Sportning roli
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Download 290.86 Kb.
|
3- SO`BA TAYYORI
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Maʼlum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay oʻzgarishi mumkin. Gʻoyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy ishlarga oʻrgatish boshlangʻich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy uslublar oʻqituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yoʻnaltiriladigan, oʻquvchilar fikrini rivojlantirishga moʻljallagan soʻz, koʻrgazmalilik va amaliy ishning oʻzaro murakkab bogʻlanishida boʻlishini koʻrsatadi. Amaliy uslublar qoʻllanilishi oʻquvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal faoliyati bilan bogʻliq. Amaliy uslublar oʻrganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, koʻnikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qoʻllashga oʻquvchilar faoliyatining oʻzi, bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga ogʻzaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashgʻulotlar kiradi. Amaliy uslublarning turlariga: 1. Oʻquvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi. 2. Rasm chizishi. 3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash boʻyicha ishlari. 4. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari. 5. Tajriba oʻtkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi. Natijalar: Amaliy ish boshlanishi oldidan qoʻyilgan savol, muammo, masalaga oʻquvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak. Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi boʻlib, tarqalgan oʻsimliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini oʻrgatadi. Taqqoslashdagi farqga borish oʻquvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash boʻyicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, oʻqituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham oʻsimliklarni topish va toʻplashni, namunalar yigʻishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, oʻzgaruvchanlikni oʻquvchilarning oʻzlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. Tabiiy qurollar-tabiat jismlaridir. Ular oʻrganilayotgan mavzular toʻgʻrisida, bolalarda tabiat haqida tushunchalar hosil boʻlishiga imkon beradi. Chunki sinfda jonli tabiatni oʻrganish uchun har xil xona oʻsimliklari hamda oʻz joylarining daraxtlari uchun xos boʻlgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urugʻlar bolishi mumkin. Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida oʻstirilayotgan oʻsimliklardan, shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan oʻsimliklardan foydalaniladi. Shuningdek, tabiiy obʼektlardan hayvonlarni oʻrganishda ham foydalansa boʻladi. Koʻpgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) koʻrsatish mumkin boʻlsa ham ekskursiyalarga afzallik berish kerak boʻladi, chunki bunda oʻquvchilar faqat ularning tashqi koʻrinishini emas, balki xulq-atvorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Download 290.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling