Sportning roli
Harakatli turmush va badantarbiya-
Download 290.86 Kb.
|
3- SO`BA TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kunlik ish rejani tashkil etish
Harakatli turmush va badantarbiya- har kuni uyqudan turganda badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. Bu kun davomidagi kayfiyatimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson harakatdan to‘xtar ekan, uning fikrlash dunyosi ham sayozlashadi. Harakat natijasida biz bir qancha kasalliklarni bartaraf qila olamiz. Tonggi badantarbiya muskullarni chiniqtiradi va tetiklik baxsh etadi. Suv havzalarida suzish asablarni tinchlantiradi.Har kuni uzoq masofaga piyoda yurish qon aylanish sistemasini yaxshilaydi va umrni uzaytiradi.
Kunlik ish rejani tashkil etish- kunlik ish rejangizni tuzishga odatlaning, bu sizni tartibli ishlashingizga yordam beradi. Har kuni ertalab bir necha daqiqani kunlik ish rejangizni belgilashga sarflang. O‘shanda ko‘zlagan maqsadingizga erisha olasiz va ortiqcha asabiylashishdan saqlanasiz. Ruhiy osoyishtalik va muomala madaniyati-insonlarni sog‘lom turmush kechirishida ruhiy osoyishtalik juda muhim. Har kuni uyquga ketishdan oldin o‘zingizga o‘n daqiqa vaqt ajrating, hayotda sizga muhim bo‘lgan narsalar xaqida va hayotingizdagi eng baxtli daqiqalarni o‘ylang, bu asablaringizni tinchlanishida juda katta yordam beradi. Atrofingizdagilarga ham muloyim muomalada bo‘lishni unutmang. Bu nafaqat ularning kayfiyatiga, balki sizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonlar o‘rtasidagi xushmuomalalik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning uzoq va sog‘lom umr ko‘rishdagi o‘rni xuddi jismoniy mashqlar va parxezga amal qilish foydasi bilan teng ekan. Sog‘lom oila qurish-yoshlar sog‘lom turmush qurishlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqliklari juda muhim. Bu o‘z navbatida bo‘lajak farzandlarning sog‘lom tug‘ilishiga, bepushtlikning oldini olishga, agar yigit yoki qizda biror kasallik aniqlansa o‘z vaqtida davolanish imkonini beradi. Ota-onalar ham farzandlarining kelajagiga e’tiborsiz bo‘lishadi va qarindosh urug‘chilik deyishib, opa-singillar, aka -ukalar quda-andachilik qilishadi va oqibatda begunoh go‘daklarni nogiron va aqli zaif bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ota-ona sog‘lom bo‘lgandagina ulardan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Shu sababdan ham yosh oilalar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratish lozim. Download 290.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling