«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavsifi»
Download 340 Kb.
|
«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqot ishning vazifalari
- Magistrlik dissertasiya ishning ilmiy tadqiqot uslublari va metodologiyasi.
- Ishning metodologik asoslari
- Dissertasiya ishning ilmiy yangiligi
- Dissertasiyaning nazariy va amaliy ahamiyati
Ishning farazi (gipotezasi).
Biz sport to’g’risidagi ilmiy, siyosiy adabiyotlarni tahlil qilish va tajribali murabbiylarning ish uslublarini kuzatish hamda sportchilarning musobaqadan oldingi, musobaqa jarayoni va sport musobaqalaridan keyingi psixologik holatini quyidagicha qismlarga ajratib o’rgandik. Sportchi musobaqadan oldin ichki his-to’yg’ularini qattiq nazorat qilgan holda diqqatini tashqarida bo’layotgan xodisaga yo’naltirishi. Sport jismoniy mashhuloti jarayonida kuchli markazlashgan diqqat bilan to’pni nishonga urish holatini o’rganish. Sport mashg’uloti jarayonida o’yinchi to’pni jamoadagi o’z jamoadoshiga to’g’ri uzatish bilan bir vaqtning o’zida raqiblarning o’yin joylarini almashtirib turgan harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishi. Sport musobaqasi jarayonida sportchi kuchli Markazlashgan diqqat bilan to’pni nishonga urish holatini o’rganish. Sportchining musobaqa paytida juda nozik diqqat xususiyatlari ham murakkablashib ketadi. Masalan, golor 11 bet o’yinini endi o’rganayotgan o’yinchida birinchi navbatda katta hajmdagi tashqi markazlashgan diqqatning yaxshi rivojlangan bo’lishi juda muhimdir. Chunki bu ko’rish turi, o’yinchidan bir vaqtning o’zida to’pni tushiradigan oysimon chuqurchaning uzoq va yaqinligini, shamoyaning yo’nalishini, qarshiligini, havoning zichligini, sportchi o’zining jismoniy kuchini inobatga olishni talab etadi. Ilmiy tadqiqot ishning vazifalari. Sportda paydo bo’ladigan muammoli vazifalarni to’g’ri hal etish uchun o’uyidagilarni maqsad qilib qo’ydik. Sport faoliyatining sportchida musobaqadan oldingi psixologik holatini o’rganish. Sport musobaqa jarayonini psixologik jihatdan tahlil qilish. (sport turlarini alohida va umumiy tahlil qilish). Sport mashg’uloti va musobaqasining sportchi xarakteriga ta’sirini o’rganish. Sportchining musobaqadan oldingi axloqiy va irodaviy sifatlarni kuzatish. Sportchi faoliyatining shart-sharoitlarini psixologik tahlil qilish. Sportchilarni o’zaro munosabatlarini va tashkilotchilik qobiliyatlarini jamoada tajriba yordamida shakllantirish. Sport mashg’ulotini sifatli tashkil qilish maqsadida maxsus psixologik ko’rsatmalar berish. Biz sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatining quyidagi psixologik jihatlariga alohida e’tibor berishga harakat qildik: a) yuqorida darajada ishchanlikni vujudga keltirish, musobaqada chidamlilikni o’stirish uslublaridan foydalanish, b) sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini o’rganish, v) noqulay ruhiy holatdan chiqib ketish yo’llarini izlab topish, g) sportchilarning psixologik tayyorgarlik va chiniqish uslublaridan foydalanish. Magistrlik dissertasiya ishning ilmiy tadqiqot uslublari va metodologiyasi. Biz sportchilarning musobaqadan oldingi psixologik holatini o’rganish jarayonida psixologik tadqiqot o’tkazishda sport psixologiyasining asosiy uslublaridan amaliy foydalanish imkoniga ega bo’lish uchun ularni o’zlashtirish zarur. Psixologik uslublar sportchining psixik hayotini tabiatining boshqa obyektlarida bo’lganidek, xolis tahlil etuvchi tadqiqotlar olib borishni talab qiladigan nazariy talablarga asoslanib yaratildi. Bunda turli-tuman uslublar, shu jumladan, psixik hodisalarni har tomonlama tadqiq etishni ta’minlovchi boshqa fanlarning uslublaridan ham foydalanishga harakat qildik. Sportchilarni o’rganishda kuzatish, suhbat, tajriba o’tkazish, autogencha mashq qilish, emperik, sportchi faoliyat mahsulini tahlil qilish, trening kabi uslublar keng ko’lamda qo’llanildi. Ishning metodologik asoslari. Ishning asosiy metodologiyasi yurtimizda sportni rivojlantirish va uni keng targ’ib etish borasida olib borilayotgan ishlar, eng muhimi Muhtaram yo’lboshchimizning mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risidagi maxsus farmonlari shunday ezgu ishlar asos bo’ladi va metodologik ishning bosh omiliga aylanadi. Sportchilarni umumiy psixologik tayyorlash uslublarini ishlab chiqish. Sportchilarning texnik, jismoniy, ruhiy taktik tayyorgarligini; a) sportchi shaxsini tarbiyalash; b) sportchilar jamoasini shakllantirish. Sportchilarning sport faoliyatini ilmiy asosda boshqarish ishlarini to’g’ri tashkil etish. Sportchilarga yangi nazariy bilimlar berish, ularning shaxsiy muammolarini yechish uchun yo’l-yo’riq ko’rsatish. Dissertasiya ishning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertasiyaning mavzusi «Sportchilarda musobaqadan oldingi holatining psixologik tavsifi va tahlili» bo’yicha 50 tadan ortiq siyosiy, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o’qib-o’rganimizda birorta darslik, o’quv qo’llanma va uslubiy qo’llanmalarda ishga zarur materiallar topilmadi. Lekin ayrim sport psixologiyasi kitoblarida «sportchilarda musobaqadan oldingi holatini boshqarish muammolari to’g’risida» fikrlar to’la yaratilmagan. Hozirgi sportda sportchilarning musobaqadan oldingi holatini o’rganish dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda. Biz dissertasiya ishning ilmiy yangiliklariga quyidagilarni tavsiya etamiz. Sportchiga raqibi va bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida sportchiga ma’lumotlar berish; Sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba keltirish imkoniyatlarini o’rganish. Sportchiga musobaqada qatnashishdan ko’zlangan maqsad va vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko’rsatmalar berish. Sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish. Sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish aqliy sifatini o’stirishga e’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish. Sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus to’siqlar vujudga keltirish, ularda bu to’siqlar va qiyinchiliklarni yenga oladigan malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha uslublardan foydalanishni o’rganish. Sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o’rganish. Sportchini musobaqa boshlanishda ruhiy ko’tarinkilikka, asab tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash. So’nggi yillarda respublikamiz sportchilari erishilgan natijalar yuqorilab bormoqda. Shundan ko’rinib turibdiki, inson imkoniyatlari cheksiz. Sportchi faqat ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’zining ruhiy, jismoniy imkoniyatlarini safarbar qilish yo’llarini bilish lozim. Dissertasiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin jamiyat hayotning barcha javhalarida shuningdek, sportda ham sezilarli darajada rivojlanish ko’zga tashlandi. Sport turlarining tez suratlar bilan rivojlanishi uch bosqichli («Umid nihollari»- «Barkamol avlod» - «Universiada») sport musobaqalarining o’tkazilishi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmonining qabul qilinishi. Sportchilarni sport musobaqalariga psixologik tayyorlash istiqbolini ham belgilab berdi. Download 340 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling