Sportning roli


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 290.86 Kb.
bet28/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M. ―Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi Toshkent, 2005 yil
2. D. Sharipova, D. Xodiyeva, M. Shirinov ―Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi Darslik. ―Barkamol fayz media nashriyoti, Toshkent, 2018 yil-458b.
3. Sh.Mirzaxmatova, D. Pulatova. Tabiatshunoslik darslarida interfaol ta‘lim (Uslubiy qo’llanma) -Т.: ―Yangi asr avlodi, 2011-yil. - 44 b.
4. A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabiyeva Tabiatshunoslik. Umumiy o’rta ta‘lim maktablari uchun darslik. - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent – 2020-120b.
5. Umumta'lim maktablarining o’quv dasturlari (boshlang’ich sinflar) 2022-y
Boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati


Toshtemirova Maftuna Karimovna– Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti
O`roqova Gulsin Qambardinovna – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya: boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida estetik tarbiyani takomillashtirishga oid qiziqarli va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishning samarali shakl va usullarini aniqlashdan iborat.
Kalit so`zlar: boshlang‘ich sinf, estetik tarbiya, tabiatshunoslik, rivojlanish, mazmun, mohiyat, shakl, metod, vositalar, dars, tabiat, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar, samaradorlik.
Abstract: statuere formas ac modos organizandi efficaces secundum technologias iucundas et modernas educativas ad emendationem educationis aestheticae in elementaria scientiarum lectionum.
Key verba: schola elementaria, aesthetica educatio, scientia naturalis, progressio, contentum, essentia, forma, ratio, instrumenta, lectio, natura, actiones extracurriculares, technologiae paedagogicae, efficientia.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasi rivojlanishida tabiatshunoslik darslarida tashkil etishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning dars va darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, ularning aqliy, mehnat va ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy moslashuvni qaror toptirish va mustaqil ravishda fan asoslarini o‘zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Unda asosan:


- ma’naviy-axloqiy munosabatda bo‘lish bilan o‘zaro aloqadorlikda qiziqishlarni shakllantirishdagi imkonyatlari;
- maqsadli ko‘rsatma, yo‘nalish, muammoni amaliy xal qilish vazifalari;
- muammoni amaliy xal qilishga pedagogik yondashuv;
- to‘garak dasturi va ularni tashkil etish ishiga qo‘yilgan talablar;
- o‘quvchilarda insonning tabiat estetikasiga, ekologiya va unga ma’naviy - axloqiy munosabatda bo‘lishining shakllanish modeli uning tuzilmaviy - mazmuniy asosi, bosqichlari tavsifi;
- yoshlarda qiziqishni shakllantiradigan tabiat estetikasiga oid material mazmuni;
- ta’lim - tarbiya jarayoniga rahbarlik qilish va boshqarish;
- optimal shakllar, uslublar, vosita va sharoitlar;
- tadqiq qilinayotgan jarayonni optimallashtiruvchi umumpedagogik talablar va muayyan uslubiy sharoitlar;
- mashg‘ulotlarga talablar, o‘quvchilarga taklif qilinadigan optimal va samarali uslublar;
- o‘quvchilarning tabiat jabhasida hissiy bilish, ijodiy va mehnat faoliyatiga yo‘nalishi;
- bu jarayonni rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llari;
- tabiiy - estetik va ekologik mavzulardagi suhbatlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar;
- ko‘rgazmali material, tabiat estetikasi mavzusiga tegishli san`at asarlarining tanlashga qo‘yiladigan talablar;
- tabiat estetikasi mavzusida tashkil etilgan to‘garak rahbariga qo‘yiladigan talablar;
- mashg‘ulotlarning moddiy - texnika ta’minotiga qo‘yilgan talablar;
- o‘quvchilarda tabiat estetikasiga qiziqishni faollashtirish rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar.
Tadqiq qilanayotgan material va o‘quv tarbiyaviy jarayonlarga oid pedagogik tamoyillar: ilmiylik izchillik, yaxlitlik, tizimiylik, tadrijiylik, ko‘rgazmalilik, onglilik, faollikdan iborat. Biroq zamonaviy hayot, maktab, jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan, rivojlantiruvchi ta’lim - tarbiya, istiqbol natijalarini ko‘ra olish, yuklamaning murakkablashuvi va muvofiqlashtirilishi, qimmatli yo‘nalishli tamoyil ijodiy o‘quv tarbiyaviy material muammolari bilan bog‘liqligi kabi talablariga ham tayaniladi.
Boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida estetik tarbiyani optimal hal qilishning mazmun-mohiyati qiyidagilardan iborat:
- o‘quvchilarda estetik, ekologik va ma’naviy madaniyatni shakllantirishning asosiy omillari;
- o‘quvchilarni ekologik shartlanganlik asosida tabiat estetikasiga yangicha qarashga uning go‘zalligini to‘laroq tushunishga va bu orqali tabiatdagi barcha narsalarning mutanosibligi bilan shartlangan borliq tabiat dunyosini uning xamoxang takomilini anglashga o‘rgatish;
- o‘quvchilarda tabiat, estetikasi va ekologiya jabhasida umumiy yoki aniq qiziqishni shakllantirish;
- o‘quvchilarning tabiat estetikasiga oid egallangan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni hayotda foydalanishga yo‘naltirish;
- yoshlarni go‘zallik olamiga olib kirish;
- o‘quvchilarning tabiat estetikasi jabxasidagi qiziqishlari va extiyojlarini qondirish;
- tabiat estetikasi bo‘yicha bilimlarni egallashning yo‘llari va uslublarini o‘zlashtirish darajasi;
- o‘quvchilarning tabiat estetikasi, uning ekologiyasiga qiziqishlarining barcha yo‘nalishlarini shaxsning sifatiy shakllanishi maqomida ko‘rib chiqish;
- topshiriqlarning muayyan tadrijiyligida jarayonning sababiy, hissiy bilish shakllantiruvchi, intelektual-ijodiy, tahliliy - qimmatli, tasviriy - ijodiy xarakterdagi, faol faoliyat va mehnat kabi tuzilmaviy - mantiqiy komponentlarini nazarda tutish;
- shaxsning har tomonlama rivojlanishi, uning umumiy estetik madaniyatini oshirishga hissa qo‘shish;
- muammolarni yechishda fanlararo yondashuvni amalga oshirish;
- qiziqishni faollashtirish vositalari sifatida olingan bilimlar, ko‘nikma va malakalardan foydalanish.
Taklif qilinayotgan to‘garakning o‘quvchilarda tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantirish imkoniyatlari keng. Dasturning har bir bo‘limida, har bir mashg‘ulotda o‘quvchilarda bu qiziqishni shakllantirish, qo‘yilgan muammoni yechishga yangi yondashuvlarni izlash uchun yangi va muayyan material nazarda tutilgan.
Maqsad: o‘quvchilarda tabiatga, uning hodisalari, obyektlari, turlariga qiziqishni shakllantirish.
Asosiy yo‘nalish-o‘quvchilarni tabiat estetikasiga, ekologiya va unga ma’naviy-axloqiy yondashuv bilan o‘zaro aloqadorlikda munosabatda bo‘lishga yo‘naltirish.
Vazifa:
O‘quvchida:
- hissiy - bilish, anglash asosida tabiat estetikasi va uning tarixidan boxabar bo‘lish;
- jonli tabiat bilan muloqot qilish va tasviriy san`atni jalb qilish - manzara, animalistik janr, natyumort, boshqa visual va muloqot vositalari;
- o‘quvchida imperativ sifatida rivojlangan faoliyatga va tabiiy go‘zallikning gullab yashnashi yo‘lida qilinadigan mehnatdan foydalanish vositasida tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantirish.
Tadqiq qilinayotgan jarayonning muhim nazariy yo‘nalishlari:
- o‘quv - tarbiya jarayonining ijtimoiy - pedagogik mohiyati;
- ta’lim - tarbiyaning rivojlanish birligi; ularni muammoni amaliy jixatdan xal qilish maqsadida yaxlitlash;
- muammoning ilmiy - amaliy yo‘nalishi;
- yoshlarning faol hissiy bilish faoliyati;
- maqul bo‘lgan tabiat xodisalari, turlari va ob`yektlarini erkin tanlash, ularning estetik va ekologik vazifalarini anglab yetish;
- jarayonning tizmiyligi, o‘quvchilarning o‘z qiziqishlarini barqarorlashtirish, - boyitish va takomillashtirishdagi maqsadli yo‘nalishi;
- ularga individual yondashuv.
- tabiat estetikasi bo‘yicha tuzilgan to‘garak dasturi mazmuniga qo‘yilgan talablar;
Ilmiy va uslubiy daraja;
O‘quvchilarni estetik qadriyat ruxida tarbiyalash;
Tabiatni ko‘p jixatdan insonga bog‘liq estetik qadriyat sifatida o‘rganish;
Estetik tarbiya;
Ma’naviy – axloqiy tarbiya;
Tabiat estetikasiga qiziqishni ekologiya va unga ma’naviy axloqiy munosabatda bo‘lish bilan o‘zaro aloqadorlikda shakllantirish;
Yoshlarning estetik - ekologik tarbiyasi;
Tabiatni estetik idrok etish, uni turli sharoitlar, vaziyatlar, insonning o‘zi bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda ijodiy akslantirishni shakllantirish;
Yoshlarni estetik-ekologik bilimlarni mustaqil o‘rganishga, estetik, targ‘ibotchilik faoliyatiga va tabiat manfaati yo‘lida foydali mexnat qilishga yo‘llash.
Pedagogik tizim (model) ning tuzilmaviy - mantiqiy va mazmuniy tarkibi:
- o‘smirlarning qiziqishni tanlash xarakatini faollashtiruvchi sababiy ijtimoiy - shaxsiy yo‘naltirilgan hissiy - psixologik shayligi;
- tabiat, uning estetikasi va ekologiyasi jabxasida o‘z qiziqishini belgilash, anglashga yordam beruvchi maxsus ta’limiy, rivojlantiruvchi omillar;
- qiziqishning u yoki bu ob`yektiga estetik taxliliy yondashuv ustuvor bo‘lgan, bilimlarni mustaqil egallashning usullarini o‘z ichiga oluvchi intelektual - ijodiy yo‘nalish;
- tabiat estetikasi va ekologiyasi mavzulari bo‘yicha muloqot;
- faoliyatli va ijtimoiy foydali, tabiat, uning estetikasi va ekologiyasi, me’yor va qoidalari, tabiatda o‘zni tutish bo‘yicha saboqlarni qamrab olgan bilimlar “paketi”, malaka va ko‘nikmalar arsenali bilan maktab tadbirlarida ishtirok etish yoyish;
- tabiat estetikasiga bo‘lgan munosabatda o‘zini moslashtirish, yakuniy natijaviy estetik mehnat.
Tadqiqot bosqichlari uchun quyidagilar xarakterlidir:
1-bosqichda: o‘quvchilar kelgusidagi qiziqishga, uning mazmuniga, tanlashga mazkur qiziqishning ijtimoiy shaxsiy ahamiyatini anglagan holda hissiy qiziquvchan faollik bilan shaylanadilar.
2-bosqichda: tabiat estetikasi va ekologiyasi, tabiat estetikasining ekologiya bilan o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risida yangi bilimlarni egallaydilar, insonning tabiatga, uning go‘zalligiga ma’naviy - axloqiy munosabati muammosi bilan oshno bo‘ladilar, tabiat qo‘ynida o‘zini tutish me’yorlari va qoidalari bilan tanishadilar, “o‘z qiziqishi”ni tanlashga chog‘lanadilar.
3-bosqichda: “o‘z qiziqishi” tanlab olinadi, tabiat, uning estetikasiga ekologiya biilan o‘zaro aloqadorlikda muloqotda bo‘lish amaliyoti o‘zlashtiriladi. Qiziqish obyektiga alohida e’tiborli munosabat sodir bo‘ladi.
Bu jarayonda o‘zlashtirilgan estetik - ekologiyaga oid bilimlar va taassurotlarni faoliyatning istalgan turida, birinchi navbatda kashfiyotchilik, ijodiy akslantirish tabiiy ehtiyojga aylandi, tabiat estetikasini mustaqil o‘zlashtirish, shu jumladan, tabiatga, uning go‘zalligiga ekologiya bilan o‘zaro aloqadorlik va insonning tabiatga nisbatan madaniy munosabati bo‘yicha topshiriqlar berildi.
4-bosqichda: o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni hayotga, ijtimoiy faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari amalga oshirildi, tengdoshlari bilan estetik - ekologik mavzularda, tabiatga munosabat, tabiatni asrash bo‘yicha faoliyat, tabiatning gullab yashnashiga qo‘shgan o‘z hissasi to‘g‘risida boshqariluvchi va mustaqil muloqot sodir bo‘ladi.
O‘quvchilar tabiat, uning ekologiyasi, tabiat quchog‘ida hayvonlar bilan munosabat me’yorlari to‘g‘risidagi estetik bilimlar va targ‘ibot bilan shug‘ullanadilar. Barcha maktab tadbirlarida o‘zlarining ishlari - maruzalari, ijodiy ishlari, viktorinalari, rebuslari, badiiy xavaskorlikdagi chiqishlar bilan ishtirok etadilar.
Tadqiqotning mazkur bobida o‘quvchilarning tabiat estetikasiga qiziqishni shakllantiruvchi pedagogik tamoyillar aniqlandi: ilmiylik, izchillik, yaxlitlik, tizimlilik, tadrijiylik, ko‘rgazmalilik, onglik, faollik. Tadqiqot jarayonida “tabiat estetikasi” mavzusida to‘garak dasturi yaratildi, maxsus tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Boshlang‘ich sinflarda: “tabiat go‘zalligi”, “men gullarni sevaman”, “gulni uzma so‘lidi”, “qushlarni bizni do‘stimiz”, “olamni asrang do‘stlar” mazvusida “rasmlar ko‘rgazmasi”, “tabiat ekologiyasi” mavzusidagi rolli didaktik o‘yinlar.
Maktab miqyosida: ko‘rik tanlovlar “yosh tabiatshunoslar” to‘garagi, “tabiat va inson”, “tabiat - kecha, bugun, ertaga” “kecha”, “men tabiatni sevaman”, devoriy gazeta, “tabiat va men ”, “atrof - olam va rassom”, “gullar bayrami”, “lola sayli”, “qushlar bayrami”, “olamga sayoxat”, “tabiat inomlari”, munozaralar “go‘zallik dunyoni asraydi”, “inson tabiat farzandi”, “tomchi suvda hayot jilvasi”.
Tadqiq qilinayotgan muammo natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilardagi estetik qiziqishning asosiy komponentlari motivli, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, muloqot va ijtimoiy - faoliyatli, shuningdek, mustaqil ta’lim olish bo‘yicha tarkibiy mazmunli asosga qurilgan ilmiy asoslangan pedagogik tizim doirasida rivojlanadi.
Sinfda, maktab tabiat manfaatini yo‘lida yashil va jonli burchaklarni yaratish, yetishtirish, uy hayvonlarini parvarishlash borasida mehnat qilish zaruriy unsur hisoblanadi.
Tabiatni asrash bo‘yicha yoshlarning faoliyati jadallashadi, bu haqda davriy xisobot berib boriladi.
Xar bir bosqichda qiziqarli material va g‘ayriodatiy topshiriqlar nazarda tutiladi:
- tabiatdagi eng go‘zal narsani idrok etish, olamdagi eng qiziqarli hodisa bilan uchrashuv;
- o‘quvchilar tomonidan tabiat to‘g‘risidagi turli qiziqarli materiallarni izlash va ishlab chiqish;
- labirintlar, rebuslar, viktorinalar shular jumlasidandir;
- yozma ishlar - topishmoqlar, boshqotirmalar, bashorat, ertaklar, she’rlar, hikoyalar yozish.
Yorqin ko‘rgazmali materialni izlash taklif qilinadi:
- tasviriy san`at asarlari - manzara, animalistik janr, natyurmort, portret;
- tabiat estetikasini, shuningdek, uning ekologiya bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi fotosuratlar ko‘rgazmasini tashkil etish;
- tabiat hodisalari va obyektlarining tasviri tushurilgan gazeta, jurnallardan qirqimlar, matni bilan;
- turli manbalardan estetik- ekologik mavzuda, insonning tabiatga munosabati to‘g‘risida hajviy rasmlar va lavhalar.
Tadqiq qilinayotgan jarayonda natijaviy - yakuniy komponent so‘ngi bo‘ladi. Bunda har bir o‘quvchining o‘z qiziqishi jabhasidagi erishgan yuksak natijalari ishlab chiqilgan me’zonlar asosida umumlashtiriladi, barcha o‘quvchilarga nisbatan erishilgan maqsadning ijobiy tavsifi beriladi (bularning barchasi dastlabki olingan juda past ko‘rsatkichlar bilan qiyoslab amalga oshiriladi).
Yukuniy suhbat. Faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, guvohnomalar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Tabiat estetikasi bo‘yicha tadqiq qilinayotgan jarayonda quydagilarga e’tibor qaratiladi:
- jarayonning tuzilmaviy - mantiqiy komponentlarida umuman, maqsad, uslublar, shakllar va natijalar o‘rtasida, tarbiyaviy ta’sirlar va o‘quvchilarning faol faoliyati o‘rtasida qonuniy bog‘liqligi aniqlaniladi;
- uslublar, vositalar va shakllarning pedagogik jarayonning maqsad mazmuniga bog‘liqligini ochdik.
Bu qonuniyatlar zaminida yotuvchi asoslarni aniqlashga, ularning yaxlitligini isbotlashga harakat qilindi. Chunki nazarimizda, aynan mana shunda tadqiq qilinayotgan jarayonni samarali va sifatli tashkil qilish uchun real imkoniyatlar yashiringan.
Bu qonuniyatlarni tdqiq qilishning metodologik asoslari deb quyidagilardan iboratligini tajriba - sinov jarayonida o‘z aksini topdi:
- hodisalar va jarayonlar o‘rtasida obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar rivojlanish omil sifatida;
- dialektik tuzilmaviy yondoshuv;
- komponentlararo aloqa.
Tadqiqot o‘quv-tarbiyaviy jarayonning optimal usullari quyidagilardan iboratligini tasdiqladi:
- o‘quvchilarning motivasiyasi;
- o‘quvchilarning psixologik- pedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularning yuklamalari me’yorlari;
- vazifalar, mazmun, shakl, uslublar va usullar optimalligi;
- estetik- ekologik ma’lumotlarni o‘qitish yangiligi;
- mashg‘ulotlarning fanlararo bog‘liqlik asosidagi yuksak ta’limiy- tarbiyaviy darajasi;
- differensial, yosh va individual yondashuv;
- tabaqalanish usulidan foydalanish;
- nazorat va o‘z- o‘zini nazorat qilish;
- natijalarni muayyan mezonlar nuqtai nazaridan tahlil etib borish.
Bilimlar, shuningdek, amaliy yo‘nalishdagi zarur ko‘nikma va malakalar anglangan va ta’sirchan bo‘lishiga harakat qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlariga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarni hisobga olib, mashg‘ulotlar mazmuniga dasturga javob beruvchi, o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga, ekologiyasiga qiziqishini faollashtiruvchi, yuqori hissiy yuklama, katta bilish imkoniyati va estetik mazmun bilan ajralib turuvchi, o‘quvchilarning tabiat, uning estetikasi va ekologiyasiga qiziqishlari va ehtiyojlariga ta’sir ko‘rsatuvchi materiallar kiritildi:
Suhbat, hikoya, ma’lumot, xabar yoki tabiat hayotidan olingan yorqin va qiziqarli faktlardan, san`at asarlari, tabiat mavzularidagi radio eshittirishlar va teleko‘rsatuvlar, bilish va intellektual- ijodiy xarakterdagi turli topshiriqlar, mustaqil ta’lim olish va o‘z qiziqishini takomillashtirish, ijtimoiy- foydali mehnatda, tabiat mavzulariga bag‘ishlangan maktab tadbirlarida ishtirok etish - o‘quvchilarda tabiat estetikasi qiziqishini rivojlantirishning muhim omillari bo‘lib, ular o‘zlarining estetik imkoniyati bilan o‘quvchi shaxsiga uning estetik madaniyatiga alohida ta’sir ko‘rsatadilar.
O‘quvchilarda tabiat estetikasiga, ekologik tarbiya bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish va boshqarish quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilarni o‘z qiziqishlarini tanlash va belgilashlarida faollikning keng doirasi bilan ta’minlash, bu qiziqishlarning mazmunidagi emotsional - hissiy, qimmatli - yo‘nalishligi, nazariy - amaliy, intellectual - ijodiy belgilarda estetik- tahliliy, estetik - ekologik, ijodiy-akslantiruvchi, amaliy- faolliyatiy qirralar ustivor bo‘lishiga erishish;

  • tanlangan qiziqishni u barqarorlikka erishguncha, ehtiyoj darajasiga ko‘tarilguncha mustahkamlash va takomillashtirish;

  • o‘quvchilarni o‘z qiziqishlarini boyitish va takomillashtirish uchun sharoitlar bilan ta’minlash o‘quvchilarni o‘z qiziqishi borasida faol muloqat olib bora olish, tabiatni, uning estetikasi va ekologiyasini targ‘ib qilish darajasiga ko‘tarish;

  • tabiat estetikasiga, ekologik tarbiya bilan o‘zaro aloqadorlikdagi qiziqishi o‘quvchilarning estetik madaniyati va ekologik tasavvurlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatish.

Mashg‘ulotlarga qo‘yiladigan pedagogik talablar:

  • o‘quvchilarda tabiat estetikasiga, ekologik ta’lim va unga zamondoshning ma’naviy - axloqiy munosabati bilan o‘zaro aloqadorligiga qiziqishini shakllantirish;

  • o‘quvchilarga bu qiziqishning ijtimoiy - shaxsiy bog‘liqligini anglash uchun sharoit yaratish;

  • o‘quvchilarni qiziqishlarning keng tanlov doirasida yo‘naltirish ularning faolligini rag‘batlantirish;

  • o‘quvchilarga tabiat estetikasi, ekologik tarbiya va insonning tabiat go‘zalligiga ma’naviy - axloqiy munosabatlari o‘zaro aloqadorligini ona tabiat, mahalliy ekologik muammolar, zamondoshning tabiatga munosabati misollarida singdirish;

  • mashg‘ulotlarning ko‘tarinki hissiy bilish, estetik, ijodiy, ma’naviy imkoniyati;

  • o‘quvchilarda mazkur qiziqishni yaxlit tizimda va har bir mashg‘ulotda shakllantirish;

  • to‘garak dasturi mazmuniga yo‘naltirish, tabiat, uning estetikasi va ekologiyasi to‘g‘risidagi tarixiy, nazariy - estetik, ekologik, umumbilish va ommabop bo‘lgan insonning tabiatga munosabati, qiziqarli didaktik xarakterdagi materiallardan foydalanish;

  • optimal: shakllar, usullar, uslublar uslubiyatlarni izlash;

  • vizual (ko‘rgazmali) vositalardan keng foydalanish;

  • jonli tabiatni idrok etish, undagi ekologik vaziyatlarni kuzatishga alohida ahamiyat berish;

  • tabiatni idrok etishga katta e’tabor berish: mushohada qilish va anglash; estetik sifatlar va hislatlar (ularning atrof ekologik sharoitlar va insonga bog‘liqligi) ni tahlil qilish, tabiat hodisasi taqdiriga ma’sul munosabatda bo‘lish, uni badiiy - estetik in`ikos ettirish yoki uning taqdirida faol ishtirok etish;

  • o‘quvchilarni egallagan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, qiziqishlarning hayotiy ta’sirchan bo‘lishiga yo‘naltirish.

Tabiat estetikasiga qiziqish muammosi to‘garak mashg‘ulotlarida ilgari rejalarga kiritilmagan, chunki bu mashg‘ulotlarning har biri o‘z maqsadi va vazifalariga ega edi. Biroq bu qiziqishga bir necha suhbatlar bag‘ishlangan, uni shakllantirish esa deyarli barcha mashg‘ulotlar tarkibiy - mazmuniy negiziga singib ketgan va muayyan o‘rniga ega bo‘lgan.
Mashg‘ulotlar nostandart, o‘ziga hos harakatchan, qiziqarli, va o‘yin elementlarini o‘zida jo qilishga, o‘quvchilar juda faol, o‘zlarining takomili, ilgarilashi, boyishlarini “ko‘rish” lariga, barcha topshiriqlarning, birinchi navbatda estetik maqomdagi topshiriqlarning, bajarilishi ma’nosi va ahamiyatini tushunishlari, ularni o‘zlarining qiziqishlari va layoqatlariga manand tanlashlariga harakat qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati


1. Avazov Sh. Maktabda ekologik tarbiya. -Toshkent: O‘qituvchi, 1992. - 62 b.
2. Alimov T.A., Rafikov A.A. Ekologik xatolik sabablari. - Toshkent. O‘zbekiston, 1991. -70 b.
3. Bahramov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M., “Tabiatshunoslik”darsligi 3-sinf. T:.“ Cho‘lpon ” nashriyoti. 2019 .- 128 b.
4. Bahromov A., va boshq. Tabiatshunoslik: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. 5-nashr / A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabi- yeva - T.: “Sharq”, 2020. - 120 b.
5. Ergashov A. E. Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha pedagogika institutlari uchun o‘quv dasturi. Toshkent.: “O‘qituvchi”, 1991,17-b.
6. Fozilov J., Sultonov R., Sodiqov X. “O‘quvchi maʼnaviyatini shakllantirish” “Sharq” nashriyoti. Toshkent.- 2000 -102 b.
7. Hakimov I. Sog‘lom muhit sog‘lom avlod. Toshkent.: O‘zbekiston, 1999 -128 b.
8. Hoshimov K, Nishonova S, Inomova M. va boshqalar. Pedagogika tarixi:.-T.: O‘qituvchi, 1996 -78 b.
9. Isaqulova N.J. O‘quvchilarga ekologik tarbiya berish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. -T.: Fan, 2011. -140 b.
10. Mahmudov Yu. Ekologiyadan qo‘llanma. Toshkent.Fan.- 1997-38 b.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling