Sportning roli
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Download 290.86 Kb.
|
3- SO`BA TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan internet resurslari
- BOSHLANGICH TALIMDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA TABIIY FANLARNING TUTGAN ORNI
- Kalit so’zlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni. – Toshkent,: 2020 yil 23 sentyabr. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni. 3. G Sayfullaev, L Alimova, U Ollokova. Formation of environmental knowledge in pupils of second class in the lessons the world around us. Bridge to science: research works, 206-208. 4. ГМ Сайфуллаев, ЛХ Алимова, БОУ Ходиев. Формирование и развитие ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и образования, 22- 25. Tavsiya etiladigan internet resurslari: 1. http://www.istedod.uz - “Iste'dod” jamg‘armasi sayti. 2. http://www.edunet.uz - maktablar, o‘quvchi va o‘qituvchilar sayti. 3.http://www.scholar.urc.ac.ru/courses/telecom–maktabda telekommunikatsiyani o‘qitish uslubiyati. BOSHLANG'ICH TA'LIMDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA TABIIY FANLARNING TUTGAN O'RNI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 2-kurs magistranti Mamatov Eldorbek Komil o’g’li Anotatsiya: Ushbu maqola orqali o’quvchlarda tabiiy fanlar orqali tabiatga bo’lgan qiziqishini oshirish kerak. Tabiatga nisbatan mehr muhabbat tuyg’usini uyg’otish orqali ekologik tarbiyani berish nazarda tutilgan. Kalit so’zlar: ekologiya, ekologik ong, tabiat, tabiiy fan, o’quvchi, ekologik savodxonlik, Ushbu maqsadga erishish maktabning o'quvchilar o'rtasida inson, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir jarayonlari va natijalarini, ekologik qadriyatlar yo'nalishlari, normalari va qoidalarini tushunishga qaratilgan ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish bo'yicha maqsadli tizimli ish olib borish sharti bilan mumkin. Tabiatga munosabat, tabiat bilan muloqot qilish zarurati va atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatiga tayyorlik, tabiatni o'rganish va muhofaza qilish ko'nikmalari.Shuning bilan birgalikda hozirgi kunda yaratilgan tabiiy fanlar o’quvchilarga olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lab olgan holda yaratilgan. Bu esa o’quvchiga ko’z o’ngida tabiat bilan munosabatga kirishish imkonini beradi. Maktablar hozirgi kunda tabiiy fanlar 3-6-sinf o’quvchilariga tajriba uchun qo’llanilmoqda bu fanda amliy topshiriqlarni o’quvchilar o’zlari amaliy topshiriqlarni bajarishib mustaqil fikralash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Boshqa tomondan, ekologik ta'limni amalga oshirishda uning asosiy maqsadi - shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishga e'tibor qaratish juda muhimdir. Ekologik madaniyatni o’quvchi shaxsida to’g’ri shakllantirgan bo’lsak tabiatga ongli ravishda munosabat ko’rsatishadilar. Ekologik muammolarni barcha o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bersak ular atrof-muhitga e’tiborli bo’lishadi. Hozirgi vaqtda ta‘lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlarini keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta‘lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiqdir. An‘anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli –tuman ta‘lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil etilishi, ta‘lim beruvchi tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligi mutassil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichikkichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum kichik guruhlarda ishlash, bahs- munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha , rolli o‘yinlar, kabi metodlarni qo‘llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. bunday interfaol metodlarni biz maktab darsliklarida berilgan atrofmuhit muhofazasi va ekologiyaga bog‘liq mavzular misolida ko‘rib chiqamiz. So‘nggi yillarda ekologik muammolar ko‘lami kengayib u yoki bu mintaqadagi ekologik xavf xatarlar tobora globallashib borayotganligi butun dunyoda aholining ekologik bilimi va savodxonligini oshirishni davr talabiga aylantirdi. mamlakatimizda ham aholining bilimi va savodxonligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Jumladan, biz buni farzandlarimizga bog‘chadan berilayotgan turli ekologik tarbiyani yoki maktablarda boshlang‘ich sinflarda “atrofimizdagi olam“ yoki “Tabiatshunoslik “ fanlarida , yuqori sinflarda esa geografiya, biologiya, kimyo va fizika fanlari tizimida berib bormoqdamiz darsligimizda “Tabiatnimuhofaza qilishning geografik asoslari”, “atrof-muhit manitoringi va geografik- ekologik ekspertiza asoslari”,“ insoniyatning global muammolari”, va “O‘zbekistonning geoekologik muammolari” kabi mavzularda o‘quvchilarning ekologik savodxonligi oshirib borilmoqda. O‘quvchilarga ta‘lim berish jarayonida yuqorida sanab o‘tgan bir necha metodlardan tashqari yana boshqa metodlarni tatbiq etmoqchimiz. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy adabiy meroslarini o‘rganish va ularda yoritilgan insonning ekologik muhitga munosabati borasidagi qarashlari asosida o‘quvchilarga ekologik tafakkurni shakllantirishda samaradorlikka erishish ijtimoiy - pedagogik zaruratdir. Bunday obyektiv zaruriyat negizida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqari sharoitlarda berilayotgan ekologik bilim, ko‘nikma va malakalar yotadi. O‘quvchilarga tabiatga oid ilmiy - nazariy va amaliy tushunchalarni tushunchalarni berishda boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi. Keyingi asosiy va muhim pedagogik hamda psixologik vazifa esa yuqorida aytilgan ekologik bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berishning samarali shakl, metod va vositalarini aniqlash sanaladi. Bu o‘rinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish va tarbiyalashga oid “Ekologik dam (pauza)” deb nomlangan bilimlarni berish shakli va usulidan foydalanish taklifini ilgari surgan holda, uning samarali ekanligini alohida qayd etib o‘tish mumkin. Tabiatda qirilib ketayotgan hayvonlar, o’simliklar dunyosi, hasharotlar haqida o’quvchilarga ularning rasmlari yoki kichiraytirilgan maktelarini ko’rsatib o’tishimiz kerak. O’lkashunoslik muzeylariga olib boorish ham o’quvchilarni ekologik tabiatga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Muzeyda bolalar ko’rmagan, ma’lumotga ega bo’lmagan turli tirik jonzot maketlari mavjud bo’lib bu jonivorlargas qiziqish uyg’otishi va u haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun izlanishlariga harakat qilishadi. Bolalarga ekologik ta'lim berish bolalarga zarur va foydalidir. Bolalarga tevarak-olam va tabiat hodisalari haqida ma’lumot berish. Yer, osmon, quyosh, oy, yulduzlar, havo, suv, bulut, yog’ingarchilik, tuman, shamol, chaqmoq, momaqaldiroq kabi tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish. Bolalarda tabiat go’zalliklaridan zavq olish tuyg’usini tarbiyalash, o’simliklarga zarar yetkazmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, o’t-o’lanlarni bosmaslik, atrof-muhitni iflos qilmaslik kabilarni ularning ongiga singdirish lozim. Tabiatshunoslik - insoniyat ma’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega botish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislami tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bog’liq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi fani asosida olam evolyutsiyasi va uni tabiiy, iqtisodiy, sotsial va boshqa gumanitar fanlar ta’sirida sivilizatsion dunyoga munosabatlar va haqiqiy tabiat qonunlarini bilishga qaratilgan kursdir. Bu fanning vazifasi talabalarga, ya’ni yosh avlodga yangi ma’lumotlar berish, m a’naviy va moddiy imtiyozlar yaratishga, jamiyatni rivojlantirishga, yagona umuminsoniy madaniyat yaratishga xizmat qilishdir. Bizni o‘rab turgan dunyoni bilishda, uyg‘otuvchi omillari haqiqatni bilish nisbiy haqiqat, empirik va nazariy, sezgi organlari, ilmiy dalil, kuzatish va eksperiment, texnik vositalar, tafakkur, taqqoslash bilan isbotlandi. sintez, abstrakt va aniq o‘xshashlik topish, modellashtirish, induksiya va deduksiya, logik va boshqa shakl hamda usullardan foydalaniladi. Olamning tabiiy-ilmiy manzarasini yoritishda fazo va vaqt konsepsiyasi, ayniqsa vaqtning qaytmasligi, astronomik, biologik, psixologik fazo va vaqt hamda fazo va vaqtning universalligi haqida fikr yuritiladi. Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalarini nazariya, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillarini o‘rganish, ilmiy bilish rivojlanishi tarixida fanlar tasnifi masalasi bilan barcha tabiat fanlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy fanlar bilan o‘zaro munosabati orasida doimo uzviy bog‘liqlik bo‘lgan. Bugungi kunda insonlar atrof muhitga jiddiy ta’sir ko’rstish orqali turli xildagi ekologik muammolarga duch kelishmoqdalar. Xususan kunning kesgin isib ketishi, fasllardagi ketma-ketlik buzilayotgani,ichimlik suvlarining yetishmasligi va bir qator ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Shuning bilan birgalikda toza havoni saqlab qolish uchun yashil daraxtlarni ko’proq o’qish kerakligini o’quvchilarga uqtirish lozim. Insonni o‘zi yashab turgan dunyoni bilish va o‘rganish masalasi juda qadimdan qiziqtirib kelgan. Darhaqiqat, bizni o‘rab turgan havo qatlami, oyog'imiz ostidagi yer, tirikligimiz asosi havo, butun borliqning hayot manbayi quyosh, koinot, yulduz, o'simlik va hayvonot dunyosi juda ham qiziqarliligi bilan e'tiborni tortmay qolmaydi. Shu bois borliq olam va undagi tirik organizmlar, bu organizmlarning yashash tarzi, oziqlanish, ko‘payish tartiblari, odamning paydo bo’lishi, atom molekulalari, hujayra, bir hujayrali organizmlar va ularning shakllanishi fanda alohida ahamiyatga ega. Download 290.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling