«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavsifi»


Download 340 Kb.
bet2/23
Sana05.01.2022
Hajmi340 Kb.
#228613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavs

Xulosa

Takliflar

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda sportning davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga ustuvor ahamiyat berilayotganligi hamda buning har tomonlama mukammal qonuniy va tashkiliy asoslari yaratilganligi tufayli sport talaba yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi, ularni jismoniy hamda ma’nan barkamol etib tayyorlash borasida asosiy omilga aylanib borayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xuddi shuningdek, Vazirlik tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb qilishni ta’minlash maqsadida, Kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz ta’lim tizimida sport musobaqalarining ham uzluksizligini ta’minlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirib kelayotgani fikrimizning dalilidir. Respublika Oliy ta’lim muassasalari tadbirlarining Namanganda ilk bor o’tkazilgan «Universiada - 2000» sport musobaqalaridan keyin ta’lim muassasalarida sportga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga tubdan o’zgardi. Shundan so’ng o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimidagi o’quv muassasalar o’quvchi yoshlarning 2001-yilda Jizzax va 2003-yilda Andijon shahrida «Barkamol avlod», maktab o’quvchilarining 2002-yilda Farg’ona, 2003-yilda Urganch shahrida «Umid nihollari» va 2002- yilda Buxoro shahrida «Universiada-2002» sport musobaqalari o’tkazildi.

2000 yili Namanganda bo’lib o’tgan Respublika talaba yoshlarining birinchi universiadasida sportning 9 turi bo’yicha 1717 nafar talaba baxs olib borgan bo’lsa, Buxoro shahrida o’tkazilgan «Universiada-2002» sport musobaqalarida 12 tur bo’yicha 2848 nafar talaba sportchilar g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

«Univesiada-2004»ning yakuniy final bosqichiga nomzodlarni tanlab olish maqsadida barcha oliy o’quv yurtlarida I-II bosqich musobaqalari o’tkazildi.

Samarqandda o’tkazilgan final bosqichida Toshkent shahridan 3 jamoa 13 viloyatdan 1 tadan jami 16 jamoa ishtirok etadi. 1 ta jamoaning to’liq tarkibi 166 talabadan iborat. Shuningdek, Samarqandda universiada dasturiga qo’shimcha mini-futboldan iborat. Samarqandda 4 ta jamoa 40 ta ishtirokchi, og’ir atletikadan 2 ta vaznda 16 ta sportchi qatnashadi. Jami final bosqichida ishtirok etuvchi sportchi talabalarning soni 2712 taga yetdi. Shuningdek, qo’shni Xorijiy davlatlardan ham sportchilar ishtiroki qo’shilmoqda.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov muallifligida yaratilgan Kadrlar tayyorlash Milliy modeliga muvofiq, uzluksiz ta’limda ommaviy sportni rivojlantirishning uch bo’g’indan iborat yaxlit tizimi («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada») ishlab chiqildi. Oliy o’quv yurtlarining «Universiada» sport musobaqalari uchunchi yakuniy bo’g’in hisoblanadi, bir-biriga chambarchas bog’langan ushbu tizim jamiyatni sog’lamlashtirish, yoshlarni ham ma’nan ham jismonan yetuk qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Bu yil o’tkaziladigan «Universiada-2013» sport musobaqalarining o’tkazishdan ko’zda tutilgan maqsad va ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat – yoshlarni jismonan va ma’nan barkamol qilib tarbiyalash talaba-yoshlar o’rtasida keng tarqalgan sport turlarini ommaviy rivojlantirish talaba-yoshlarni jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir.

2005 yili Turkiyaning Izmir shahrida bo’lib o’tgan Butun jahon «Universiada-2005» sport musobaqalarida ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoalari uchun nomzodlarni aniqlab olish O’zbekiston terma jamoalariga o’rinbosarlarni tayyorlash bo’yicha oliy o’quv yurtlari sport klublari faoliyatining sifat va samaradorligini oshirish «Universiada» sport musobaqalarini o’tkazishdan maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan birga mustaqil yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qila oladigan yetuk sportchilarni yetishtirishdan iborat. Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ko’plab nufuzli xalqaro musobaqalarda ko’zga ko’rinarli muvaffaqiyatlarga erishayotgan respublikamiz sportchilarining aksariyati talabalardir. 2003 yil Koreya Respublikasining DEYGU shahrida bo’lib o’tgan butunjahon «Universiada» musobaqasida talabalarimizdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Tangriyev Abdulla 2 ta oltin medal, Oqgul Omonmurodova bronza medal sohibi, Respublikamiz terma jamoasi 177 davlat ishtirok etgan ushbu musobaqada 19-o’rinni egalladi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining Namangan va Buxoroda o’tkazilgan «Universiada» sport musobaqalaridan keyin mazkur muassasalarda sportga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga tubdan o’zgardi. Aytish joizki, raqamlar talabalar o’rtasida sportga qiziqishi yildan-yilga ortib borayotganini ko’rsatmoqda. 2000 yilga qadar sport to’garaklarida qatnashuvchi talabalar soni umumiy talabalar sonining 9-10% ni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilga kelib bu ko’rsatgich 20% dan oshdi.

Respublikada oliy ta’lim muassasalarida «Universiada-2004» musobaqalarining birinchi bosqichi 2003 yilning dekabr oyida yakunlanib unda 120000 dan ziyod talabalar ishtirok etishdi. «Universiada-2004»ning yanvar-mart-aprel oylarida ikkinchi bosqich musobaqalari o’tkazildi. Nizomga ko’ra «Universiada-2004» sport musobaqalarining mash’alasini Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan «Quyosh» majmuasidan Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari orqali Samarqand shahriga olib borish jadvali tuzildi. Uni olib boruvchi Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarinnig 120 ta a’lochi talabasi bu tadbirda ishtirok etishdi. «Universiada» ishtirokchilarini Toshkent shahridan va viloyatlardan temir yo’q transporti orqali Samarqandga olib borish va joylarga qaytarish rejalari ishlab chiqilgan.

«Universiada-2004» g’alabalarini 230 ta oltin, 230 dona kumush, 251 dona bronza medallari va tegishli diplomlar sertifikatlar hamda boshqa turli xil qimmatbaho sovg’alar berildi. «Universiada-2004» musobaqalari o’tkaziladigan muddatda sportchi talabalarning madaniy dam olishlari uchun Samarqand viloyati hokimligi va madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda shaharning tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkil etish ilmiy amaliy konferensiyalar o’tkazish, turli konferensiyalar uyushtirish hamda yozuvchi shoirlar fan arboblari va san’at ustalari bilan uchrashuvlar o’tkazish rejaga kiritilgan. «Universiada-2004» ishtirokchilarini mehmonxonalarga joylashtirish va ularga barcha shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanishni tashkillashtirish uchun oshxonalar talabalar uylari tayyorlandi. «Universiada-2004» sport musobaqalarini o’tkazish uchun Samarqand shahrida jahon standartlariga mos bo’lgan 20000 kishilik ulkan stadion qurilib bitkazildi. Shuningdek, yengil atletika maneji, 50 metrlik yopiq suzish havzasi, sport zallar, maydonlar ta’mirlanib, 2004 yilning may oyida foydalanishga topshirildi, tashkiliy qo’mita a’zolari shu bugungi kungacha «Universiada-2004» sport musobaqalariga joylarda tayyorgarlikning borishi, sport inshoatlarining tayyorgarlik holati oliy ta’lim muassasalarida birinchi bosqich, Toshkent shahri va viloyatlarida, ikkinchi bosqich «Universiada-2004» sport musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish yuzasidan nazorat olib borishdi. «Universiada-2004» sport musobaqasiga barcha viloyatlardan terma jamoalar tarkibi Samarqandga etib keldi. Qadimiy hamisha navqiron bo’lgan Samarqand shahrida «Universiada-2004» musobaqasining o’tkazilishini tomosha qilish uchun jahonning turli mamlakatlaridan sayyohlarning kelishi ham «Universiada-2004» sport musobaqalarining nufuzi jahonga tarqaldi.

Mazkur mavzuning ikkinchi dolzarbligi shundan iboratki. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, yangi ta’lim modeli joriy qilingandan keyin, o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga uzluksiz jalb qila oladigan, umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining uzluksiz «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» ommoviy sport musobaqalariga psixologik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish. Xuddi shuningdek, Respublikamiz yoshlarining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish orqali, Respublika, Osiyo, Jahon va Olimpiada chempionlarini tayyorlash hamda sog’lom turmush tarzini ta’minlash turli illatlarning oldini olish va jismonan sog’lom millatni shakllantirish maqsadida uch bo’g’inli yagona sport tizimi negizida ommoviy sport harakatining milliy modeli ilmiy asosda tuzildi.

Har bir xalq, har bir millat eng avvalo farzandlarini sog’lom qilib tarbiyalash, ularning jismoniy yetuk bo’lishi to’g’risida qayg’uradi. Shuning uchun ham bizning asosiy maqsadimiz «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada-2004» sport musobaqalariga psixologik jihatdan tayyorlashdan iboratdir.



Magistrlik dissertasiya ishimizning uchunchi dolzarbligi. Yurtimizda istiqlol sharofati bilan O’zbekiston sportchilarida ma’naviy yuksalish ham yaqqol ko’zga tashlandi. Jahon miqyosida o’tkazilgan musobaqalarda xususan, Sedneyda, Pekinda, Angleyada o’tkazilgan Olimpiada o’yinlarida vakillarimizdan Muhammadqodir Abdullayev, Artur Toymazov, Abdulla Tangriyevlar ishtirok etishi va olimpiada chempioni bo’lishi muhim voqyea bo’ldi. Keyingi yillarda O’zbekiston juda ko’p mahoratli sportchilar yetishib chiqdi. Bu albatta, o’z-o’zidan bo’lgan emas. Buning zaminida o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, yuqori darajadagi madaniyati, pahlavonlari, qahramonlari va go’zal an’analarining ta’siri bor.

Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki Samarqand Davlat universiteti sportchilari ham juda ko’p sport turlari bo’yicha Respublika, Osiyo, Jahon va Olimpiada qatnashchilarini tayyorlamoqda. Jismoniy madaniyat fakulteti o’quvchi va professorlari ham jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlash borasida o’zlarining munosib ulushlarini qo’shib kelmoqda. Biz ushbulardan kelib chiqqan holda magistrlik dissertasiyamizning mavzusining dolzarbligi haqida tushunchaga ega bo’ldik va Universitetda ta’lim olayotgan sportchilarning musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatini o’rganish to’g’risida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordik.



Magistrlik dissertasiya ishning ilmiy tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti qilib Samarqand shahar iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik lisey qoshida hamda Samarqand Davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sportchilari bilan olib borildi.

Ishning maqsadi. Sportchining musobaqadan oldingi ruhiy holati uning oldingi turli xil musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga bog’liq tomonlarini o’rganish hamda sportchining musobaqaga tayyorgarlik holatiga asab tizimining ta’sirchanligiga ham bog’liqligi to’g’risida kuzatishlar olib borish. Biz sportchining musobaqaga tayyorgarlik va musobaqadan oldingi holatini quyidagi 5 ta qismga ajratib o’rgandik.

  1. Sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holati

  2. Sportchining sportda qaltirash, jonsizlik holati.

  3. Sportchining sportga yuqori tayyorgarlik va jangovorlik holati.

  4. Sportchining ruhan tushkunlik va yomon kayfiyatlilik holati.

  5. Mavzu bo’yicha adabiyotlarni o’rganish.

Murabbiy sportchilarda musobaqadan oldingi holatini boshqarish hamda shartgacha tarbiya ta’sir ko’rsatishda uning emosiya va xissiyotlarini hisobga olish zarur.


Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling