta’kidlangan edi. Shu asosda 2000 yil mart oyida O’ZR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida Respublika «Talaba» sport uyushmasi ta’sis etildi. O’tgan davr deyarli 60 dan ortiq oliy o’quv yurtlarida «Talaba» sport klublari tashkil etilib, ular talabalarni jismoniy va sport mashg’ulotlarida faol qatnashtirish, iqtidorli yoshlarni sportga jalb etish bilan ularning mahoratlarini yanada ko’tarishda sezilarli darajada ish ko’rmoqdalar. Ularni uch bosqichli (Oliy o’quv yurti viloyat va respublika miqyosi) sport musobaqalarining o’tkazilishi va erishilayotgan ilg’or tajribalar, sportdagi yutuqlar bilan ifodalash dalil qilib ko’rsatishning o’zi kifoyadir. Bu o’rinda Q.Alimov (TerDU) R.Abdumalikov (O’zDJTI) A.A.Qo’ysinov (ToshDIU) «Barkamol avlod» sport klubi – tashkiliy ishlar manbaidir maqolasida, talaba va o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash, ularni sport turlariga jalb etish, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirish. «Barkamol avlod» sport musobaqalarining dasturidagi sport turlarini yanada ommalashtirish maqsadida, O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazlarining ish faoliyatlarini maqsadli yuritish, ularni ko’proq o’quv-uslubiy ishlarni uyushtirish, takomillashtirish, zarur o’quv-uslubiy qo’llanmalar, maxsus dasturlar bilan ta’minlash mas’uliyatlariga safarbar etish to’g’risida ko’rsatmalar berilgan. (5)

Sh.Q.Alimov, Q.Yarashev (O’ZDJTI). Yosh sportchilarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik holatining ahamiyati maqolasida, sportchiga eng munosib ijtimoiy-psixologik muhit mavjud bo’lgan sharoitda, ya’ni sportchi atrofdagi kishilarning uning sport sohasidagi faoliyati naqadar muhim va mas’uliyatli ekanligini tushunchalarda ularning xayrioxligi va do’stona qo’llab-quvvatlashlarini sportchi yaqqol sezib turadi. Kundalik turmushdagi murakkab shart-sharoitlarda va turli sport vaziyatlarida sportchi o’z yaqin kishilarining doimiy g’amxo’rligini va qo’llab-quvvatlashlarini his etib turadi. Oilada unga sport rejimini, o’qish yoki mehnat faoliyati va dam olishni to’g’ri tashkil etish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilishi bilan birga sportchi o’ziga nisbatan g’oyat yuksak talablar qo’yilishini ham yaxshi bilishi, zarur hollarda uning atrofidagi kishilar sportchi yo’l qo’ygan noto’g’ri xatti-harakatlarini qattiq qoralashlari kerak. Bu ayanchli vaziyatlarning oldini oladi, sportchining yaxshi dam olishiga va organizmda kuch-quvvatning qayta tiklanishiga yordam berishi uchun imkoniyat yaratishlari degan tushunchalar beradi mualliflar. (4)

Y.Masharipov. jismoniy madaniyat o’qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari, maqolasida talabalarni amaliy pedagogik va murabbiylik faoliyatiga tayyorlash nihoyatda muhim va mas’uliyatli masalalardan biri bo’lib, hozirgi kunda sertifikat guvohnomasi bilan o’qishga qabul qilingan talabalarning ko’pchiligi yil davomida sport musobaqalarida ishtirok etishi sababli, boshqa sport turlari bo’yicha amaliy va nazariy bilimlarni chuqur o’zlashtirishga vaqti bo’lmaganli sababli, jismoniy madaniyat o’qituvchilari tayyorlash sifatiga jidiy putur yetkazadi. Shuning uchun universitetga sertifikat guvohnomasi bilan o’qishga kiruvchilar uchun jismoniy madaniyat fakultetlari qoshida murabbiylar tayyorlash bo’lishi ochilib, ular uchun sport jurnallarini hisobga olgan holda jismoniy mashq yuksalamalari tuzilib, tajribali, malakalar murabbiylar ishga taklif etilsa, murabbiylar tayyorlash masalasi yaxshi yo’lga quyiladi degan takliflar berilgan. (11)

E.G’oziyev. «Tafakkur psixologiyasi» nomli o’quv qo’llanmasida – sportga aqliy faoliyatining, aql zakovatining, ongli xatti-xarakatning yuksak shakli hisoblanadi degan fikrni beradi. Xuddi shuningdek, sportchi tafakkuri sport musobaqasi jarayonida xarakatni idrok qilish, bilish quroli hamda sportchining keng ko’lamidagi faoliyatini odilona amalga oshirishning asosiy sharti sifatida bajariladi deb hisoblaydi. (20)

Y.Masharipov. «Umumiy psixologik» uslubiy qo’llanmasida umumiy psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari va uslublari, sportchi psixologiyasi va ongning taraqqiyoti, shaxs va faoliyat psixologiyasi, shaxslararo munosabat psixologiyasi, sportda diqqatning ahamiyati, sezgi va idrok. Xotira, tafakkur, xayol, hissiyot, iroda, temperament, xarakter, qobiliyatlar va boshqalar haqida fikr yuritiladi. (10)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida Prezidentimiz tomonidan asarda keng e’tibor qaratilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni, kelib chiqish sabablari va salbiy ta’siri oqibatlari, O’zbekistonda inqiroz ta’siri oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos bo’luvchi omillar, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizasiyalash va yangilanishni izchil davom ettirish borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, ustuvor yo’nalishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo’llari to’g’risida talabalarga bilim berish maqsadida asosiy masalalar atroflicha yoritib berilgan. (5)

M.T.Davlatshin. «Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya» nomli o’quv qo’llanmasida o’qituvchi o’quvchining ichki dunyosini tushunishi, yaxshi psixolog bo’lishi, o’quvchini qiziqtira olishi, o’quv materiallarini tushuntira bilishi; o’quvchining bilimini to’g’ri baholay olishi, bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, o’quvchilar jamoasining mehnatini tashkil etib, ularga rahbarlik qila bilishi, pedagoglarga xos odobga ega bo’lishi to’g’risida fikr bildirgan. (4)

V.A. Kruteskiy. «Pedagogik psixologiya asoslari» darslik kitobida kichik yoshdagi, o’smirlik va katta maktab yoshidagi o’quvchilarning fiziologik va psixologik xususiyatlari haqida maktab rahbari uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar berilgan, psixik rivojlanish bilan ta’limning bir-biriga ta’siri ko’rsatilgan, bola shaxsining tarkib topish muammolari yoritilgan. (11)

N.Boymurodov «Amaliy psixologiya» o’quv qo’llanmasida psixologik ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar o’tish jarayonida murakkab psixologik vaziyatlarda o’qituvchi qanday amaliy ish tutish zarurligi to’g’risida mukammal, takomillashgan tavsiyalar va maslahatlar berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. (2)

V.M.Mlevnikova. Psixologiya, darslik kitobining maqsadi murabbiy va jismoniy madaniyat o’qituvchichilariga hozirgi zamon mutaxassislari sportning barcha turlari bo’yicha ilmiy izlanish ishlari olib borishlari lozim. Xuddi shuningdek, murabbiylarning vazifalaridan biri sportchilarni sport faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlashdan iboratdir deb yozadi. (6)

I.P.Volkova. Praktikum po sportivnoy psixologiya, Sankt-Peterburg, 2002 yilgi kitobida. Jamoaviy sport turlarining asosiy vazifasi, sportchilarning musobaqadan oldin va musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan emosional bezovtalanish, tashvishlanish to’g’risida suhbatlar olib borish, sportchilarga maslahatlar berish, sportchining vahimaga berilmasdan musobaqada g’alaba qilish yo’l-yo’riqlarini berish hamda sport jamoasidagi intizom sportchidan o’z hissiyotlarini va xoxishlarini ushlab qola bilishni talab qiladi deb o’qtiradi. (3)

V.L.Mariщuk, Yu.M.Bludov, V.A.Plaxiyenko, L.K. Serova. Metodiki psixo-diagnostiki v sporte darslik kitobining 86-betida sport jamoasidagi o’zaro ijtimoiy psixologik munosabatlar jarayonini, sport guruhlarini boshqarishni va guruh sportchilarini boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish va sport jamoasi va guruhlardagi ichki mexanizmlarning qonuniyatlarini o’rganish (xis etish, milliy mafkura, qadriyatlar) boshqarish uslublarini ishlab chiqish, sport jamoalardagi liderlik masalalari va ularning o’zaro munosabatlarini o’rganish xamda sportchining xulq-atvoriga, qiziqishlariga va ijtimoiy psixologik motivlarini o’rganish, xuddi shuningdek sport musobaqalarida sportchining muvaffaqiyatli qatnashishida murabbiy va boshqa shaxslarning ta’sirini tahlil etish lozimligi to’g’risida materiallar berilgan. (5)

P.A.Rudik, V.V. Medvedov, A.V. Rodinov. Psixologiya i sovremennы sport. Moskva «Fizkultura istoriya» 2003 yil 31-33 betlar. Darslik kitobida sport faoliyatini insonparvarlashtirish maqsadida psixologik muhit va shart-sharoitlarni vujudga keltirish va sportchilar orasida tan jarohatini oldini olish, ruhiy toliqish, zo’riqish va har xil kasalliklarga chalinishning oldini olishi hamda sportchilarning gormonik rivojlanishiga yordam beradi. Xuddi shuningdek, sportchilar hayotida ozodalik va gigenik ishlarni tashkil qilish masalalarini ijobiy va to’g’ri hal qilish uchun sport faoliyatining ichki tomonlarini va sport jamoasi sportchilarining o’zaro munosabatlari, sport faoliyati motivlari, sportchi faoliyati ruhiy holatining individual psixologik xususiyatlari, sport komandalardagi liderlik masalalari va ularning o’zaro munosabatlari, sportchilarning xulq-atvorini, qiziqishlarini va ijtimoiy psixologik motivlarini, sport musobaqalarida sportchining muvaffaqiyatli qatnashishida murabbiy va boshqa shaxslarning ta’sirini, sportchining jismoniy va psixologik jihatdan tayyorlash tarbiyasini yaxshi yo’lga qo’yish vazifalarini o’rganish zarurligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. (17)

U.M.Xolbekova, N.Ismatov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalash masalalari nomli maqolasida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarni ommalashtirishda samarali mehnat qilayotgan hozirgi zamondoshlarimizni qadrlash va savobli ish bo’lar edi. Jismoniy madaniyat va sport harakatida salmoqli ulush qo’shayotgan yetakchi olimlar, o’qituvchi-murabbiylar ham ko’pchilikni tashkil etishini yozgan. Ular R.Q.Qudratova, R.S.Salomov, R.D.Xolmuhammedov, U.R.Niyozbekov, (O’zDJTI), Sh.H.Xonkeldiyev, A.A. Abdullayev (FarDU), A.Q.Atayev, Q.A. Botirov, H.N. Rajabov (Buxoro), J.T. Toshpo’latov, U.I.Ibragimov, M.Rahimov, H.Alimov (TermizDU), J.E.Eshnazarov, H.T. Rafiyev, R.A.Qosimova (SamDU), H.A.Meliyev, H.K.Komilov (JizDPI) kabilar to’g’risida ma’lumotlar berilgan. (30)

R.S.Salomov, N.To’xtayev (O’zDJTI) 13-15 yoshli yengil atletikachilarni 800 metr va 1500 metrga yugurishda chidamlilikning rivojlanishi nomli maqolasida, sport turlari orasida yengil atletikani o’z o’rni bor. Hozirgi kunda yengil atletika sport turlarining ayrimlari Osiyo o’yinlarida ma’lum bir natijaga erishgani bilan jahonda unchalik yaxshi natijaga erisha olmayapti. Yengil atletikachilarni umumiy va maxsus chidamliligini oshirish uchun mutaxassislar (Filin V.P., Pionenko I., Logoshal A.L. Nabatinikova M.Ya., o’z vosita va uslubiyatlarni tavsiya etishgan. Mualliflar xozirgi kunda sportchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e’tibor berilmoqda degan ma’lumotlarni beradi. Xuddi shunigdek, eng avvalo bolalik davrdan boshlab sport yuklamalari yaxshi va aniq taqsimlash zarurligi haqida ko’rsatmalar mavjud. (22)

Sh.A.Aminjonov. Bolalarning jismoniy yuklamalarga moslashuvida harakat apparatining o’ziga xos xususiyatlari nomli mahallasida hozirgi vaqtda bolalar sportga bo’lgan e’tibor, ushbu muammoni dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda va mutaxassislardan uni chuqurroq o’zganishni hamda amaliy tavsiyalar berishni talab qilmoqda degan tushunchalar mavjud bo’lib, bolalardagi fiziologik tizimlarni turli xil jismoniy yuklamalarga moslashishni o’ziga xos xususiyatlarni o’rganish mushak ishida boshqaruv tizimi faoliyati qonuniyatlarni tushunish hamda jismoniy ish qobiliyat haraka apparatining faoliyat bilan bog’liq bo’lib, bu apparatning me’yorda rivojlanishi boshqa fiziologik tizimlarning ham o’tish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi to’g’risida ilmiy tushunchalar berilgan. (1)

T.X.Xoldorov. Respublika «Talaba» sport uyushmasining ijrochi direktori Raxmonqulov U., Bo’riboyev B., O’zDJTI. Bolalar sportni ommalashtirishda ixtisoslashtirishning ahamiyati, nomli maqolasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov «… ota-bobolarimiz qadimdan botir va pahlavonlarni e’zozlab kelgan» «Farzandlari sog’lom Vatan qudratli bo’lur», «Vatan shuhratini olamga tez yoyishda sportchilik hyech qanday tadbir yo’q» kabi o’tkir va chuqur ma’nodagi mulohazalari yurtimizda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishning asosiy dasturiga aylanishi to’g’risida ilmiy tushunchalar berilgan, xuddi shuningdek tog’ oldi va tog’li xududlarda bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ularni sport bilan shug’ullanishiga qiziqishqa yengil atletika kurash, sayohat, milliy maqsadli foydalanish lozim. («Chillik», «Oq suyak», «Poda to’p va h.k.») «Alpomish o’yinlari», «To’maris o’yinlari» festivallari va boshqa mahalliy-an’anaviy o’yinlarni har bir maktab va qishloqlarda doimiy ravishda o’tkazib borish zarurligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. (27)

R.N.Shaymardonov., B.Saidov. Jismoniy tarbiya yoshlarni sog’lomlashtirish va tarbiyalash omili, maqolasida, O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalari, maktablar, oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya faollari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo’lgan yagona davlat dasturlari va o’quv qurollar bilan ta’minlanishi, jismoniy madaniyat va sport sohasida milliy xususiyatlari va an’analari bilan to’g’ri munosabat ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimining yangi huquqiy demokratik jamiyatning tinch qurilishi bilan band kishilarlarning jismoniy va ma’naviy ko’nikmalarini uyg’un ravishda rivojlanishdan olijanob maqsadga xizmat qiladi degan tushunchani beradi. (30)

B.T.Haydarov. Sportchilarning baland tog’ sharoitiga moslashuvi va uning fiziologik mexanizmlarini o’rganish, nomli maqolasida sportchilarni baland tog’ sharoiti deyarli barcha kompleks iqlimlar bilan tanishtirish sportchilar organizmida faqatgina moslashish jarayoni emas, balki sportchilarning ba’zi bir funksional o’zgarishlarini rivojlanishiga ham olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilgan. Xuddi shuningdek o’sha maqolada tog’ sharoitida sportchilar tayyorlashda jismoniy mashqlar bajarish ham «adaptasiya» deyilib, u o’z holatida shartli ravishda samarali va samarasiz moslashishlariga bo’linib, balandlikka moslashishni klinik ko’rsatkichlariga qarab 3 bo’limda 1800-200 va 5200 m va undan yuqori bo’lgan ko’rsatgichlardan sportchilarni moslashuv mexanizmlarni buzilish holatlari yuz berishi mumkin. Shu bois sportchilarni moslashish jarayonini tinch turgan paytdagi funksiyalarni stabilligi bilan emas, balki baland tog’ sharoitiga moslashishi paytidagi qo’shimcha g’azab va hayojonlanish – (stress)larga fiziologik javoblarni navbatma-navbat va stabilligi bo’yichabaholash tavsiya etiladi. Muallifning ta’kidlashiga ko’ra sportchi moslashish holatining yuzaga kelishi va rivojlanishi birgina funksional o’zgarish bilan kuzatilmasdan balki, bir qator organlarning klinik jihatdan aniq morfologik o’zgarishlar, buyrak osti bez iva boshqa shaxsda yuz yuradigan o’zgarishlar bo’lishi mumkin degan fikrni bildiradi. (32)

Har bir jamiyat o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lom va baquvvat bo’lib voyaga yetishidan manfaatdordir. Buning uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratib berilishi kerak ekanligi O’zbekiston Respublikasi qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida», «Jimoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»g iva boshqa farmonlar, sport psixologiyasi bilan bog’liq bo’lgan masalalar, darslik va o’quv qo’llanmalarini o’qib tahlil qilganimizda, sport tub ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy o’zgarishlarni yuzaga keltirishi haqida fikr yuritiladi.

Ibn Sino o’zining genial asari «Tib qonunlari»ning birinchi kitobida jismoniy mashg’ulotni kishining yoshiga, sog’-salomatligiga va kasalligiga arab, turlicha shaxs vauslublarda o’tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, bolalik, o’smirlik, yigitlik va qarilik chog’larida kishi jismoniy mashg’ulotga turlicha munosabatda bo’lishi kerakligi masalasini ko’tarib chiqish Ibn Sinoning odam anotomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganligidan, kishi organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asoslab berishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. (16) P.F.Lesgaft bola rivojlanishida jismoniy mashqlarning rolini tahlil etib, bu o’rinda yetakchi omil-haarkalar psixologiyasi turishligini, bajaryotgan jismoniy mashqlar bolaning makon va vaqt (zamon) haqidagi tasavvurlarini o’stirishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu tasavvur qanday paydo bo’ladi? Ya’ni bola o’z harakatlari kuchini, hajmini, yo’nalishi va tezligini tasavvur qiladi. Bunda ko’rish, his eti shva mushak harakat sezgilari ishtirok etib, ularning o’zaro uyushishi harakat sezgisini, shuningdek makon va vaqt tuyg’ularini ham vujudga keltiradi degan fikrni beradi. (12)

Spor psixologiyasi muammolarini o’rganish 60-70 yillarda keng sur’atda olib borildi. (P.A.Audik, A.S.Puni, V.M.Melnikov, Yu.L.Xanin va boshqalar) O’sha davrda raqobatlashayotgan ikki tuzim-sosializm bilan kapitalizmning qaysi biri ustunligini sport musobaqalari natijalariga qarab belgilashga harakat qilindi.

O’zbek psixolog-olimlardan N.G.Davlatshin, M.M. Vohidov, B.A. Tokarev, V.Z. Gaynutdinov, M.M. Mamatov, Y.Masharipov, O’. Ibragimovlar ham ma’lum ishlarni amalga oshirgan.

Bir qator tadqiqotlarda (A.A.Lolayan, P.A.Rudik) shu narsa aniqlanganki, sportchilarni musobaqalarga jismoniy, texnik va taktik jihatlar bilan bir qatorda, ularni maxsus psixologik tayyorlash zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi degan tushunchani beradi.

Sportchining musobaqa oldi hayajonlanishini o’rgangan psixolog-olim A.S.Puni uning uch xil holatini aniqlab beradi. 1) sport oldidagi jonsaraklik (talvasa) holati, 2) sport oldidagi loqaydlik holati, 3) jangovor tayyorgarlik holati. Xuddi shuningdek, o’quvchilarning jismoniy tarbiyaga bo’lgan munosabati predmet va dars sifatlarida har xildir. Yil davomida ko’pchilik o’quvchilarda jismoniy tarbiyaga predmeti sifatida bo’lgan munosabatlari yuqori darajada, dars sifatida esa kichik sinf o’quvchilarning yuqori sinflarga borgan sari qiziqish kamayib boradi degan tushunchasi beradi. (15)

Bugungi kunda o’zbek kurashi bilan shug’ullanuvchi yoshlar va qizlar tobora ortib, kurashchilarimizning mahorati kun sayin o’sib bormoqda. Lekin kurash bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalari kam yozilgan. A.K.Atayev va O’. Ibragimovlarning kitobida nazariyaning amaliyot bilan bog’liq tamoyillari o’quv jarayoniga tez ta’sir ko’rsatadi degan tushunchani beradi. Toshpo’latov J.T. «Yoshlar sport ravnaqi yo’lida»dagi maqolasida uzluksiz ta’limda ommaviy sportni rivojlantirishning izchil tizimi vujudga keladi. «Universiada» dan maqsad yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ham jismonan, ham ruhan chiniqtirib tarbiyalash bilan birga mustaqil yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qila oladigan yetuk sportchilarni yetishtirishdan iborat degan fikrni beradi. Bobomurodov E.H. «Milliy mafkurani sportchi talabalar ongiga singdirish» nomli maqolasida O’zbekistonning ertangi kelajagi qanday bo’lishi ana shu sportchi talabalarning ongiga milliy istiqbol mafkurasini singdirishga bog’liq degan tushunchani beradi.

Qodirov E.K. «Sport musobaqalarda sportchi ruhiyati xususiyatining sport ko’rsatgichiga erishish uchun sportchidan barcha jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni namoyon etish talab etiladigan keskin kurashdir degan fikrni beradi». ( )

Bir qator tadqiqotchilardan (A.A.Laliyan, P.A.Rudik, A.S.Puni, P.V.Simonov, S.A.Rubinshteyn va boshqalar) ma’lumki, sportchilarni musobaqalarga jismoniy, texnik va taktik jihatdan tayyorlash bilan bir qatorda, ularni psixologik tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bu tayyorgarlik sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishga, o’z kuchiga ishonchni kuchaytirishga bo’ladigan musobaqani xarakteri, uning qo’lami raqiblarining xususiyatlari bilan tanishtirishga qaratilishi kerak degan ma’lumotlar berilgan. ( ) Y.Masharipov «O’quvchilarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashda sportning ahamiyati» nomli maqolasida o’quvchining shaxs sifatida rivojlanishi murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, har bir o’quvchining jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy muhit, sport faoliyati va musobaqalari ta’siri bilan ta’lim va tarbiya jarayonlarida o’zgarib boradi degan tushunchani beradi. Mamadiyorov Q.R., Rahimov Z.M. «Sog’lom avlod tarbiyalash-komil inson g’oyasini amalga oshirish yo’lidir» maqolasida, milliy istiqlol mafkurasini odamlar qalbi va ongiga singdirishda jismoniy tarbiya va sportning bebaho o’rnini anglagan. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Hozirgi kunda jismoniy madaniyat va sport davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ijtimoiy ma’no kasb etmoqda. Degan fikrni bildiradi. Y.Masharipov «Sportni rivojlantirishda pedagogik axborot texnologiyasining o’rni» nomli maqolasida sportni rivojlantirishda axborot texnologiyasining qo’llanilishi yoshlar sport faoliyatidagi o’zaro hamkorlikni ta’minlash bilan birgalikda sportchining kompyuter bilan muloqot madaniyati va sport musobaqasida erishgan natijalarining taassurotlarini kompyuterga kirib olishi sportchining sportga bo’lgan mas’uliyatlilik darajasini o’stiradi hamda sportning ommaviyligini oshiradi. Sport bilan shug’ullanuvchi yoshlar soni ortadi degan tushunchani beradi. (12)


Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling