Sportning roli


Download 290.86 Kb.
bet39/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

Hulkaroy Jumayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tizimida tabiiy fanlarni oʻqitishdagi kreativ tendensiyalar, jamiyat qonunlariga insoniyatning koʻrsatadigan taʼsirlari, kreativ taʼlim metodi asosida tashkil etilgan darslar jarayoni, fanlarning oʻzaro integratsiyasi, tabiiy fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish haqida batafsil fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: boshlangʻich, kreativ tendensiya, integratsiya, taʼlim tizimi, amaliyot, faktik material.
Kirish:
Tabiiy fanlar - insonni, uning sogʻligʻini, shuningdek, butun atrof-muhitni: tuproqni, atmosferani, umuman, Yerni, kosmosni, tabiatni, barcha tirik va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning oʻzgarishini oʻrganadigan fanlardir.
Tabiatda roʻy berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning koʻrsatadigan taʼsirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Oʻquvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy va iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga taʼsirini tahlil qilishda muhim oʻrin egallaydi.
Fanlarning oʻzaro integratsiyasi oʻquvchilarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yoʻnaltirmogʻi lozim. Shu bilan birga, oʻquvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy taʼsiri, zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissiyotini tushunishi, Shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻsha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalashni koʻzda tutadi.
Oʻquvchilarning boʻlajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qoʻlga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar muhim rol oʻynab kelgan va kelmoqda.
Maʼlumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rang-barang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini oʻrganuvchi fan boʻlib, ilmiy tajriba asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini belgilaydi.
Hozirgi kunda axborot oqimi jadallashgan texnika taraqqiyotining yuqori darajada rivojlanganligi inson aqlini shoshirib qo‘ymay iloji yo'q. Bu olamda o‘z o'rnini topish muhim va shu bilan birga juda qiyin masaladir. O‘quvchida o‘qish faoliyati davrida juda ko‘p ma’lumotlar olishi, atrofdan kelayotgan axborotlarning bosimi yuqorililigi uning ongiga, ta’lim-tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bu ma’lumotlar va axborotlarning qay biri birlamchi, qay biri ikkilamchi ekanligini ba'zida o‘quvchi anglamaydi ham. Shu sababdan o‘quvchi mukammal bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling