Sportning roli
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 290.86 Kb.
|
3- SO`BA TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUVCHI YOSHLARNI TABIATNI MUHOFAZA QILISH RUHIDA TARBIYALASH MUAMMOSI BOZOROVA AZIZA SAIDMUROT QIZI – Denov tadbirkorlik pedagogika instituti 2 kurs magistri
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi. -Toshkent: Adolat, 1998. - 81 b. 2.O‘zbekiston milliy ensiklopediya 8 T.: 2000. 801 b. 3. “Avesto” Sharq.T:. 2001.Mansur yashtlar. Farvardin qasidasi, 22-bo‘lim, 79-band. 4. “Avesto” T:. 2015. Farvardin qasidasi, 31-bo‘lim, 153-madh. 224 b. 5. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 9. T.:2000. 485 b. 6. Ахлоқ - одобга оид ҳадис намуналари.-Тошкент: Фан, 1990. - Б. 172. 7. Авезов Ш. Экологическое воспитание старшеклассников сельской школу в процессе краэведческой деятельности: Автореф. дисс. … канд. пед. наук. - Ташкент, 1993. - 161 с. 8. Ашурова Н. Экологическое воспитание учащихся 3-4 классов сельских школ: Автореферат дис. ... канд. пед. наук. -Ташкент, 1993. -18 с. 9. Авазов Ш. Мактабда экологик тарбия. -Тошкент.: 1992.- 62 10. Bahramov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M., “Tabiatshunoslik”darsligi 3-sinf. T:.“ Cho‘lpon ” nashriyoti. 2019 .- 128 b. 11. Bahromov A., va boshq. Tabiatshunoslik: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. 5-nashr / A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabiyeva - T.: “Sharq”, 2020.-120 b. O‘QUVCHI YOSHLARNI TABIATNI MUHOFAZA QILISH RUHIDA TARBIYALASH MUAMMOSI BOZOROVA AZIZA SAIDMUROT QIZI – Denov tadbirkorlik pedagogika instituti 2 kurs magistri Annotatsiya: Maqolada o‘quvchi-yoshlarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashning asosiy muammolari ilmiy tahlil qilindi. Xalqaro hamjamiyatdagi ekologik muammolarni bilan bir qatorda O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy islohotlar haqida ham ma’lumot berildi. Kalit so‘zlar: ekologik muammolar, konvensiya, kelishuv, tabiat, muhofaza qilish, xalqaro hamkorlik. Kirish. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi BMT ning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvetsiya va Kioto protokoliga muvofiq, Kopengagen kelishuvi (KK-15) Xalqaro Konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish davrida O‘zbekiston Respublikasining ushbu dolzarb muammo bo‘yicha munosabatini asoslash bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlashda va uni BMT ning ushbu Konvensiyasi Ijroviy Kotibiyatiga taqdim etishda qatnashdi. BMT ning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi Milliy axborotini tayyorlash doirasida amalga oshirilgan faoliyat bo‘yicha tahliliy materiallar taqdim etildi. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining dasturlarida faol ishtirok etmoqda va uni muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha Komissiyasining a’zosi hisoblanadi va shu kungacha 150 dan ortiq Xalqaro Konvensiya hamda Bayonnomalarini ratifikatsiya qilgan1. O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon meterologiya Tashkilotining deyarli barcha dasturlari, shu jumladan, gidrologiya, meterologiya, iqlim, axborotlar, alohida xavfli gidrometerologik hodisalar, qurg‘oqchilikni boshqarish, gidrometeorologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro o‘n yillikni o‘tkazish sohasidagi dasturlarning ishtirokchisi hisoblanadi, shuningdek, YUNESKOning xalqaro gidrologik dasturi hamda MDH mamlakatlari gidrometerologiyasi bo‘yicha Davlatlararo kengashi ilmiy dasturlari a’zosidir2. O‘zbekistonning manfaatdorligi va faolligi ko‘proq darajada Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston a’zo hisoblangan. Amaldagi Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi doirasida davom etib kelmoqda. Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi faoliyatining asosiy vazifasi Markaziy Osiyo hududida barqaror rivojlanishga erishish uchun aholini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda ekologik holatni yaxshilash masalalarini hal qilish bo‘yicha harajatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish hisoblanadi. Britaniya Kengashi bilan hamkorlik “Iqlim o‘zgarishi muammolari bo‘yicha xalqaro xarakat” Dasturi tadbirlar hamkorlik amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yosh mutaxassislari faol ishtirok etmoqdalar. O‘zbekiston qator xalqaro moliyaviy muassasalar, jumladan, Global ekologik jamg‘armasi (GEJ), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) jahon banki (JB), Evropa Rekonstruksiya va rivojlanish banki (ERRB), Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) va boshqalar bilan uzviy hamkorlik qiladi, ular xorijiy investitsiyalar, jahon tajribasi ham toza texnologiyalardan foydalanishni ta’minlashdek muhim masalalar yuzasidan yordam ko‘rsatadi3. SHular birga O‘zbekiston mintaqaviy integratsiyalash masalalarida ikki tomonlama kelishuvlar (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Gruziya) asosida MDHning alohida a’zolari, shuningdek, MDHning alohida a’zolari, shuningdek MDH ijroiya qo‘mitasining yordamchi organi hisoblangan davlatlararo ekologik kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 2015 yilgacha bo‘lgan davrda MDH mamlakatlarini rejalashtirish bo‘yicha harakatlar dasturi atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qator tadbirlarni ko‘zda tutadi. Atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik, smanoat chiqindilarini klassifikatsiya qilish hamda ularni ya’ni tizimda markalash va boshqalar. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Germaniya Atrof-muhit muhofazasi va reaktorlar xavfsizligi vazirligi bilan atrof-muhit muhofazasi sohasida hamkorldik qilish, xususan ekoturizm inobatga olgan xolda milliy bog‘larni rivojlantirish, kimyoviy moddalar va sanoat chiqindilari bilan ishlash, qayta tiklanuvchi energetikadan manbalardan foydalanish va boshqalar to‘g‘risida o‘zaro kelishuvga erishildi. O‘zbekiston Global suv hamkorligi (GSH) tashkilotining a’zosi hisoblanadi, chunki suv resurslaridan foydalanish va taqsimlash muammolari hamda ularni hal qilish respublika uchun birinchi o‘rinda turadi. Respublika EvroOsiyo iqtisodiy hamkorligi (EvroiH ), Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti (MOHT), SHanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) a’zosi hisoblanadi. Mintaqada suv resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtirish masalalariga befarq bo‘lmagan O‘zbekiston Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti (IHT) va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (MOIH) singari yirik mintaqaviy tuzilmalarga a’zo4. Xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilayotgan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ular bo‘yicha milliy ijrochi agentlik bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirildi. Jumladan: “Qoraqalrpog‘iston Respublikasi hududidagi Amudaryo deltasida to‘qay o‘rmonlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimlarini mustahkamlash” loyihasi. Loyiha doirasida: qo‘riqxona va unga tutash xududlaridagi Buxoro bo‘g‘ularining hisobi o‘tkazildi: Nazarxon to‘qayida buxoro bug‘ulari uchun voler qurilishi nihoyasiga etkazildi; energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari bo‘lgan biogaz qurilmasi joriy etildi; qo‘riqxona tashrif-markaz uchun binoning qayta tiklash ishlari yakunlandi; jamoa o‘rmonchiligi uchastkalarida muntazam ravishda o‘rmonzorlar barpo qilish ishlari o‘tkazilmoqda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan maktab o‘quvchilarning ekologik ta’limi bo‘yicha qo‘shma ish rejasi tayyorlandi va amalyotga joriy etilmoqda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Axborot markazi tashkil etilib, zamonaviy anjomlar bilan ta’minlandi; bo‘lg‘usi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (BR)ning boshqaruv rejasi tayyorlandi; BRni tashkil etish bo‘yicha hukumat qaror loyihasi tayyorlandi va u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasining mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishildi. “Maqsadli institutsional kuchaytirish va kasbiy malakani rivojlantirish orqali Rio Konvensiyalarini joriy etish uchun milliy salohiyati mustahkamlash” loyihasi doirasida tabiatni muhofaza qilish va boshqa asosiy idoralar mutaxassislari, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish respublika va viloyatlar jamg‘armalari xodimlarining salohiyatlari va malakalarini oshirish bo‘yicha bir qator treninglar, seminarlar va uchrashuvlar tashkil qilindi va o‘tkazildi; “O‘zbekiston Respublikasi qayta foydalanish uchun kollektor-drenaj suvlari sho‘rlanishini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida; analitik-tahliliy laboratoriyalarni zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlashdi, ular asosida kollektor-zovur suvlari sho‘rlanishini texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Koreya mutaxassislari bilan birgalikda dastlabki laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazildi; BMTTD/GEJ ning “Iqtisodiy o‘tish davridagi mamlakatlarda GHFU iste’molidan bosqichma-bosqich voz kechishga tayyorgarlik” mavzuidagi mintaqaviy loyihasi doirasida tegishli hisobotlar tayyorlandi va taqdim qilindi, BMTTDning mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan ma’lumotlarni to‘plash va qonunchilik shahri bo‘yicha tanlov o‘tkazildi va milliy ekspertlar tanlab olish o‘tkazib, sovutgich uskunalari va havoni konditsionerlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash korxonalarida, sanoat korxonalari, savdo, transport va boshqalarda GHFU va azonga xavfsiz moddalar iste’moli bo‘yicha bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan GEJ/YUNEP bilan birgalikda O‘zbekiston uchun “Moneral Protokoli bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi borasida iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlarda (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston) intitutsionol tarafdan mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihasi doirasida OEM va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilishning oldini olish bo‘yicha bir qator tadbirlar bajarilmoqda, milliy qonunchilikni yangilash bo‘yicha takliflar tayyorlash, jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha keng faoliyat olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga muvofiq, ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro donorlarni izlash davom etmoqda, “Namangan viloyatining Pop tumanidagi sobiq 23-kon xududida ekologik holatni sog‘lomlashtirish” loyihasini birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, Germaniya davlati kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan biznes-forum chog‘imda loyiha takliflarining taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek takliflar Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markaziga (Almaota sh.) taqdim etildi. Xulosa sifatida aytish joizki, milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatning buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Download 290.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling